Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


Avtomobil yo‘llarining transport vositalariga ta’sir ko‘rsatuvchi parametrlarni o‘rganish



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə9/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

Avtomobil yo‘llarining transport vositalariga ta’sir ko‘rsatuvchi parametrlarni o‘rganish
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, avvalo yo‘l qurilishi juda katta mehnat va mablag‘ni talab etadi. Shuning uchun ham oldindan ularni loyihalashda ushbu qurilgan yo‘llarni transport vositalariga ta’sir etuvchi parametrlar o‘rganilishi talab etiladi.
Avtomobil yo‘llarining transport vositalariga salbiy etishi nuqtai nazaridan ta’sir ko‘rsatuvchi parametrlarga umumiy holda quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Transport vositalariga titrash beradi.
2. Ag‘anab ketish xavfi tug‘ilishi.
3. Yo‘l qurilishida o‘rnatilgan ayrim ob’yektlarning yo‘lda ko‘rishni to‘sib qolishi va hokazo.
Ushbu dissertasiyaning mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, demak, transport vositalari to‘g‘ri harakatlanishi uchun ularning ihota maydonlariga ekiladigan ekinlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Transport harakatlanishi uchun to‘sib qolmasligi;
2. Yo‘lning ko‘rinishini cheklab qo‘ymasligi kerak.
3. Piyodalarning transport vositalari haydochisiga ko‘rinishni cheklab qo‘ymasligi, ya’ni, piyodalarni to‘sib qolmasligi kerak.
4. Yo‘l belgilarini to‘sib qolmasligi kerak.
Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha hozirgi kunda ihota maydoniga ekiladigan daraxtlarning bo‘yi, yonga shoxlashi, suvga chidamliligi kabi parametrlar ham oldindan hisobga olinishini taqozo etadi.


1.2. Avtomobil yo‘llarining transport vositalariga ta’sir ko‘rsatuvchi ekspluatasiyaviy ko‘rsatkichlari
Transport vositalariga avtomobil yo‘llarining ta’sirini kamaytirish uchun avvalo yo‘l kengligini inobatga olish kerak. Yo‘l kengligi harakat tasmasi va qatnov qismi kengligini xisoblash kerak. Misol uchun, 2 tasmali(qatorli) yo‘llar uchun:
1) Kerakli xarakat tasmasi sonini aniqlash.
2) Transport vosita kengligini aniqlash.
3) Yo‘l qirg‘oqlari orasidagi masofani aniqlash orqali yo‘l kengligi aniqlanadi va QMQ me’yorlari bilan solishtirish. Haydovchi har qancha to‘g‘ri chiziq bo‘ylab xarakatlanishga intilmasin, avtomobil tebranib sinusoidal xarakatlanadi. Bu tebranish tezlik qancha oshsa shuncha sezilarli bo‘ladi. Avtomobillar uchun xarakat tasmasi eni avtomobillar enidan, yonboshdagi yo‘lakchadan va g‘ildirak bilan yo‘l qoplamasining qirg‘og‘igacha bo‘lgan masofalardan tashkil topadi. Bu haydovchining mahoratiga va ustaligiga bog‘liq. Ikki tasmali avtomobil yo‘llarida qatnov qismi kengligini quyidagi rasm asosida mazkur formula yordamida aniqlash mumkin:
V = b + c + 2y + x;
Bu yerda: b-avtomobil kengligi, m. c-avtomobil g‘ildiraklari oraliq masofasi, m. Y -avtomobil chetki g‘ildiragi bilan yo‘l qoplamasi qirg‘og‘igacha bo‘lgan masofa, m. X-qarama-qarshi xarakatlanayotgan avtomobillar orasidagi xavfsiz masofa, m. -rasm.


Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə