V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. BURG‘ILASH USKUNALARINING



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.1-§. BURG‘ILASH USKUNALARINING
TASNIFI
Tog‘ jinslari massivi orasida sun’iy ravishda silindrsimon bo‘shliq 
hosil qilish jarayoni 
burg‘ilash
deyiladi. Diametri 75 mm gacha, 
chuqurligi esa 5 m gacha bo‘lgan burg‘ilangan lahim (kovakcha) 
shpur
deb ataladi. Diametri 75 mm dan yuqori, chuqurligi esa 5 m dan ko‘p 
diametri cheklanmagan lahim (bo‘shliq) 
skvajina
deyiladi.
Shpur va skvajinalar burg‘ilash usullari ikki ko‘rinishga ega. 
Birinchi ko‘rinishga mexanik usullarda burg‘ilash kiradi, ikkinchi-
si issiqlik-fizikaviy usuldir (olov purkash, termomexanik plazmali va 
elektr-termik, gidravlik usullar).
Mexanik usulda burg‘ilashda shpur yoki skvajinalar tubidagi qat-
tiq jism mexanik kuch ta’sirida maydalab, parchalab, ilgarilab boradi. 
Bunda jinslarning kristallografik strukturasi o‘zgarmaydi. Ikkinchi 
usulda burg‘i uskunasi tog‘ jinsiga bevosita tegmasa-da, tog‘ jinslari-
ning maydalanishi sodir bo‘ladi.
Burg‘i asbobining kavjoyda ishlash xarakteri va mexanik bur-
g‘ilashning ta’sir etish kuchiga qarab, uni quyidagi to‘rtta usulga 
bo‘lish mumkin: aylanma burg‘ilash, aylanma-zarbalab burg‘ilash, 
burib-zarbalab va zarbalab burg‘ilash.
Aylanma burg‘ilashda skvajina tubidagi tog‘ jinslarining yemi-
rilishi burg‘i asbobining vaqt chizig‘i bo‘ylab yo‘naladigan keski-
chining harakati natijasida yuzaga keladi. Bunday harakat aylan-
ma va ilgarilovchi burg‘i asbobining birgalikda ishlashi natijasidir. 
Shpur yoki skvajina tubida burg‘i keskichining ilgarilovchi-aylanma 
harakatini amalga oshirish burg‘i asbobining anchagina katta buruv-
chi momenti (
M
kr 
) va katta kuchlanishi (
F
) ning uzatilishi natijasi-
da yuzaga keladi.
Pitrali doloto bilan burg‘ilash usulida doloto tishlarining bevosi-
ta skvajina tubida yumalab aylanishi zarbalab burg‘ilash asbobining 
harakatiga o‘xshaganligi sababli ba’zi tadqiqotchilar bu usulni zarbali 
burg‘ilash usuliga mansub demoqdalar.
Tog‘-konchilik amaliyotida skvajinalarda dolotoning aylanishi 
katta bo‘lmagan chastotada (1–1,5 s
–l 
) burg‘ilanadi. Natijada kam
tezlikda kuch hosil qilib (0,6 m/s kam) burg‘ilanadi. Bu bilan jinslar 
statik kuchlanish ta’sirida ezilib, yanchilib, aylanma burg‘ilashdagi 
kabi burg‘ilanadi.


15
Zarbali burg‘ilashda, ponaga o‘xshash o‘tkirlangan asbob skvaji-
na o‘qi yo‘nalishida jinslarga qisqa muddatli zarbali kuchi ta’sirida il-
garilab skvajina tubiga botib boradi. Bu bilan o‘q yo‘nalishdagi statis-
tik kuchaytiruvchi kuch skvajina tubidagi jinslar bilan kontakti juda 
kichik ochiqlikda bo‘lganida, kontakt hosil qilish uchun kerak bo‘ladi. 
Burg‘i asbobi skvajina tubiga zarba berganidan so‘ng, ko‘tarilib, bi-
ror burchak bilan navbatdagi zarbani jinslarning boshqa joyiga berish 
uchun uriladi. Asbobni burish uchun zarur bo‘lgan buruvchi moment 
deyarli kichik o‘lchamga ega.
Agar burg‘i asbobini aylantiruvchi mexanizmlar bilan zarba be-
ruvchi mexanizmi bir korpusga joylashtirilgan bo‘lsa, bunday mashi-
nani 
perforator
deb ataydilar. Aylanish mexanizmi, porshen ilgar-
ilab zarba berganidan so‘ng, uning orqaga qaytish energiyasi ta’sirida 
harakatga keladi. Burg‘i kallagining bunday tuzilish prinsipi perfora-
torning gelikoidal juftligida amalga oshirilgan. Bu mashinalar zarba-
lab-burilma kuch hosil qilib ta’sir etuvchi mashinalar qatoriga kiradi. 
Perforator alohida reduktorli dvigatel yordamida burg‘ilovchi asbobni 
aylantiradigan bo‘lsa, bunday perforatorning burg‘ilovchi asbobi mus-
taqil harakatga keltiriladi. Zarbalovchi mexanizm skvajinaga burg‘i as-
bobi ortidan tushib boradi. Uni botiruvchi deyiladi. Burg‘ilash mashi-
nalari pnevmatik, gidravlik va elektr energiyalar bilan ishlatiladi.
Burg‘ilashdan hosil bo‘lgan jinslarning mayda bo‘laklari va 
burg‘i uni shpur va skvajinalar tubidan siqilgan havo, suv, havo-suv 
ara lashmasi yoki vakuum hosil qilish bilan tozalanadi. Shuning 
uchun burg‘ilash quyidagicha bo‘ladi: suv bilan yuvib burg‘ilash, 
suv-havo aralashmasi bilan burg‘ilash va changni so‘rib olish yo‘li 
bilan burg‘ilash.
Shpur va skvajinalarni puflab burg‘ilashda changni so‘rib filtr
-
lovchi qurilma qo‘llaniladi, chang so‘rg‘ichsiz burg‘ilash taqiqlanadi. 
Suv bilan yuvib burg‘ilashda suv burg‘i o‘qi yo‘nalishida burg‘i shtan-
gasining «markazidan» yoki uning yon tomonidan berilishi mumkin. 
Suv bilan markaziy yuvish usulida suv burg‘iga burg‘i kallagi orqali 
maxsus trubkada uzatiladi, yonlama yuvish usulida esa suv burg‘iga 
mufta orqali uzatilib, burg‘i kallagining old qismida uchrashadi.
Ba’zi muallifiar yana zarbali-burilmali burg‘ilash usuli ham 
mavjud deb hisoblaydilar va bu usulga perforator bilan burg‘ilash 
usulini kiritadilar. Lekin shuni qayd qilish kerakki, perforator bilan 
burg‘ila shda aslida zarbali burg‘ilash usuli amalga oshiriladi.


16
1.
1-
ra
sm


Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə