V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

mahkamligi
deganda, ularning burg‘ilashda parchalab ushatish 
jarayoniga ko‘rsatadigan qarshiligi tushuniladi.
Kon jinslarining bu xususiyati ularni qazib olishda sarflanadi
-
gan kuch va materiallar me’yoriy miqdorining o‘zgarishiga va mehnat 
unum dorligining o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi.
Kon jinslarining bunday xususiyatlarini birinchi bo‘lib ilmiy asos-
da professor M. M. Protodyakonov o‘rganib va amaliy sinovlar bilan 
tasdiqlab, konlarni qazib olish jarayonida kon jinslarining ko‘rsatadi-
gan qarshilik nazariyasini yaratgan.
Foydali qazilma konlarini qidirib topish va ularni qazib olishning 
barcha jarayonlarida qarshilik nazariyasi asosiy nazariyalardan biri 
sifatida qaraladi. M. M. Protodyakonov bu nazariya asosida tog‘-kon 
jinslarining mahkamlik tasnifini tuzgan. Unga ko‘ra tog‘ jinslari 10 


11
toifaga bo‘lingan va mahkamlik koeffitsiyentlari aniqlangan. Koeffi-
tsiyentlar 1 dan 20 gacha belgilangan (1-jadval).
1-jadval

Mahkamlik 
darajasi
Jinslarning nomlari
Mahkamlik
koeffitsiyenti, 
f
1
2
3
4
I
Nihoyatda 
mahkam
Alohida qattiq, zich va qayishqoq,
chaqmoq tosh va bazaltlar
20
II
Juda
mahkam
Juda qattiq, granitsimon jinslar, chaqmoq 
tosh, porfir, juda qattiq granit, toshga 
aylangan slanes, kvarsitlar, qumtosh va 
ohaktoshlar
15
III 
IIIa
Mahkam
Granit. Granitsimon jinslar, juda qat-
tiq qumtosh va ohaktosh. Kvarsli ruda yer 
tomiri, juda qattiq bo‘lgan temir rudalari 
(ma’dani) 
Ohaktosh, qattiq bo‘lmagan granit, qat-
tiq qumtosh, qattiq marmar, dolomit, kol-
chedan
10 
8
IV 
VIa
Mahkamroq Oddiy qumtosh, temir rudasi, 
qumli slanes, slanessimon qumtosh

5

Va
O‘rtacha 
mahkamlik- 
dagi
Qattiq loytuproqli, slanes, qattiq bo‘lmagan 
qumtosh va ohaktosh, yumshoq shag‘al, 
qumtosh birikmasi.
Har xil slaneslar, ohakgil

3
VI 
VIa
Anchagina 
yumshoq
Yumshoq slanes, yumshoq ohaktosh, bo‘r, 
toshtuz, gips, muzlab qolgan tuproq, antrat-
sit, oddiy ohakgil, parchalangan qumtosh. 
Jipslangan shag‘al. 
Shag‘alsimon tuproq, parchalangan slanes, 
jipslashib qolgan shag‘al, qattiq tosh, 
ko‘mir, qotib qolgan loy

1,5
VII 
VIIa
Yumshoq Zichlanib qolgan loy, yumshoq toshko‘mir 
Yengil qumli loy, soztuproq shag‘al
1,0
0,8
VIII
Tuproq
O‘simlik qoldiqlari aralashgan tuproq, torf, 
soztuproq, nam qum (o‘ta yumshoq)
0,6
IX
Sochiluv-
chan
Qum, mayda shag‘al, to‘plangan tuproq, 
parchalangan ko‘mir
0,5
X Yoyiluvchan 
oquvchan
Suyuq loy, botqoq loy, suyulib ketgan soz-
tuproq
0,3
Eslat ma. Mahkamlik koeffitsiyentini M. M. Protodyakonov 
f
harfi bilan 
belgilangan.


12
Ko‘p yillik amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, M. M. Protodyako-
novning mahkamlik koeffitsiyenti hisoblash formulalarida kiritilgan 
mahkamlik koeffitsiyenti amaliy ish uchun yetarli aniqlikdagi nati
-
jalar beradi. Eng mahkam jinslarni mahkamlik koeffitsiyenti 20 ga 
teng, ya’ni boshqa yuqori balli koeffitsiyent kiritishga hech qanday 
ehtiyoj yo‘q. Konchilik korxonalarida shpurlar burg‘ilashda ish unum-
dorligi me’yorini hisoblash uchun jinslarining 20 kategoriyaga ajratil-
gan yagona tasnifidan foydalaniladi.
M. M. Protodyakonovning jinslarni kategoriyaga bo‘lish tasnifi 
bilan ish unumdorligining yagona me’yoriy hisobini solishtirish tarti-
bi quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval).
2-jadval
Ish
unumdorligining 
yagona me’yoriy 
hisobi bo‘yicha
Jinslar kategoriyasi
V
VI–X
XI–
XII
XIII– 
XIV
XV
XVI–
XVII XVIII
XIX–
XX
1
2
3
4
5
6
7
8
M. M. Proto-
dyakonov koef-
fitsiyenti bilan 
solishtirish (koef-
fitsiyent miqdori)
V(4) IV–V 
(4–5)
III–IV 
(6–8)
III
(8–10)
II 
(12–15) I(16) I(18) I(20)
Jinslarni bunday kategoriyalarga bo‘lish shpurlarni standartda 
belgilangan sharoitda burg‘ilashga ketadigan sof vaqtini aniqlashda 
qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.


13

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə