2. Raxbar qanday talablarga javob berish kerak? Qarorning bajarilishi qanday nazoray qilinadi?



Yüklə 32,35 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü32,35 Kb.
#136603
  1   2   3
menejment


SM-71/22 Gurux talabasi
Toshmirzayev Sarvarbek
FAN: MENEJMENT

16-variant


1. Chiziqli pog’onali strukturaning mohiyati nimada.umimg qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
2.Raxbar qanday talablarga javob berish kerak?
3.Qarorning bajarilishi qanday nazoray qilinadi?


1. Chiziqli pog’onali strukturaning mohiyati nimada.umimg qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir o’zining masalalariga daxldor bo’lsa, bunday aloqa funktsional vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar o’rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Boshqaruv strukturasida asosiy o’rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar muhimdir. Ba'zan ular tashkilotning ishini yo’lga qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Norasmiy aloqalar turli xilda bo’lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug’ullanish yoki do’stona munosabatlar, birga o’qiganlik va boshqalar kiradi.
Norasmiy aloqalar ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak. Chunki:
• norasmiy aloqalar rasmiy strukturaning barcha bo’g’inlari bilan kesishadi; qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo’ladi va korxonaning barcha ishiga ta'sir ko’rsatadi;
• norasmiy tizim o’zining ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha korxona faoliyatining samarali tashkil qilishga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo’q emas. Ehtiyotkorlik, sezgirlik yo’q bo’lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug’chilik va shunga o’xshash ko’rinishlarning sodir bo’lishi hech gap emas.
Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat o’zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita boshlig’ini "chetlab" murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori tsex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. Shu tariqa rahbarlikning vertikal liniyasi va bo’ysunuvchilarga ta'sir ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri yo’li ochiladi.
Chiziqli stukturaning o’ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
Ijobiy tomonlari:
• bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi;
• yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi;
• bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir;
• bosqichlar soni kam bo’lganda boshqariluvchi ob'ekt ishiga kam kishi aralashadi;
• vazifalar tezkor hal etiladi butun tizim samarali ishlaydi;
• xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar, natijada ijrochilik va intizom darajasi ancha oshadi.
Salbiy tomonlari:
• bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni echishga mo’ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi, bunday sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik kompleks muammolarni e'tibordan chetda qoldiradilar.
• bunday boshqarishda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal bog’lanish bo’lmaydi, bunday boshqarish sharoitida buyruqbozlik

va rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli chunki, strukturaning har bir bo’g’inida rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega bo’ladi
Menejment jarayoni mazmuni uning funksiyalarida ko‘rinadi. Menejment funksiyasi deyilganda boshqaruvga doir ma’lum masalalarni echishga yo‘naltirilgan bir turli ishlar yig‘indisi tushuniladi. Boshqaruv organlari va ijrochilar ma’suliyatli boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar funksional bo‘lim to‘g‘risidagi Nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun ko‘rsatmalarda o‘z ifodasini topadi. Boshqaruv jarayonining funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini belgilaydi va boshqaruv tizimini loyihalashtiradi.
g) muvofiqlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bundan o‘zaro aloqa o‘rnatiladi, amaldagi me’yor va me’yoriy hujjatlardan chetlanilsa ogohlantiriladi.
d) rag‘batlantirish - bu inson omilini keng demokrataya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo‘lida g‘amxo‘rlik qilishni boshqarish;
e) hisob va nazorat - bu boshqariluvchi tizim holatining nazorat va hisobga olish, ishni bir me’yorda ta’minlashni boshqarish.
Agar boshqariluvchi ob’ekt o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa, boshqaruv funksiyalari ham faoliyat ko‘rsatadi. Biroq, korxona timsolida quyidagi funksiyalarni ajratish mumkin:
a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
v) mahsulot sifatini boshqarish;
g) mehnat va ish haqini boshqarish va boshqalar.
Har bir aniq funksiya menejment funksiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, ular o‘z navbatida yana bir necha qismga bo‘linadi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish, marketing, rejalashtirish, rag‘batlantirish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Hamma funksiyalar o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Ko’rsatkich tushunchasi baholanayotgan predmetning, ob’ektning qandaydir xususiyatlarini, jihatlarini, tomonlarini tavsiflaydi. Boshqaruv samaradorligini belgilaydigan ko’rsatkichlarni uch guruhga bo’ish mumkin: 1. Texnikaviy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruvning texnik vositalarini (dastgohlar, hisoblash texnikalari va boshqalar) foydalanishning sifatlarini, belgilarini va ulardan foydalanish darajasini aniqlaydi. 2. Tashkiliy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv jarayoninig tuzilishi, tashkiliy tuzilma, axborot va hujjatlar bilan ishlashni aniqlovchi tavsifga egadir.
Ijtimoiy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv apparatining mehnat shartlarini, sanitariya gigiena, ruhiy, fiziologik, estetik tomonlarini va mehnatining ijtimoiy omillarini aniqlaydi.
Boshqaruv samaradorligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilardir:
- yillik iqtisodiy samara (keltirilgan harajatlar tejamkorligi);
- boshqaruvni takomillashtirishda birvaqtli harajatlarini qoplash muddati;
- boshqaruv apparati mehnet unumdorligining o’sishi.
Yillik iqtisodiy samara quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: Ey = Eshy – ZuXEn-
Bunda: Ey - yillik iqtisodiy samara, so’m;
Eshy – yillik shartli tejam, so’m;
Zu – birvaqtli harajatlar, so’m;
En – solishtirma iqtisodiy samaradorlikning me’yoriy koeffisenti (o’lcham, qoplashning qayta me’yoriy muddatiga bog’liq).
Boshqaruv samaradorligi ikki xil usulda hisoblanishi mumkin:
Eb = R/ Zb va Eb = Rb / Zb-
Bunda, Eb – boshqaruv samaradorligi;
Rk – oxirgi natija (samaradorlik korxonadan olinadi).
Rb – faqat boshqaruv apparati faoliyati natijasi;
Zb – boshqaruv harajatlari;
Birvaqtli xarajatlar boshqaruvda quyidagicha aniqlanadi:
Zb = K + N.
Bunda, K – capital xarajatlar, so’m;
H – capital bo’lmagan xarajatlar.
3. Ishlab chiqarishni boshqarish.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiraladigan raxbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy xarakterdagi a’loxida faoliyat tushuniladi. Bunday boshqarishda ikki tomon:
• ijtimoiy-iqtisodiy;
• tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi. Bu xar ikkala tomonlar o‘zaro bog‘liqdir, lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtimoiy-iqtisodiy tomon xal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning mexnatini boshqarishdir.
Ijtimoiy mexnat taqsimotiga ko‘ra boshqaruv sanoat ishlab chiqarishini, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini, transportni, savdoni va xokazolarni boshqarishga bo‘linadi. Xududiy boshqarish darajasiga ko‘ra boshqaruv tuman, viloyat, mamlakat miqyosidagi ishlab chiqarishni boshqarish turlariga bo‘linadi
Ishlab chiqarishni boshqarish ta'rifi
Ishlab chiqarishni boshqarish Korxona ishlab chiqarish tizimini tashkil etish va uning faoliyatini boshqarishning umumiy atamasi. Shuningdek, ishlab chiqarish nazorati sifatida ham tanilgan. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 1 ishlab chiqarish tashkiloti ishi. Ya'ni saytni tanlash, fabrikani tashkil qilish, ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish, ishchi kuchi va mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarishni boshqarish tizimini o'rnatish. 2 ta ishlab chiqarishni rejalashtirish ishlari. Ya'ni, ishlab chiqarish rejasi, ishlab chiqarish texnologiyasini tayyorlash rejasi va ishlab chiqarish operatsion rejasi tayyorlanadi. 3 ta ishlab chiqarish nazorati. Ya'ni ishlab chiqarish jadvali, ishlab chiqarish inventarizatsiyasi, mahsulot sifati va ishlab chiqarish xarajatlari ustidan nazorat qilish. 4 Kafolatlangan etkazib berish normaldir. Ishlab chiqarish rejasiga muvofiq, mijozning mahsulotlarini etkazib berish kafolatlanadi. Ishlab chiqarishni boshqarishning vazifalari quyidagilardan iborat: mijozlarga g'ayritabiiy mahsulot etkazib berishni o'z vaqtida va samarali davolash. Ishlab chiqarishni tashkil etish ishlari orqali korxona maqsadlari talablariga muvofiq, texnik, iqtisodiy jihatdan tejamkor, moddiy texnik sharoitlar va atrof-muhit sharoitlariga mos ishlab chiqarish tizimini barpo etish; ishlab chiqarishni rejalashtirish ishlari orqali ishlab chiqarish tizimini optimallashtirish bo'yicha ish rejasini tuzish; ishlab chiqarishni nazorat qilish ishlari orqali korxonaning ishlab chiqarish jarayonida va undan tashqaridagi turli xil munosabatlarni o'z vaqtida samarali tartibga solib turing, shunda ishlab chiqarish tizimining ishlashi belgilangan ishlab chiqarish rejasining talablariga javob beradi va kutilayotgan mahsulot turiga, sifatiga, ishlab chiqarishiga erishadi. , ishlab chiqarish muddati va ishlab chiqarish qiymati. Ishlab chiqarishni boshqarishning maqsadi kam investitsiya, ko'proq ishlab chiqarish va eng yaxshi iqtisodiy foyda olishdir. Ishlab chiqarishni boshqarish dasturidan foydalanishning maqsadi ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayoni ma'lumotlarini samarali boshqarish va shu bilan korxonaning umumiy raqobatbardoshligini oshirishdir.

Yüklə 32,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə