Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


Tadqiqotning ilmiy yangiligi



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə5/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Avtomobillarning harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan zararli gaz, tutun, chang va shovqin kabi zararli omillarning atrof-muhitga va bu orqali aholiga salbiy ta’sirini baholash, ular ta’sirini kamaytirish uchun ihota maydonlarini tashkil etish, bu maydonlarga turli o‘simlik va manzarali daraxtlarni aniq hisoblash ishlari orqali ekishni tashkil etish.
Avtomobillarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini, ish jarayonida nosozlikka uchrashini fizik va tasodifiy xususiyatlarini xizmat ko‘rsatish evaziga ularning ko‘rsatkichlarini dunyo va Yevropa andozalariga yetkazish O‘zbekiston avtomobilsoz olimlarning asosiy maqsadlaridan biridir.
Mazkur tadqiqot ishi ham shu asosiy maqsadni ro‘yobga chiqarishga bir oz bo‘lsada hissa qo‘shishga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda bajariladigan ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1. Avtomobil yo‘l xizmatining holati. Yo‘l xolatlarini o‘rganish va ularning tahlili, transport vositalarning atrof-muhitga va aholiga salbiy ta’sir etish xolatini ilmiy tahlil asosida o‘rganib, ko‘kalamzorlashtirish asosida bu ta’sirlarni kamaytirishga ko‘rsatma berish.
2. Transport vositalar texnik xolatining nazorati, nosozlikka uchragan transport vositalarining aholiga salbiy ta’sirining ortishi va ularning sabablarini tahlil qilish.
3. Avtomobil yo‘llari qirg‘og‘idagi daraxtlar uchun aniq ekish va uni parvarishlashg yo‘llarini ishlab chiqish.
4. Avtotransport vositalarining ekspluatasion xususiyatlarini oshirishni ko‘zlagan holda yo‘llarning Xalqaro andozalarga mos bo‘lishida ihota maydonlaridan foydalanish usullari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Ishning ilmiy yangiligi: Hozirgi kundagi yo‘llarga qo‘yiladigan ekologik talab asosida ihota maydonlar loyihasini aniq programma asosida aholini muhofazalanishga qaratilgan tomonlarini ko‘rsatish.
Ishdan ko‘zlangan maqsad: Transport vositalari intensivligi yuqori bo‘lgan yo‘l uchastkalari uchun ihota maydonlarini ajratish yo‘llarini, ularda asosiy muammo – daraxtlar turlarini, o‘lchamlarini ko‘rsatgan holda ekishga tavsiya berish, ko‘kalamzor maydonlarni pog‘onali asosda rejalashtirish, ahamiyatli darajasini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.

Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə