Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 – rasm. Innovastion menejmentdagi rejalashtirish jarayoni



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

2.2. – rasm. Innovastion menejmentdagi rejalashtirish jarayoni
Innovatsion faoliyatni rejalashtirishning asosiy tamoyilari
:
1. Strategik va joriy rejalarning bir-biriga to`g`ri kelishi;
2. Rejalarni ijtimoy yo`naltirilishi;
3. Rejalashtirishda obyektning muhimligini hisobga olinishi;
4. Rejaning menejment tizimining tashqi muhit ko`rsatkichlari bilan to`g`ri
kelishi;
5. Rejalarning variantligi;
6. Rejalarni iqtisodiy asoslanganligi;
7. Rejalashtirish tizimini avtomatlashtirish.
Innovatsion menejmentdagi rejalashtirish jarayoni
Tashqi muhit
omillarining tahlili
Rivojlanishni
bashoratlash
Ichki muhit
omillarining tahlili
ITTKI, texnologiyalar,
marketingni
rejalashtirish
Resurslarga ehtiyojlarni
belgilash va ular bilan
ta`minlash
Yangi texnika va
texnologiyalarni ishlab
chiqish bo’yicha
tadbirlarni rejalashtirish
Ishlab chiqarishni
takomillashtirishning
rezervlarini qidirib topish


30
Endi yuqorida qayd etilgan tamoyillarning asosiylarini chuqurroq yoritamiz:
Joriy va strategik rejalarning bir-biriga to`g`ri kelishi.
Ushbu tamoyilga
binoan joriy rejalar tarkibi yoki biznes-reja bo`limlari firmaning strategik reja
bo`limlaridek bo`lishi kerak. Ammo, reja ko`rsatkichlar soni strategik rejaga nisbatan
ko`proq bo`lishi lozim.
Rejalarning ijtimoiy yo`naltirilishi
.Ushbu tamoyilga binoan rejalarda iqtisodiy
va texnik muammolarni yechish bilan bir qatorda halqaro talablarga binoan ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning ekologik, xavfsiz va ergonomik ko`rsatkichlari,
jamoaning ijtimoiy rivojlanish ko`rsatkichlari ham ko`rib chiqilishi kerak.
Rejalashtirilayotgan obyektning muhimligini
hisobga olish - bu mavjud
resurslarni ratsional taqsimlashni amalga oshirishda juda zarur.
Masalan: korxona raqobatbardoshligi bir xil darajada bo`lgan ikki hil mahsulot
ishlab chiqarilyapti, bu holda birinchi navbatda mavjud resurslarni umumiy ishlab
chiqarishda solishtirma vazni katta bo`lgan mahsulotga yo`naltirish lozim.
Rejaning menejment tizimining
tashqi muhit omillari dinamikasi tahlili va
ushbu omillarning reja ko`rsatkichlarga ta`sirini o`rganish orqali amalga oshiriladi.
Rejalarning variantligi
bir maqsadga erishish uchun kamida uchta muqobil
variantlar ishlab chiqishi, rejalashtirilgan maqsadga erishishni eng kam xarajatlar
bilan ta`minlovchi optimal variantni tanlash orqali amalga oshiriladi.
Rejalarning iqtisodiy asoslanishi
rejalashtirishning eng muhim tamoyillaridan
biri hisoblanadi. Reja ko`rsatkichlarning oxirgi tanlovchi, faqat tizimli tahlil,
istiqbollash, optimallashtirish va muqobil variantlarni iqtisodiy asoslangandan so`ng
amalga oshirilishi kerak.
Rejalashtirish tizimini avtomatlashtirish
rejalashtirish jarayonida zamonaviy
axborot texnologiyalardan, komp`yuter texnikasidan foydalanishni talab qiladi.
Rejalashtirishni avtomatlashtirish reja qo`rsatkichlarini tez qayta ishlashga,
axborotlarni ishonchli saqlashga va axborotlarni qaror qabul qiluvchi kishiga tez va
ishonchli yetkazib berishga imkon yaratadi.


31

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə