V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Tog‘ jinslarining portlatuvchanligi



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

Tog‘ jinslarining portlatuvchanligi
– portlatilganda jinslar-
ning parchalanib, maydalanishga ko‘rsatadigan qarshilik darajasi, bu 
ko‘rsatkich etalon portlovchi modda ammonit 6 ЖВ ni portlatib si
-
nash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tog‘ jinslarining maydalanuvchanligi
– ma’lum tog‘ jinsi - 
ning dinamik kuch ta’sirida zarbalab maydalanishga ko‘rsatadigan 


10
qarshiligi. Bu ko‘rsatkich ham burg‘ilash-portlatish materiallarini 
tanlashda e’tiborga olinadigan ko‘rsatkichlardan birdir.
Tog‘ jinslarning darzliligi 
– jinslarning massivdagi darzlili-
gining o‘lchamlari ularning chastotasi, joylashishi, yo‘nalishining 
o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich o‘lchamlarning shpurlar-
ni kavjoyda joylashtirishda va portlovchi moddaning solishtirma 
o‘lchamini tanlashda hisobga olinadigan ko‘rsatkichdir.
G‘ovaklik (serkovakli, g‘alvirakli).
Tog‘ jinslari bo‘shliqlar ning 
mavjudligi bilan ham xarakterlanadi. Jinsdagi bo‘shliqlar hajmini 
jins massasini hajmiga nisbati 
g‘ovaklik darajasi
deyiladi. Jinslarda 
g‘ovaklik o‘lchami qancha yuqori bo‘lsa, suv singdiruvchanligi shun-
cha yuqori bo‘ladi. Bunday jinslarda kon lahimi o‘tkazilganda lahim-
da suv ko‘p bo‘lishini kutish kerak.
Solishtirma og‘irlik
– bu zich jins hajm birligining og‘irligiga 
(g‘ovakliklar hajmini chiqarib tashlaganda) aytiladi.
Hajm og‘irligi
– jinslarning massivdagi to‘liq hajm birligining 
og‘irligiga aytiladi.
Solishtirma og‘irlik jinslarning g‘ovakligi, darzliligi sababli ham-
ma vaqt hajm og‘irligidan katta bo‘ladi.
4. Kon jinslarining mahkamligi va turg‘unligi
Kon jinslarining mahkamligi va turg‘unligi ularni burg‘ilash, 
portlatish, qo‘porish va kondagi foydali qazilma boyliklarni qazib
olish tizimini tanlashda asosiy omillardan hisoblanadi. Kon jinslari-
ning 

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə