V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. PERFORATOR ISHLAB CHIQARISHNING



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.4-§. PERFORATOR ISHLAB CHIQARISHNING 
RIVOJLANISHI
Birinchi marta perforator 1839-yili fransuz olimi Triger tomoni-
dan chuqurligi 20 m bo‘lgan shaxta stvolini o‘tishda qo‘llangan. Bi-
rinchi marta siqilgan havo bilan ishlaydigan burg‘ilovchi bolg‘a 1844-
yili Bruntan tomonidan taklif qilingan. Bu burg‘i bolg‘asi minutiga 
200 zarba beradigan edi.
1857-yili muhandis Sommelve bug‘da ishlaydigan mashinani siqil-
gan havo ta’sirida burg‘ilash ishlarini bajarishga moslashtirgan. Bu 
mashina shunday ko‘rinishda Savvoi Alpining Moitseni tonnelini o‘tish-
da qo‘llanilgan. Perforatorning avtomatik ravishda ishlaydigan zolot-
nikli qurilmasi va mustaqil aylantiradigan alohida dvigateli bo‘lgan.
Shpurga suv burg‘i yonida o‘rnatilgan quvur vositasida uzatilgan. 
Bu mashinaning qo‘llanishi tonnelning qurilish muddatini 13 yilga 
qisqartirish imkonini yaratgan.
Birinchi yaratilgan perforatorning tog‘ ishlarida qo‘llanish-
da erishilgan yuqori samaradorlik sanoatchilarni bu mashinani mu-
kammallashtinsh ustida jadal ishlashga majbur etdi. Shunday qilib, 
28 yil (1849–1877-y.) ichida bu mashinaning 80 ga yaqin konstruksi-
yasi ishlab chiqilib, patent oldi. 1851-yili porshenli perforator ishlab 
chiqarildi, uning koronkasi porshenga qattiq mahkamlangan edi. Ge-
likoidal juftlik perforatorda 1974-yilda Davidson tomonidan qo‘llanil-
gan. 1873-yilgi angliyalik Darlington shunday qurilma yaratdiki, 
unda siqilgan havo taqsimlanishi porshendagi zolotnik orqali amalga 
oshirildi va bu haqda patent oldi.
Xrapovikli mexanizmni gelikoidal sterjeni bilan orqa kallagi-
ga o‘tkazish haqidagi taklif 1876-yili Terner tomonidan patentlanadi. 
Shundan buyon gelikoidal juftlik e’tibor bilan takomillashtirib, per-
foratorning porsheni va burg‘isini aylantirish uchun keng ko‘lamda 
qo‘llanila boshladi.
Erkin porshenli perforator 1884-yili Sergentom tomonidan pa-
tentlangan. 1871-yili Saymon Intersol yangi burg‘ilash mashinasiga 
patent olgan. Uning burg‘i mashinasi uch oyoqqa o‘rnatilgan bo‘lib, 
skvajinalarni har xil yo‘nalishda burg‘ilashga imkon yaratdi. Ichi ko-
vak po‘lat sterjen burg‘ilash uchun 1896-yili Georgom Leyker tomoni-
dan qo‘llanilgan, shu klapanlarning va odam tomonidan aylantirish 
mexanizmining bir necha konstruksiyasi taklif etilgan, bu portlash-


25
ning zarbasini 200–400 dan minutiga 1800 zarbagacha yetkazish-
ga imkon yaratdi. Bular og‘irligi kam bo‘lgan burg‘ilash mashinalari 
konstruksiyasini yaratish imkonini berdi.
Rossiyada va Amerikadagi «Rend-po‘lat» zavodi ishlab chiqar-
gan perforatorni birinchi bo‘lib, 1878-yili Bogoslovsk mis konida
so‘ng 1907-yili perforatorlar Donbass ko‘mir konlarida ham ishlati-
la boshlagan.
1910-yilga kelib, sanoati rivojlanayotgan barcha mamlakatlar-
da perforatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi vaqtda
Rossiya mavjud og‘ir sanoati tarmoqlari konchilik ishlariga zarur 
bo‘lgan mashina va uskunalarni ishlab chiqaradigan yirik sanoat 
tarmog‘i bo‘lgan davlatga aylangan. O‘zbekistonda Navoiy shahri-
da kon-me tallurgiya kombinati qoshida tashkil topgan kon-texnika 
uskunalarini ta’mirlovchi zavod konchilik uskunalarini mustaqil ish-
lab chiqaradigan zavodga aylandi.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə