V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-bob. BURG‘ILASH ISHLARI HAQIDA



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1-bob. BURG‘ILASH ISHLARI HAQIDA
QISQACHA MA’LUMOT
Ruda konlarini ochish va qazib olishda portlatish, skvajina hamda 
shpurlarni burg‘ilash ishlarini amalga oshirish uchun ko‘p mehnat va 
katta mablag‘ talab qilinadi. Hozirgi davr konchilik ishlari texnika-
si va texnologiyasining taraqqiyoti shuni ko‘rsatadiki, qattiq va mah-
kam jinslardan tashkil topgan ruda konlarini qazib olishda burg‘ilash 
va portlatish usullaridan foydalanish yagona va eng muhim usul 
bo‘lib, uning samaradorligi, texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va 
konchilik ishlarining tezlik darajasi burg‘ilash ishlarining unumdor-
ligiga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda sekin harakatlanuvchi burg‘ilash uskunalari o‘r-
niga yuqori quvvatli, pnevmog‘ildirakli o‘zi yurar mashinalar, bur-
g‘ilovchi uskunalar, avtonom yuritkichlari bo‘lgan yuklovchi-tashuv-
chi mashinalar, yer osti ishlarida ishchilarni, materiallarni tashuvchi 
mashinalar, lahimlarni mustahkamlovchi, shpur va skvajinalarni 
zaryadlovchi, ta’mirlovchi mashinalar kirib keldi. Ruda konlarida o‘zi 
yurar mashinalar kompleksini qo‘llash ruda qazib chiqarish mehnat 
unumdorligini 1,8–3,2 marta ko‘tarish imkonini yaratib, bir vaqt-
ning o‘zida ruda qazib olish jarayonlarining tannarxini 16–22%
kamaytirish imkonini yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, yangi texni-
kalarning amaliyotda qo‘llanish chegarasini kengaytirishga qiziqish-
ni kuchaytirdi.
O‘zi yurar mashinalarni yer osti sharoitida qo‘llash bir vaqtning 
o‘zida bir nechta kavjoyda ishlash, shu jumladan, burg‘ilash qurilma-
larini va stanoklarini qo‘llash imkonini berdi.
Rangli metall konlarini ishlatishda lahimlarning ko‘ndalang ke-
sim yuzasi katta bo‘lmaganligini hisobga olib, muhandis-konstruk-
torlar o‘zi yurar yuklovchi-tashuvchi va burg‘ilovchi mashinalar yara- 
tishga kirishdilar.
Ochiq konlarni ishlatishda pitrali burg‘ilovchi stanoklar, botiruv-
chi pnevmo-zarbali uskunalar qo‘llashga talab ortib bormoqda.


14

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə