Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə10/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №5 (2 soat)
MAVZU: TIKUV KORXONALARDA OQIMLI ISHLAB CHIQARISHNI
TASHKIL QILISH
Reja:

  1. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish jarayonlari, ularni tuzish asosiy printsiplari va klassifikatsiyasi

  2. Kiyim tayyorlashda ishlab chikarishni tashkil kilish

Yengil sanoatda ishlab chiqarishning xozirgi texnika va texnologiyalarini zamonaviy rivojlanayotgan davrida, texnologik oqimlar kiyim va boshqa tikuvchilik maxsulotlarini tayyorlashni tashkillashtirishning eng takomillashgan shakllaridan biridir.
Ishchilar soniga qarab, ishlab chiqarish jarayonning uch turga bo‘lish mumkin:
oqimsiz (yoki yakka tartibda), bunda ish bajaruvchi bir kishi;
ommaviy (yoki oqimli), ya`ni ishchilar soni bittadan ko‘p;
ish bajaruvchilar soni nolga (0) teng – bu avtomatik ishlab chiqarish.
Oqimli ishlab chiqarish kiyimlarni ommaviy tayyorlanishida keng qo‘llaniladi va kuyidagi asosiy omillar bilan tavsiflanadi, ya`ni:
- birinchidan maxsulot tayyorlash jarayoni, mashinalar va ish vositalari yordamida aloxida ish joylarda bajariladigan texnologik bo‘linmaydigan operatsiyalarni tayyorlash jarayoniga bo‘lingan. Texnologik operatsiyalar maxsulot tayyorlash texnolgiyasining ketma-ketligiga asosan bajariladi.
- ikkinchidan, texnologik operatsiyalar ishchilar orasida vaqti moslangan xolda taqsimlangan;
- uchinchidan, mexnat predmetlari bajaruvchilar ichida beto‘xtov yoki ozgina interval oralig‘ida bir-birlariga o‘tkazib turiladi. Bir bajaruvchidan ikkinchi bajaruvchiga o‘tkazish vaqti operatsiyalarni bajarish vaqti bilan kelishgan bo‘lishi kerak.
Oqimli ishlab chiqarishning xususiyatlari buyumni tayyorlash jarayonida maxsulotlar xarakatlanishining to‘xtovsizligidir, ya`ni maxsulotni ish joylari aro beto‘xtov bir operatsiyadan ikkinchisiga o‘tishi yoki berilgan operatsiyani bajarilishida belgilangan vaqtga to‘xtalish.
Tikuv buyumini tayyorlash jarayonida maxsulot xarakatidagi uzluksizlik vaqtiga jarayondagi operatsiyani bajarish vaqti to‘g‘ri kelishi (tenglashtirilishi) bilan erishiladi. Bunda ularni davom etishi vaqti ayrim operatsiyalar va maxsulotlarni tayyorlashdagi vaqtga teng bo‘ladi. Natijada barcha operatsiyalardagi ishlar bir ma`romda ketadi, bu ishlab chiqarishning oqimli usulini o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Ishlab chiqarish oqimini tashkil qilish shakllari asosan to‘rt belgi bilan farqlanadi:
1.Bir ma`romda ishlash darajasi bo‘yicha.
2. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishga tushirish bo‘yicha.
3. Maxsulotni tashish usuli bo‘yicha.
4. Tashkiliy operatsiyani vaqtini moslash bo‘yicha.
Ishlab chiqarishni oqimli usulida ishning bir ma`romda ketishi, texnologik jarayondagi barcha operatsiyalarni kaytarilishi bir tekisda ketishi bilan ifodalanadi (bajariladigan operatsiyaning o‘rtacha xakikiy vaqti). Ishni tashkil qilish shakliga ko‘ra ishlab chiqarish oqimlari qat`iy, erkin va kombinatsiyalashgan turlariga bo‘linadi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə