V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
burgilash va portlatish ishlari



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR ТА’LIMI MARKAZI 
V. R. RAHIMOV, N. U. UBAYDULLAYEV
BURG‘ILASH VA
PORTLATISH ISHLARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
TOSHKENT
«TURON-IQBOL»
2016


33.131 
R29
Taqr izchi: 
Z.K. Qayumov 
– Geologiya va konchilik ishi fakulteti,
Ko nchilik ishi kafedrasi katta o‘qituvchisi, texnika fanlari nomzodi.
Rahimov V.R.
Burg‘ilash va portlatish ishlari: 
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv 
qo‘ll./ V.R. Rahimov, N.U. Ubaydullayev; O‘zbekiston Respublikasi oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – Т.: 
«Turon-Iqbol», 2016. – 224 b.
I. Ubaydullayev N.U.
BBK 33.131ya73 
33.133ya73
O‘quv qo‘llanma foydali qazilma konlarini ochishda tog‘ jinslarini parchalab 
yemirish nazariyasi va amaliyoti asoslari: burg‘ilash, burg‘ilash asbob va mashi-
nalari, konlarni ochishda ishlatiladigan moddalar, tog‘ jinslari, ularni portlatib 
parchalash haqida ma’lumotlar bayon etilgan.
Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.
ISBN 978-9943-14-052-3 
© «TURON-IQBOL» nashriyoti, 2007-y.
© «TURON-IQBOL» nashriyoti, 2016-y.


3
KIRISH
Burg‘ilash va portlatish ishlarida tog‘ jinslarini yemirib parcha-
lash usullarini tubdan takomillashtirish va foydali qazilmalarni qazib 
olishning prinsipial yangi vositalari hamda usullarini yaratish, qazib 
chiqarish hajmini kengaytirish, texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
va sanoatning konchilik sohasidagi barcha texnologik jarayonlarini 
rivojlantirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Yaqin yillar davomida ko‘mir sanoati hamda qora va rangli me-
tallurgiya sanoatida, noruda jinslar qazib olish, gidrotexnik va trans-
port inshootlari qurilishida tub tog‘ jinslarini qazish hamda qayta ish-
lash hajmi bir necha barobar ortdi.
Bu sanoat tarmoqlari ehtiyojiga ishlatiladigan tub tog‘ jinslari-
ni, shpurlar, skvajinalar va kamerali zaryadlarni portlatish yo‘li bilan 
yumshatib-parchalab olinadigan jinslarning mahkamlik darajasi prof. 
M. M. Protodyakonov shkalasiga muvofiq, asosan, 

= 6 – 14 ga to‘g‘-
ri keladi.
Tub tog‘ jinslarini qazib olishda ular shunday maydalangan bo‘li-
shi zarurki, ularning kattaligi yuklovchi va tashuvchi transport vo-
sitalarining ishlashi uchun samarali o‘lchamda bo‘lishini va bu port-
latilgan jinslarni qayta ishlashda yuqori samaradorlikni ta’minlashi 
uchun ochiq sharoitda va qo‘yilgan talablarga mos keladigan shpur va 
skvajinalar burg‘ilash va portlatish usullarini tanlash zarur.
Tog‘ jinslarini portlatishga tayyorlash va uni qazib olishga sarfla
-
nadigan mehnat umumiy sarflangan mehnat hajmining 30% ini tash
-
kil etadi, lahimlar o‘tishda esa 50% ga yetadi.
Jinslar mahkamligining ortishi bilan burg‘ilash, portlatish ishla-
riga sarflanadigan mehnat hajmi ham ortib boradi.
Karyer va ruda konlarida siklli-uzluksiz va uzluksiz texnologi-
ya asosida qazib olish to‘laligicha portlatilgan jinslarning o‘lchamlari-
ga, umuman, portlatish ishlari natijasiga bog‘liq. Portlatish energiya-
sini boshqarish usullarini, uning o‘lchamlarini takomillashtirish, ko‘p 
qatorli qisqa muddatga sekinlatuvchi detonatorlar yordamida port-


4
latish, portlatilgandan so‘ng yig‘ishtirilgan tog‘ jinslari orasida siqil-
gan muhitda portlatish va zaryadlar oralig‘ida havo bo‘shlig‘i qoldirib, 
qayta portlatish yo‘li bilan amalga oshirish ustida ish olib borilmoqda.
Portlatish ishlarida igdanit kabi donadorlangan portlovchi mod-
dalarning qo‘llanishi portlatish ishlarini to‘liq mexanizatsiyalash 
uchun imkoniyat yaratdi. Suv to‘ldirilgan portlovchi moddalar yara-
tish va amaliyotda qo‘llanish sohasida ma’lum taraqqiyotga erishildi.
Hozirgi vaqtda konchilik korxonalari yetarli miqdorda yuqori 
unumli yuklovchi-tashuvchi transport mashina va mexanizmlari, 
us kunalari bilan ta’minlangan. Kon-ruda sanoati karyerlarida kam
unumli zarbali-kanatli (sim arqonli) burg‘ilash stanoklari, asosan, 
doloto (kallak) diametri 214–243 mm bo‘lgan o‘q yo‘nalishidagi, bo-
simi 20–40 ts bo‘lgan pitrali stanoklar bilan almashtirildi.
Sanoat sinovidan o‘tgan doloto diametri 320 mm va o‘q yo‘nalishi 
bo‘yicha bosimi 70 ts bo‘lgan pitrali stanoklar ishlab chiqarilib amali-
yotda keng ko‘lamda ishlatilmoqda. So‘nggi yillarda karyerlarda port-
latish skvajinalarini burg‘ilash ishlari rivojlanib, tog‘ jinslari massivi-
ni qo‘porib parchalashda har xil yangi usullardan va yangi yuqori 
unumli burg‘ilovchi stanoklardan, asboblardan foydalanilib, ishlab 
turgan stanoklarning imkoniyatlari esa takomillashtirilmoqda. Yarim 
asrdan beri tog‘ jinslarini parchalashda elektr toki, elektromagnit teb-
ranishi, issiqlik energiyasi ham keng miqyosda qo‘llanilib kelmoqda.
Tog‘ jinslari massivini buzish-parchalash muammolarini to‘g‘ri 
hal qilish uchun ishlayotgan obyektlardagi tog‘ jinslari massivi ning 
xususiyatlari (ishlayotgan burg‘ilash uskuna va asboblari haqida, 
portlovchi moddalar portlashi, elektromagnit tebranishi va boshqalar) 
haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘linganda, obyekt va shu muhitda bir-
ga ishlatish qonuniyatlarini topish asosida tog‘ jinslarini parchalash-
ning kompleks muhandislik tadbirlarini amalga oshirish mumkin.
Tog‘ jinslarini parchalash-buzish usullarining ko‘pligi tufayli bir 
necha xil belgilari bo‘yicha turkumlarga ajratiladi.
Parchalovchi (buzuvchi) kuchlanish tabiati bo‘yicha: mexanika-
viy parchalash, mexanikaviy kuchlanish natijasida yuzaga keladigan 
– burg‘ilash va kesish (mexanikaviy), ultratovush bilan parchalash, 
elektr-gidravlik va gidravlik usullar bilan parchalash.
Termik parchalash: yuqori harorat kuchi ta’sirida – o‘t va alanga 
yordamida burg‘ilash, elektromagnitli, magnitli va elektr kuchi bilan 
parchalab-buzish.


5
Jinslarga energiya uzatish usuli bilan parchalab-buzish: kontakt-
li (mexanik burg‘ilash va kesish) va kontaktsiz (elektromagnitli, mag-
nitli, elektr-gidravlik, gidravlik, ultratovush energiyalari ta’sirida par-
chalash-buzish).
Jinslarga ta’sir etish usuli bo‘yicha: qattiq va mahkam asbob bilan 
(mexanik burg‘ilash va kesish), elektromagnit to‘lqini (elektromagnit 
va magnit kuchlanishi bilan buzish); elektr toki yordamida parcha-
lab buzish; aralash usul; gaz va yuqori harorat yordamida burg‘ilash, 
gaz va suyuqlik bilan gidravlik va gidroportlatish bilan parchalash), 
abraziv material va suyuqlik, ultratovush yordamida parchalab bu-
zish (yemirish).
«Tog‘ jinslarini mexanik va portlatib, parchalab yemirish» kur-
si foydali qazilmalarni ochish, yer osti usulida qazib olish va yer osti 
inshootlarining qurilishi fanining asosi bo‘lib, konchilik sohasi tex-
nologik fanlarining asosiy negizi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu qo‘llanmada foydali qazilma konlarini qazib olish va la-
himlar o‘tkazishda tog‘ jinslarini yemirib parchalash nazariyasi va 
amaliyotida qo‘llaniladigan usullar keltirilgan.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə