Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Motivlashtirish.
Motivlashtirish
– menejment funksiyasi, o`zini va boshqalarni firmaning yoki
shaxsiy maqsadlarga erishish faoliyatiga qiziqtirish jarayonidir.


45
Motivlashtirish bo`yicha ishlarni tashkil etishning dastlabki bosqichlari
quyidagi metodlarning biri asosida motivlashtirish uchun xarajatlar aniqlanadi:

Mavjud mablag`lar yoki imkoniyatlardan hisoblash metodi;

Sotish hajmiga nisbatan foizda hisoblash metodi;

Aniq maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda hisoblash metodi.
Motivlashtirish innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish
bo`yicha barcha faoliyatlarni qamrab olgan; ya`ni marketing kontseptsiyasini ishlab
chiqish, axborot ta`minotchi, bozor tadqiqoti, mahsulot raqobatbardoshligini
oshirishda rag`batlantirish, firma strategiyasini ishlab chiqishni tashkil etish.
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning har bir yo`nalishi
bo`yicha motivlashtirish mablag`lari ikki qismga bo`linishi mumkin:
1) ma`lum bir masalani yechish bo`yicha barcha xarajatlarni to`lashga;
2) innovatsion loyihalash amalga oshirishda ishtirok etayotgan firmaning turli
bo`limlardagi xodimlarni mukofotlashga va qo`shimcha haq to`lashga.
Masalan, konstruktorlar o`z vazifalarini bajarganlari uchun ish haqi va mukofot
olishadi, agarda ular berilgan topshiriqni marketing kontseptsiyasi talablarini hisobga
olgan holda bajargan bo`lsa, unda ular qo`shimcha rag`batlantirilishi zarur. Har
qanday ishni iste`molchiga yo`naltirilgan holda bajarilish juda murakkab, shuning
uchun sifatli mehnatni rag`batlantirish kerak. Moddiy rag`batlantirish bilan bir
qatorda, ma`naviy rag`batlantirishni qo`llash ham o`z samarasini beradi.
Tartibga solish
– bu menejment funksiyasi bo`lib, unda innovatsion
menejment samaradorligiga va boshqaruv qarorlarining sifatiga ta`sir qiluvchi tashqi
muhit omillari o`rganiladi, tizimga «kirish» yoki undagi jarayon ko`rsatkichlarini
yangi «chiqish» (iste`molchilar talablari) talablariga yetkazish bo`yicha choralar
ko`riladi.
Menejment tizimining samarali faoliyat ko`rsatishga va sifatiga ta`sir qiluvchi
asosiy tashqi muhit omillariga quyidagilar kiradi:
1) firma faoliyati sohasida fan-texnika taraqqiyot darajasi;
2) iste`molchilarning yangi talablari va ularning ishlab chiqarilgan mahsulotga
bo`lgan noroziliklari;


46
3) ta`minlovchilarning siyosati;
4) raqobatchilarning bozor strategiyasi;
5) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat siyosati;
6) baho siyosati;
7) bozor infratuzilmalarining boshqa omillari, firmadagi mikro va makro muhit
Firma tashqi muhit xarakterini 3 ta yo`nalish bo`yicha baholaydi:

firma faoliyatining turli tomonlarga ta`sir qiluvchi o`zgarishlar;

firmaning joriy faoliyatiga qo`rquv soluvchi omillar;

firmaning
strategik
va
joriy
maqsadlariga
erishishga
qo`shimcha
imkoniyatlar yaratuvchi omillar;
Firmaning biznes rejasidagi uning bozor strategiyasiga, yuqorida qayd etilgan
omillarning tahlil natijalari chuqur asoslangandan so`ng kiritiladi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə