Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


Ishning yoritilganlik darajasi



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə6/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

Ishning yoritilganlik darajasi: Dissertasiyadagi ___ ta bo‘limda ish bo‘yicha asosiy holatlar (masalaga nazariy qarashlar, Namangan viloyati Namangan shahri va Kosonsoy tumanlaridagi mavjud holatning tahlili, ihota maydonlarini takomillashtirish yo‘llari) hamda xulosa va takliflar yetarli darajada keltirilgan.
Ishning konfrensiyalardagi muhokamalari (aprobasiya): Dissertasiya materiallari Amerikaning .... jurnalida, chet elda..... konferensiyada, NamMTI 2021 yil dekabr oyidagi o‘tkazilgan xalqaro konferensiyasi, hamda iqtidorli talabalar va magistrlarning Ilmiy – amaliy konferensiyalarida muhokama qilingan.
Mazkur dissertasiya 3 bobdan iborat bo’lib, boblar mavzulardan iborat. Barcha boblardagi mavzularda dissertasiyaning mazmuni va mohiyati yoritilgan. Bundan tashqari dissertasiya tarkibida ___ ta formula, ___ ta rasm, va ___ ta jadvallar mavjud.

I-BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARINING TRANSPORT VOSITALARIGA VA AHOLIGA TA’SIRINI BAHOLASH.
1.1. Avtomobil yo‘llarining transport vositalariga ta’sir ko‘rsatuvchi sezilarli konstruksiyaviy parametrlarni o‘rganish
Avtomobil yo‘llarining transport vositalari harakatlanishiga mo‘ljallangan qisimi ushbu transport vositalarining ravon harakatlanishini ta’minlashi bosh vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda eng muhimi, yo‘lning tekis va to‘g‘ri(ravon) bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Yo‘llar asosan avtomobil harakatlanadigan, piyodalar harakatlanadigan va qo‘shimcha ravishda ihota maydonlari uchun qoldirilgan maydonlardan tashkil topadi. Shuning uchun ham avvalambor avtomobil yo‘llarini qurishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
Avtomobil yo‘llari qurilishini mamlakatning iqtisodiyotini o‘sishidagi ahamiyatini bilish lozim. Har qanday davlat uchun yo‘llar – taraqqiyotni belgilaydigan eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Respublikamizda jadal sur’atlar bilan zamonaviy yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil qilinmoqda. Bugun O‘zbekiston avtomobil yo‘llari haqida gap ketganda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarning hozirgi zamon talablariga mos ravishda qurilayotganligi, Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilayotgan Farmon va Qarorlarini misol qilib olishimiz mumkin. Bular asosan avtomobil yo‘llarining qurilishining xususiyatlarini yaxshilashda bosh omil bo‘lib hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, yo’l qurilishi texnologiyasi fizikaviy (masalan, mexanikaviy), fizik-kimyoviy (beton, ohakning qotishi), shuningdek, materiallarga ishlov berish yoki qayta ishlashning boshqa mexanizatsiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan usul va jarayonlarini o’z ichiga oladi, buning natijasida alohida kontsruktiv elementlar va butun bir muhandislik inshootlarining majmuasi ko’rinishidagi yo’l barpo etiladi. Bu jarayonlarning barchasi texnologik jarayonlar deb ataladi. Yo’llarni qurish texnologiyasi - sanab o’tilgan jarayonlar haqidagi fan bo’limi bo‘lib hisoblanadi.
Yo‘llarni qurishda turli murakkab masalalar ham ko‘rib o‘tilishi lozim. Bu ayrim murakkab masalalar bo’yicha avtomobil yo’llarini qurish texnologiyasining nazariy asoslari shakllanishda davom etmoqda. Ularga, masalan, qurilish sifatining talab etiladigan ko’rsatkichlarining topshirilgan ishonchliligini ta’minlagan holda texnologik jarayonlarni boshqarish va h.k.lar kiradi. Fan va amaliyotning ma’lumotlarini umumlashtirish natijasida yo’l-qurilish ishlarining barcha turlari bo’yicha texnologik jarayonlarning batafsil bayonlari yo’riqnomalar, texnologik kartalar va boshqa hujjatlar ko’rinishida ishlab chiqilgan. Zamonaviy texnologiya tarkibiga mahsulot sifati va texnologik jarayonlar borishining texnik nazorati kiradi.
Texnologiya - qurilish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, unga energetik, suv va issiqlik ta’minoti, transport (texnologik transportdan tashqari), yordamchi va boshqa ishlar ham kiradi. Ishlarni bajarishning barcha texnologik usullari ichidan muhandis mahalliy va keltirilgan materiallar, texnika vositalari mavjudligiga qarab hamda ishchilarning tajriba va malakasidan kelib chiqqan holda eng maqbulini tanlashi lozim. Bu texnologik qaror reja bajarilishini ta’minlashi, eng tejamli bo’lishi, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan tarzda bajarilgan ishlarning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashi kerak. Yo’l qurilishida avtomatlashtirish va robotlashtirish tobora keng tatbiq etilmoqda. Qator ishlab chiqarish korxonalari (ABZ, SBZ va sh.k.) avtomatlashtirilgan, liniyali texnika esa ko’p hollarda avtomatik boshqarish tizimlari (SAR) bilan jihozlangan.
Muhandislar - avtomobil yo’llarining quruvchilari faol tarzda yo’l qurilishi texnologiyasini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishadi, yo’l qurilishining bahosini pasaytirish, sur’atini, samaradorligi va sifatini oshirish singari ishlar kompleks texnik- iqtisodiy muammolardan hisoblanadi. Mazkur muammolarni yanada takomillashtirilgan, SAR bilan jihozlangan ishchi organlari bo’lgan yo’l- qurilish mashinalarini keng tatbiq etish orqali hal qilish mumkin. Bunday mashinalar eng kam bahoda ishlarning yuqori sur’ati va sifatini ta’minlab berishi mumkin. Yanada takomillashtirilgan texnika qo’llanilganda yo’l qurilishining iqtisodiy samaradorligi sezilarli darajada ortishi kerak.
Yo’l-qurilish mashinalarini takomillashtirish uchun ularning birlik quvvatini oshirilishi, qisman va to’liq avtomatlashtirilishi asos bo’la oladi. Fiziologik imkoniyatlari cheklanganligi yoki boshqaruvning xavfsiz emasligi uchun inson talab qilinadigan aniqlik va topshirilgan tartibda mashinani boshqara olmasligi sababli yo’l-qurilish mashinalari ishini avtomatlashtirish zarur va samaralidir.
Yo’l qurilishida texnologiyani o’zgartirish (takomillashtirilgan mashinalardan foydalanish, sifatni samarali nazorat qilish va hokazo) hisobiga sarf-xarajatlarni kamaytirish va shu orqali ishlarni bajarish usulini yaxshilash mumkin (bahosi bo’yicha eng maqbul variantni tanlashni asoslash). Shuning uchun yo’l qurilishi texnologiyasini rivojlantirishning eng dolzarb masalalaridan biri bu ish sifatini ishlab chiqarishda nazorat qilish samaradorligi va tezkorligini oshirish hisoblanadi. Bu ma’noda uni qisman yoki to’liq avtomatlashtirish itsiqbolli deb hisoblanadi. Misol tariqasida kuzatuvchi tizimlardan foydalanishini ko’rsatish mumkin, bunda barcha tayyorgarlik ishlari va asosiy ishlar to’g’ri bajarilganda yo’l to’shamasining talab etiladigan tekisligi topshirilgan ehtimollik bilan ta’minlanadi.
Mahalliy yo’l-qurilish materiallaridan keng foydalanish, ishlarni oqilona tashkillashtirish, qurilish mavsumini uzaytirish va ishlarni yil davomida bajarish texnologiyasiga atsa-sekinlik bilan o’tish, qurilishning bosqichma-bosqichligi, yangi samarali material va kontsruktsiyalarni qo’llash hisobiga qurilish qiymatini kamaytirishga erishish mumkin.
Ishlar texnologiyasi u yoki bu texnologik jarayonni qay tarzda va nima bilan bajarish kerak, degan savolga javob beradi. Ishlarni tashkillashtirish esa vaqt va makonda mavjud bo’lgan resurslarni bir-biriga bog’lashdan iborat, ya’ni ushbu texnologik jarayonni qachon, qaerda va kim bajarishi kerak, degan savolga javob beradi.
Oqim usulida liniyaviy ishlardan oldin jamlangan ishlar bajariladi. Agar ishlarni liniyaviy va jamlanganturlarga bo’lishga ishlab chiqarishda ko’p uchraydigan xususiyatlarsiz (geologik, tuproqli, suvli) yondashilsa, bu jiddiy uzilishlar, murakkabliklar, ortiqcha mablag’lar sarflanishi va ish jadvalidan orqada qolishga olib kelishi mumkin.
Xususan, tog’ sharoitida avtomobil yo’lini qurishda jamlangan ishlar sifatida ularni sifatli va xavfsiz bajarish uchun alohida ob-havo sharoiti yoki boshqa shart-sharoitlar talab qilinadigan ishlarni (ko’chkili yonbag’irlar, sel xavfi mavjud joylar, doimiy suv oqimlari va sh.k.) ko’rsatish mumkin, chunki bunda murakkab ishlarni (tirgak devorlarni o’rnatish, chuqur drenajlar, sun’iy suv oqimlari va sh.k.) bajarishda yo’l poyining chidamliligi yo’qolish xavfi vujudga keladi.
Ko’rsatib o’tilgan xususiyatlarga muvofiq eng samarali yo’l-qurilish mashinalari, ish usullari va muddatlari, ayrim kontsruktiv elementlar va butun yo’l uchun texnologik yondoshuvlar turlicha bo’ladi.
Ishlarning texnologiyasi va tashkillashtirilishining o’zaro bog’liqligi noan’anaviy, ijodiy yondoshuvni talab etadi: turli ishlar bo’yicha keyingi yilga bitkaziladiganlarini aniqlash; ishlar texnologiyasini tanlashda mavjud texnika, mexanizatorlar va butun quruvchilar jamoasining tajribasini hisobga olish; ishlarni tashkillashtirish usullarini ratsionalizatorlashtirish ehtimoli, mahalliy materiallardan foydalanish va hokazolarni nazarda tutgan holda ko’p sonli texnologiya variantlarini ko’rib chiqish.
Yo’l qurilishining o’ziga xos murakkabligi shundan iboratki, oddiy atmosfera sharoitida vaqti-vaqti bilan o’zgaradigan harorat hamda namlikda yo’l inshootlarining talab qilinadigan xossalari, birinchi navbatda, mustahkamligi ta’minlanishi shart.
Avtomobil yo’li qurilishi bo’yicha ishlarni tashkillashtirish murakkab hisoblanadi va qator hollarda elektron-hisoblash mashinalarini qo’llashni talab etadi. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid ishlar katta hajmdagi materiallarning sarflanishini talab qiladigan ishlarga kiritilib, bunda ko’p materiallarni nafaqat avtomobil transporti, balki boshqa turdagi transportda ham yuzlab va minglab kilometr masofalarga tashib keltirish zarur bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, har qanday yo‘l uchastkalarini qurilishi juda keng ma’nodagi ko‘p mablag‘ sarflashni talab etadi. Shuning uchun ham yo‘llarni qurishni rejalashtirishda, albatta, yo‘l tarkibiga kiruvchi qismlar ham to‘la bitirilishi lozim. Shular jumlasiga aynan yo‘llarning ihota maydonlari ham inobatga olinishini kiritish mumkin.
Ma’lumki, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni zavodlar hamda liniyalarga o’z vaqtida yetkazib berish, barcha ishlab chiqarish va yordamchi, ayniqsa, transport va liniya bo’linmalaridagi aniq ishlar loyihalashtrilgandek qurilishni tashkillashtirish va ishlarni tejamli bajarishni ta’minlaydi. AQShda har qanday ishlab chiqarish faoliyatining asosiga qisqagina “aniq vaqtida” talabi qo’yiladi, chunki bu har qanday ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ishlarni tashkillashtirishning asosiy talabidir.
Avtomobil yo’llari katta masofadagi deyarli tor tasmada taxminan bir turdagi ishlarning taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Bunda barcha qurilish bo’linmalari ketma-ket harakatlanadi, shuning uchun ishlarning bu usuli oqimli deb ataladi.
Avtomobil yo’llari qurilishini oqimli tashkillashtirish usulida bo’linmalar texnologik ketma-ketlikda uzluksiz va parallel tarzda harakatlanib, yo’l inshootlari yoki elementlari quriladi. Bunda bir uchatskada ishini bajarib bo’lgan mashinalar zvenosi texnologiya talablariga binoan boshqa uchatskaga o’tadi. Qurilish bo’linmalarining ishlari bir-biri bilan hamda qurilishning ishlab chiqarish va yordamchi bo’limlari bilan uzviy bog’liq.




Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə