Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Xarajatlar nazorati
Loyiha uchun mablag`larning sarflanishini nazorat qilish, amaldagi xarajatlarni
byudjet bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Rejalashtirilgan xarajatlarni xaqiqiy
xarajatlar bilan taqqoslash loyiha rahbariga yaqin kelajak uchun xarajatlarni
istiqbollash, mavjud muammolarni aniqlashga imkon beradi.
Byudjet nazoratining asosiy vazifalariga
quyidagilar kiradi:

Baholangan aniq xarajatlarni olish;

Xarajatlarni vaqt bo`yicha to`g`ri taqsimlash;

Tasdiqlangan xarajatlar.

Xarajatlar bo`yicha o`z vaqtida hisobot olish;

Xatosiz xarajatlarni aniqlash;

Loyihaning moliyaviy holati bo`yicha hisobot tayyorlash;

Xarajatlarni istiqbollash.


42
Byudjet nazoratining maqsadi
– loyihani dastlabki tasdiqlangan byudjet
bo`yicha bajarilishini ta`minlash va unga nisbatan o`zgarishlarni aniqlash. Agar
nazorat natijasida, byudjet bajarilayotganligi va unga nisbatan o`zgarishlar yo`qligi
aniqlansa, u holda kelgusidagi ishlar reja bo`yicha bajariladi.
Agarda 
nazorat 
natijasida 
byudjetning 
haqiqiy 
ko`rsatkichlari 
reja
ko`rsatkichlariga nisbatan mos kelmasligi aniqlansa, u holda o`zgarishlar sabablarini,
o`zgarishlar manbaini topish lozim.
Sifat nazorati
Loyiha samaradorligining asosiy va muhim ko`rsatkichlaridan biri, uni amalga
oshirish bo`yicha bajarilayotgan ishlarning sifatidir. Ushbu masalani yechishda
xorijda keng tarqalgan
TQM (Total Quality Menegement)
metodidan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodikaning asosiy tamoyili quyidagicha: minimal
qiymatda, «nol` defekt» darajasiga erishishga yo`naltirilgan barcha harakatlarni
muvofiqlashtirish.
«Nol`
defekt»
-
bu buyurtmachining ishonchini doimiy
qozonishdir. Innovatsion loyihalarni boshqarishda TQM metodi 5 ta fundamental
tamoyillarga asoslangan. Ulardan 2 tasi sifat bilan aloqador.

Mahsulot sifati – eng muhim vazifa;

Menejment metodlarining sifati shunday bo`lishi kerakki, ya`ni ular
loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida mahsulot sifatiga kafolat bersin.
Boshka ikkinchi tamoyil sifatga erishish metodlariga to`g`ri keladi:

Sifat kafolati - bu loyihaning barcha ishtirokchilari tomonidan loyihaga
talab qilgan sifat ko`rsatkichlariga erishish uchun yo`naltirilgan boshqaruv
tadbirlarining yig`indisidir.

Sifat nazorati – bu o`rnatilgan standartlariga nisbatan har qanday farqlarni
bartaraf qilishga yo`naltirilgan tekshirish, tahlil va kerakli o`zgartirishlar kiritish
bo`yicha kompleks texnologik va texnik tadbirlardir.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə