Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
17
Siyovush dastlab mifologik xudo obrazi sifatida tasvirlanadi. U husn jamolda tengsiz 
edi, o’gay onasining ehtiroslarini rad etgani uchun malomatga qoladi. Siyovush o’zining 
pokligini isbotlash uchun olov ustidan otida sakrab o’tadi. O’gay ona bilan yuz 
ko’rishmaslik uchun Afrosiyobning oldiga boradi. Afrosiyob unga qizini beradi. Fitnachi 
amaldorlar Siyovush va Afrosiyob o’rtasiga adovat solib, shohning o’z kuyovini o’ldirishiga 
erishadilar. Siyovushning o’g’li Kayxisrav bobosi Afrosiyobdan qasos olib uni o’ldiradi. 
Kayxisrav Xorazmshohlar sulolasiga asos solgan deyiladi.
Umumturkiy adabiyotga oid doston “O’g’uznoma”dir. Ma’lum bo’lishicha, O’rta Osiyoda 
chig’atoy tilida qator “O’g’uznoma”lar bitilgan. Taniqli olim X.Ko’ro’g’li asar haqida 
quyidagicha fikr bildirgan: “O’g’uznoma” atamasi... dastlab Abu Bakr b. Abdulloh b. Oybek 
ad Davadari (XIV asr) asrida uchraydi. Rashiduddinda qayd etilgan, lekin bizgacha yetib 
kelmagan nusxa hamda Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan uyg’ur yozuvidagi 
“O’g’uznoma” ham taxminan o’sha davrga xosdir. Bundan tashqari, XV- XIX asrlarda O’rta
Osiyoda chig’atoy tilida bitilgan qator “O’g’uznoma”lar haqida ma’lumotlar mavjud... 
Bizgacha yetib kelgan O’rta va Markaziy Osiyoda yaratilgan “O’g’uznoma”lar uzuq bo’lib, 
o’g’uzlarning boy epik ijodi haqida “Kitob dedam Qo’rqut” kabi tasavvur bera olmaydi”
(X.Koroglы. «Rodoslovnaya turkmen» Abulgazi i oguzskiy epos». “Turkologik”, L., 1976).
Tilshunos olim V.V.Radlovning “Qadimgi turki lug’at”ida O’g’uzxon haqida ma’lumot berib 
XIII yuz yillikka oid bu afsona mazmunan epikligi, XV asrga daxldor yagona nusxasi uyg’ur 
yozuvida bitilgani va har birida 9 qator yozuv bo’lgan 42 sahifadan tashkil topganligi
uning Parij Milliy kutubxonasida saqlanishini qayd etadi. “O’g’uznoma” xorijiy 
mamlakatlari olimlari tomonidan ham o’rganilgan
1
. Asarda qadimiy turkiylarning 
etnogenezisi, har bir urug’ning shajaralari ko’rsatilgan. Dostonda ko’plab she’riy parchalar 
ham keltirilgan. O’g’izxonning tug’ilishi bilan bog’liq bo’lgan rivoyatlar berilgan, uning 
davlatni boshqarish, el-yurt obodonchiligi, turkiylarning ozodligi, mustaqilligi, farovon 
hayoti uchun olib borgan kurashlari bayon etilgan.
1
“Dede Korkut kitabi”, Ankara, 1958; F.Sumer. Oguzlar. Turkmenlar. Tarixlari – boy teskilati – destanlari
Ankara, 1967; “Книга моего деда Коркута» М., Л., 1925; Х.Короглы. «Родословная туркмен» Абулгази и 
огузский эпос». “Turkologik”, Л., 1976; Ж.Дюмезиль. Скифы и Нарты. М.: Наука, 1979.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə