Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Aylanma traektoriyali oqimlar



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə16/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Aylanma traektoriyali oqimlar
Ushbu oqimlar kichik seriyali buyumlarni, xar xil ishlov berish ketma-ketligiga ega bo‘lgan turli xildagi modellarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Yarimfabrikatlarning aylanma traektoriya bo‘ylab xarakati xisobiga bir buyumni ishchiga bir necha bor qaytib kelishi mumkinligi sababli ish o‘rinlari bunday xolda texnologik jarayonga kat`iy amal qilmagan xolda joylashishi mumkin, oqim operatsiyalari esa xar xil detallar texnologik operatsiyalaridan tashkil topadi, biroq ular ixtisosligi, razryadi va jixozlari bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Bu bilan uskunalardan va ishchilarning yakka ishlab chikarishidan yuqori darajada unumli foydalaniladi.
Ba`zi bir ish o‘rinlarida ish to‘xtab qolganida bu ish o‘rinlaridagi operatsiyalarni ish bilan band bo‘lmagan boshqa ish o‘rinlariga utkazish mumkin.
Ishlab chiqarish oqimida qo‘llaniladigan transport vositalari orasida TMS-1, TMS-2, KPDO-1, xar xil modifikatsiyadagi zanjirli osma transportyorlarni va shunga o‘xshash xorijiy vositalarni keltirish mumkin.
TMS-1 turkumidagi transportyorlar (Shvetsiyaning «Varion» transportyorlarining o‘xshashi) o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishda xarakatlanuvchi, ikkita vertikal berk transportyor tasmali qurilmadir. Transportyor tasmalarning yuqorigi yuk ko‘taruvchi shoxchalari burish disklarga biriktirilgan bo‘lib, qutichani beto‘xtov ish o‘rniga etkazib turadi. Burish diskining aylanish tezligi, transportyor tasmalarning chiziqli xarakat tezligiga moslashgan.(15-rasm). Transportyorning tasmasi 2 ta bo‘lib, ularning ostki shaxobchasi salt yuradi. Yarimfabrikat oqimga tushirish joyida qutichalarga joylanib, transportyor tasmasiga ko‘yiladi. Bu qutichalar transportyor tasmasining oxiriga etganda burish diski ularni qarama-qarshi tomonga xarakatlanayotgan 2-tasmaga o‘tkazib ko‘yadi. 2-tasmaning oxirida xam burish diski qutichalarni 2-tasmadan birinchi tasmaga utkazib kuyadi.

15 -rasm. TMS-1 transportyori
TMS-1 o‘rnatilgan oqimlarda 18-50 ta ish o‘rni bo‘lib, agregat uzunligi 25-30 m ni tashkil etadi. Tasma kengligi 260-280 mm, tasmaning xarakat tezligi 6-8 m/min.
TMS-2 transportyorlarining (16-rasm) TMS-1 transportyorlaridan farki shundaki, unda fakat bitta vertikal – berk tasma bo‘lib, uning ikkala shaxobchasi xam salt yurmaydi. Yukari shoxobcha bo‘ylab qutichalar ish o‘rinlariga uzatiladi, pastkisidan qaytadi. Qutichalarni yuqoridagi shoxobchadan pastkisiga gildirakli tushirgich, transportyorning pastkisidan yuqorisiga esa spiralli ariqcha bo‘ylab itargich yordamida uzatiladi. Ushbu transportyorni tezligi, tasmalar parametrlari va agregatlarning uzungili TMS-1 transportyoriga o‘xshash.



16 -rasm. TMS-2 transportyori
TMS-1, TMS-2, trasportyorlarda maxsulotni tashuvchi qismi qutichadir. Qutichalarga detallarni o‘lchamlariga va oqimga tushiriladigan maxsulotga qarab bittadan bir nechtagacha buyum solinadi. Oqimga tushirilayotgan detallar solingan qutichalar ma`lum manzilga jo‘natiladi. Buning uchun xar bir qutichani yon tomoniga 55\90 mm o‘lchamli maxsus cho‘ntakka oqimdagi operatsiya raqami yozilgan kartochkalar qo‘yiladi. Kartochkalar shunday taxlanadiki, bunda qutichalarning oqimdagi xarakati operatsiyalar bo‘yicha buyumlarni tayyorlash ketma-ketligiga mos kelishi kerak.
Ishchilar transportyorda o‘zlariga ajratilgan ish joylari zonasida yuborilgan qutichalarni oladilar va ularni qiya yuzaga ko‘yadilar. Operatsiyalar bajarilgandan keyin buyum detallari qutichaga qaytarib solinadi, operatsiyaning raqami yozilgan kartochka olinadi va shundan so‘ng keyingi bajariladigan operatsiyani raqami ochiladi, so‘ngra qutichani transportyorga qaytarib qo‘yiladi.
Ko‘pgina xorijiy firmalar kartochkalar o‘rniga ish o‘rniga avtomatik ravishda qutichalarni itarib beruvchi moslamalardan foydalanadi. Buning uchun ishchining oldidagi qiya yuza yonida maxsus tugmacha o‘rnatiladi, agar unda quticha bor bo‘lsa, ishchida ish borligi xaqida tizimga signal beradi. Agar tugmacha bosilmagan bo‘lsa, quticha keyingi ishchiga o‘tkaziladi, ya`ni yo‘naltirilgan quticha shu ishchi oldiga kelganda qiya yuzaga itariladi. Bu ishchini qutichani nazarot qilishdan xalos etadi.
Keltirib utilgan transportyorlar dispetcher operatsiya-operatsiya (DOO) tartibda ishlaydilar. Biroq ish vaqtidan, yuqori unumli asbob-uskunalardan va ishchilarning shaxsiy ish unumdorligidan to‘liq foydalanish uchun DOD, ya`ni dispetcher-operator dispetcher rejimi kullaniladi. Bu rejimda KPDO-1 transporterlari va ularga uxshash bo‘lgan xorijiy transportyorlar ishlatiladi.
KPDO-1 transportyorlari yogoch yoki metall qutichalardan iborat bo‘lib, uning ichida arqon tros yordamida 6m\min tezlikda xarakatlanuvchi mexnat predmetlari joylashtirilgan kuticha xarakatlanadi. Kutichani kengligi 0,4 m uzunligi 0,8 m (17-rasm). Ish uzatuvchining ish o‘rni oldida boshqaruv pulti (kompyuterlarni oxirgi modeli), ya`ni signalizatsiya o‘rnatilgan va ish o‘rnilarining raqami ko‘rsatilgan tugmacha o‘rnatigan taxtacha bo‘lib, uning yordamida qutichani ish o‘rniga yuboriladi va boshqaruv pultiga qaytariladi. Shuningdek ish o‘rinlarida ishlov berish uchun kerakli detallarni yuborish yoki qutichani chaqirib olish va ish uzatuvchiga ishlov berilgan detallarni yuborish uchun siginalizatsiya mavjud.

17 -rasm.KPDO -1 transportyori
Ish kuyidagicha tashkillashtiriladi: ish uzatuvchining grafigiga muvofik kutichaga detallar boglami solinadi va shu detallarga ishlov beradigan ish urniga tegishli rakam bosiladi. Kuticha kerakl ish urniga kelib tuxtaydi.
Ishchi bog‘lamni oladi va tugmani bosib kutichani ish uzatuvchiga kayta junatadi, u kutichaga boshka detallar boglamini solib ularni boshka ish urniga junatadi. Detallarga ishlov berish tugagach oxirgi operatsiyani bajaruvchi ishchi kutichani chakiradi va unga ishlov berilgan detallarni joylaydi, sungra ish uzatuvchiga junatadi.
KPDO-1 transporteri DOD tartibini bajarishda eng oddiy moslama xisoblanadi. 18-rasmda «Djuki» firmasining yanada murakkabrok transoprter kursatilgan.
Nazorat va muxokama savollari.

  1. Tikuv korxonalirining oqim turlari va ularning tavsifi.

  2. Texnologik jarayon goafini tuzish.

  3. Moslanuvchan ishlab chiqarish oqimlarining tavsifi.

  4. Kiyim tayyorlashda ishlab chiqarishni tashkil qilish.

  5. Kichik seriyali oqimlar va ularning tavsifi.




Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə