Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
12
Tangri turk qavmlarining eng oliy xudosi hisoblangan. Hozirda ham «Tangri» iborasi Alloh 
nomiga nisbat sifatida qo’llaniladi”
1
.
Miflar inson badiiy tafakkurining ilk shakli sifatida namoyon bo’ladi, shu orqali o’zini 
anglash jarayoniga ham omil bo’la oladi. Qadimgi grek miflarida turli qahramonlar va 
ma’budlarning hayoti, sarguzashtlari va faoliyati tasvirlanadi. Bunday miflar katta 
turkumlarga birlashadi. Masalan, yunon qo’shiqchilari – aedlar tomonidan afsonalar va 
qo’shiqlar kuylangan. Davrlar o’tishi bilan ular Gomerning «Iliada» va «Odisseya», 
Gesiodning «Teogoniya» hamda «Mehnat va kunlar» va boshqa katta epik dostonlarga 
singib ketgan. Ma’lum bo’lishicha, yunon shoirlari – Esxil, Sofokl, Yevripidlar o’z 
tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi miflarga asoslanib ijod etganlar.
Turon zaminida paydo bo’lgan miflarning yunon miflari bilan uyg’unlik jihatlari yaqqol 
ko’zga tashlanadi.
Afsonalar mazmun-mohiyatida biz inson tafakkuri bilan bog’liq tadrijiy taraqqiyotni 
kuzatamiz. Afsonalar syujetida xudo va ma’budlardan boshqa timsollar ham ishtirok etadi. 
Ular real insonlar – o’z kuch-qudratiga ishongan yengilmas pahlavonlar bo’lib, o’zlaridan 
yuzlab marta katta va bahaybat bo’lgan dev, ajdar va boshqa kuchlar ustidan g’alaba 
qozona oladi. “Elikbek”, “Siyovush”, “Rustam” haqidagi afsonalar shular jumlasidandir.
Dostonlar mazmun mohiyatiga ko’ra mif va afsonalardan jiddiy farq qiladi. 
Qahramonlik dostonlarida hayotiy, real voqea-hodisalar tasvirlanadi. Dostonlar markazida 
mard, dovyurak, vatanparvar, or-nomusli qahramonlar timsoli turadi. Ular xayoliy dev-
ajdarlar bilan emas, bosqinchilarga qarshi kurashadilar. “Gilgamish”, “Alpomish”, 
“Rustamxon”, “Manas” kabi dostonlar shular jumlasidandir. XI asr tilshunos olimi 
M.Qoshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari orqali XI asr va bu asrga nisbatan ham besh-
olti asr qadimiyroq bo’lgan turli xil mavzu va mazmundagi she’r va qo’shiqlar yetib 
kelganki, bular ajdodlarimiz hayot tarzi, tuyg’u-kechinmalari, orzuintilishlarini ifodalovchi 
1
Қ.Усмонов, М.Содиқов, С.Бурхонова.Ўзбекистон тарихи. – Т.,2005.
91-б. 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə