Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Oqimga tushiriladigan kiyimlar soniga qarab oqimlar



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə14/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Oqimga tushiriladigan kiyimlar soniga qarab oqimlar
a) donalab uzatiladigan
b) pachkalab uzatiladigan bo‘ladi.
Donalab tushirish tikilayotgan ishning uzluksiz xarakatda bo‘lishi ta`minlaydi. Pachkali tushirishda esa bu uzluksiz xarakat buziladi, tugallanmagan maxsulot soni ko‘payadi. Lekin pachkalab tushirishda detallar birin ketin tikilaveradi. Bundan tashqari ishchida o‘z vaqtidan unumliroq foydalanish imkoni bo‘ladi, bu esa ishchining shaxsiy kobiliyatidan to‘laroq foydalanishdan va mexnat unumdorligini oshirishga imkon beradi.
Ishlab chiqarish oqimini tuzilishiga karab
a) sektsiyali;
b) sektsiyasiz bo‘ladi.
Sektsiyali ishlab chiqarish oqimlarda texnologik jarayon 2 yoki 3 sektsiyali bo‘ladi.Masalan, detallarni tayyorlash, buyumni yig‘ish va pardozlash. Sektsiyalarga bo‘lish yuqori quvvatli ishlab chiqarish oqimlarida ishlarni boshqarish me`yorlariga asosan olib boriladi. Tayyorlash sektsiyasi aloxida buyum detali yoki buyum qismlari tikib tayyorlanadi. O‘z navbatida tayyorlash sektsiyasida ixtisoslashtirilgan uchastka yoki guruxlar tashkil qilinadi. Masalan englar, yokalarga ishlav berish guruxlari va x.k.
Gurux ayrim jixatlari bilan sektsiyaga o‘xshashdir, faqat bunda qoidaga ko‘ra buyum qimslariga parallel ravishda ishlov beriladi, sektsiyada esa ketma-ketlik usuli qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish oqimlarini ta`minlash darajasiga qarab
a) markazlashtirilgan
b) markazlashtirilmagan ishlab chiqarish oqimlar bo‘ladi.
Markazlashtirilgan usulda buyum detallari tushirish stolidan ish o‘rinlariga to‘la komplektlari bilan beriladi. Bu usulni qo‘llash buyum detallari komplektini butligiga ishonch xosil qiladi va buyum detallarini bir biriga moslab tikish xamda operativ nazorat qilish imkonini beradi. Bu usulda buyum detallari ish o‘rinlariga donalab yoki bog‘lam xolida tushiriladi.
Markazlashtirilmagan usulda buyum detallari tikiladigan ish o‘rniga bevosita tushiriladi va buyumlarga biriktiriladi. Bu usulda buyum detallari ish o‘rinlariga faqat bog‘lam xolida tushiriladi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə