Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Ish joylarini joylashishiga ko‘ra



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə15/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Ish joylarini joylashishiga ko‘ra to‘g‘ri chizikli oqimlarda yarim fabrikatlarni bir chizikli, ko‘p chizikli, bir qatorli va ko‘p katorli traektoriyada joylashtirish mumkin. (10-rasm).







a-bir chiziqli bir qatorli; b- ikki chiziqli ikki qatorli; v-uch chiziqli uch qatorli



a-bir chiziqli ikki qatorli; b-uch chiziqli to‘rt katorli



a- ikki chiziqli ikki qatorli ikki guruxli; b-bir chizikli bir qatorli ikki guruxli

10-rasm. Oqimlar sxemasi
Yuqorida qayd etilganlarini xisobga olib tikuvchilik ishlab chiqarish oqimlarini kuyidagicha klassifikatsiyalashtirish mumkin ( 11- rasm).
Nazorat va muxokama savollari.

  1. Moslanuvchan ishlab chiqarish oqimlarining tavsifi.

  2. Kiyim tayyorlashda ishlab chiqarishni tashkil qilish.



MA`RUZA № 6 (2 soat)
MAVZU: Tikuv korxonalarida oqim turlarining tasnifi.
Reja:
1. Yarimfabrikatlarni joylashtirishdagi to‘g‘ri chiziq traektoriyali oqimlar
2. Aylanma traektoriyali oqimlar


Yarimfabrikatlarni joylashtirishdagi to‘g‘ri chiziq traektoriyali oqimlar
Tikuv buyumlari texnologik jarayonida konveyerli yoki konveyersiz , xamda agregat-guruxli va kam seriyali oqimlar qo‘llaniladi. Konveyerli oqimlarda tikilayotgan buyum bir ish o‘rnidan ikkinchisiga mexanikaviy transportyorlar yordamida, texnologik jarayonning kat`iy ishlash ma`romiga moslab o‘tkazib turiladi. Konveyerli oqimlar ishini ta`minlab turadigan transportyor qurilmalarini konveyer qurilmalari yoki konveyerlar deb yuritish mumkin. Konveyerlar (transportyor qurilmalari) tasmali, zanjirli, osma va adresli bo‘ladi.
Qayd etilgan oqimlar turida ko‘p uchraydigan transport vositalari bilan tanishib chiqamiz.
Tasmali transportqurilmasi. Bularga tasmali transportyorlar, KZ va KM transportyorlari kiradi.
Tasmali transporterlar, sanoatda tasmali konveyerlar deyiladi. Ular ishchilarga mexnat predmetlarini ma`lum bir ish ma`romini ta`minlab beradi. Ular metall asosdan, elektrdvigatelli stantsiyadan, tortuvchi stantsiya, tayanch gildiraklardan va vertikal yo‘nalgan boshi berk tasmali transportyordan iborat (12 - rasm, a). Konveyerning tashish qurilmasi yuk ko‘taradigan va yuk tortadigan qisimlardan iborat. Uning eni yuklanayotgan maxsulotning katta-kichikligiga bog‘liq (300 dan 1600 mm gacha). Transportyor tasmadagi maxsulot joylanadigan uyachalar yogochli tusiklardan iborat bo‘lib, ular mexnat qurollar joylashgan joylarni to‘sib turadi. To‘siqlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tasmaga maxkamlanadi va maxsulot turiga qarab 0,4-0,7 metrni tashkil qiladi (12-rasm, b).

12 - rasm. Tasmali konveyerning xarakatlanuvchi stantsiya (a), tashish qurilmasi (b).
Sektsiyali oqimda (tasmalidan tashkari) KZ va KMtransportyorlar ishlatiladi (13 - rasm, a). KZ tranportyori ikki zanjirli, vertikal berk, asosan tayyorlov sektsiyasidagi yarimfabrikatlarni tashish uchun xizmat qiladi. Ushbu transportyorning ishchi qismi yirik detallar (old bo‘lak, ort bo‘lak, eng) osiladigan kronshteyndan va mayda detallarni solinadigan kajavalardan iborat.



13- rasm. a – KZ konveyeri, b- KM konveyeri
Palto tayyorlashda ish o‘rinlarining qadami 304mm, kostyumlar uchun 228mm olinadi. Transporterlarning o‘rtacha tezligi Vo‘r -0,112m\min. Elektrdvigatel quvvati - 0,27 kvt. Transportr kengligi 400mm.
KM transporteri (19- rasm,b) bir zanjirli vertikal berk, yiguv sektsiyasiga mo‘ljallangan. Ushbu transportyorlarning ishchi qismi detallarini yuklaydigan kajavadan iborat. Palto tayyorlashda kajavaning qadami L-204 mm, kostyum uchun – 228 mm, shimlar uchun – 152 mm olinadi.
Elektodvigatel quvvati - 0,27 kvt, transportyor kengligi – 120 mm.
K3va KM transportyorlari ish organlari qadamining kamayishi xisobiga operatsiyalararo buyum zaxirasi ko‘paytiriladi va uzluksiz ishni tashkil qilish uchun sharoit yaratib beriladi.
Xorijda yuqorida keltirilganlarga o‘xshash transportyorlardan tashqari plastinkali transportyorlar xam qo‘llaniladi. Bunda xarakatlanuvchi ariqchalarga o‘rnatilgan va operatsiyalar bajarilayotganda echiladigan elim quticha asosiy yuk tashuvchi element xisoblanadi. Qutichaga bir buyum detalining bitta komplektini, shunigdek buyum bog‘lamini (3-5ta) joylash mumkin. Bu ayniqsa sintetik gazlamalardan tayyorlanadigan ayollar engil kuylaklari, ichki kiyimlarini tashishga qulay.
Transportyorlarning xarakatlanish xususyaitiga qarab konveyerlar uzluksiz ishlaydigan yoki vaqti-vaqti bilan ishlaydigan bo‘ladi.
Vaqti-vaqti bilan ishlash rejimida transportyor tasmasi (yoki zanjiri) uya qadami kattaligida xarakatlanadi. (xarakat vaqti – const), keyin ma`lum vaqt oraligida xarakatsiz bo‘lib turadi.
Osma transportyor kurilmalar. Bularga osma zanjirli va burama transportyorlar kiradi. (14 -rasm a,b). Osma zanjirli transportyor-yuritgich bilan ishlaydigan tortuvchi zanjirlar yordamida xarakatlanadigan transportyordir. Bu konveyerlarda zanjir yuk ko‘taradigan va yuk tortadigan vazifasini o‘taydi. Uning uzunasi bo‘ylab, bir xil oraliqda ilgaklari bo‘lib, ularga tikiladigan buyumlar osiladi. Ilgaklarning shakli buyum turiga qarab xar xil bo‘lishi mumkin. Ular orasidagi masofa esa tasmali transportyordagi ish zonalari qadamiga teng bo‘ladi. Bu konveyer 6 m/min o‘zgarmas tezlik bilan xarakatlanadi.

14- rasm. a- osma, b- burama transportyorlar.
Osma zanjirli transportyorlarni ish joylariga xar qanday yo‘nalishda (bo‘ylamasiga yoki ko‘ndalangiga) olib kirish mumkin, qayt etilgan transportyorlarni erdan 1,8 metr balandlikda gorizantal yoki vertikal tekislikda joylashtirish mumkin. Osma zanjirli transportyorlarda yarimfabrikatlarni to‘g‘ri chiziqli traektoriya bo‘ylab xarakati cheklanmagan. Shuni aytib o‘tish kerakki, ularni buyumlar xarakati aylanma traektoriyasini yaratish uchun qo‘llash mumkin, lekin bunda agregat uzunligi 30-35 m dan oshmasligi kerak, chunki operatsiyani bajarishda buyum ishchiga vaktida etib kelishi kerak. Yarimfabrikatni xarakat tezligi ikkala variantda xam 8-10m\min dan oshmasligi kerak. Elektrodvigatel quvvati 0,27 kvt, transportyorlarni minimal kengligi 0,5-0,6m.
Burama osma transportyorlar pardozlash sektsiyalarida ishlatiladi. Bunday konveyerlarda yarimfabrikatlar odatdagi kiyim ilgichlarda tashiladi. Uning burama valiklari diametri 30 mm po‘lat trubalardan yasaladi. Trubalarning tashqi tomoniga diametri 5 mm sim o‘raladi. O‘ralish qadami 26 mm. Ikki chiziqli burama konveyerda xarakatlanuvchi stantsiya valiklari ularni bir-biriga ulaydigan zanjir yordamida aylantirib turiladi. Yarimfabrikatlarning to‘g‘ri chiziqli traektoriyani yaratish uchun na faqat yuritgichli transport qurilmalari, balki statsionar qurilmalar xam mavjud (qo‘l yordamida xarakatlanuvchi). Bularga xar xil turdagi aravachalar, oraliq stollar, nishab stollar va x.k. lar kiradi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə