V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Egiluvchanlikning yuqorigi chegarasi



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

Egiluvchanlikning yuqorigi chegarasi
(oquvchanlikning past-
ki chegarasi) – protsent bilan ifodalangan namlilikning tortiladigan 
o‘lchami, uning birozgina ortishi ham jinslarni oquvchanlik holatiga 
o‘tishiga olib keladi.
Egiluvchanlikning pastki chegarasi
(jo‘valanish chegarasi) – 
protsent bilan ifodalangan namlilikning tortiladigan o‘lchami, uning 
birozgina kamayishi jinslar namunasida jo‘valanish (yoyilish), uzluk-
siz pilik (shnur) kabi cho‘zilish xususiyatining yo‘qotilishiga olib ke-
ladi.
Egiluvchanlik miqdori
(soni) – protsent bilan ifodalangan namli-
likning tortadigan o‘lchami, u shunday holatda egiluvchan (qayishuv-
chan) bo‘lib qoladi:
bu yerda: 
ω
y
– namlikning yuqorigi chegarasi. Bu holatda jins egiluv-
chanlik xususiyatiga ega;
ω
р
namlilikning pastki chegarasi, bu holatda jins egiluvchanlik 
holatini saqlab qoladi.
Masalan, tuproq – yuqori egiluvchan, suglinok va supes – ozgina 
egiluvchan, qumda esa egiluvchanlik xususiyati yo‘q.
Tog‘ jinsining egiluvchanlik xususiyati uning tarkibidagi mav-
jud suv miqdoriga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Egiluvchanlik 
o‘lchami tuproqda 22–50 bo‘lsa, qumda nolga teng.
Solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanlik
muhitning issiqlik energi-
yasini bir molekular qatlamdan keyingisiga o‘tkazish qobiliyati bilan 
xarakterlanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik son jihatidan vaqt birligida 
yuza birligi orqali perpendikular yuza kesimi yo‘nalishida harorat-
ning 1°С pasayishiga teng.
Solishtirma issiqlik sig‘imi
– 1 kg moddada haroratni bir gra-
dusga ko‘tarish uchun sarfl anadigan issiqlik miqdori bilan xarakterla-
nadigan ko‘rsatkich.
Chiziqli kengayish koeffi tsiyenti
– jinslarda harorat o‘zgar-
ganida, o‘zining o‘lchamini o‘zgartirish qobiliyati bilan xarakterla-
nadi.
Jinslarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi, chiziqli ken-
gayish koeffi tsiyenti har xil jinslarda har xil qiymatlarga ega.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə