7-MAVZU: DETALLARNI PAYVANDLASH VA ERITIB QOPLASH
USULLARINI O‘RGANISH. DETALLARNI KAVSHARLASH.
Reja:
1.
Qo‘lda payvandlash va eritib qoplash.
2.
Mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash va eritib qoplash.
3.
Detallarni kavsharlash.
Mavzuning
maqsadi:
talabalarga
detallarni
payvandlash
va
mexanizatsiyalashgan usullarda
eritib qoplash, kavsharlish to‘g‘risida bilim berish.
Payvandlash
deb, mahalliy qizdirish plastik deformatsiyalash yoki har
ikkala
usuldan foydalangan holda, qattiq metallardan bir–biriga ajralmas tarzda
ulash texnologik jarayoniga aytiladi. Quyida cho‘yandan
yasalgan detallardagi
darzli joyni payvanlash texnologiyasi taqdim etilgan (1-rasm).
1-rasm. Yupqa a) va qalin b) detallarni payvandlashdagi payvandlash choklarini
yotqizish ketma –ketligi: A) I, II, III va IV –payvandlash bo‘limlari, 1-10 (planda) –payvandlash
choklarini
yotqizish ketma-ketligi; 1,3,4,: va 7 –tayyorlash valiklari; 2, 5 va 6 –quydirguvchi
valiklar (qirqimlarda), B)
a-darzli joyga ishlov berish; b-tayyorlash va kuydirguvchi valiklarni
yotqizish ketma –ketligi; v-bog‘lash valiklarini yotqizish ketma –ketligi.
Eritib qoplash
bu payvandlash jarayonining bir turi bo‘lib, chegaraviy
yeyilgan detal sirtiga metall qatlamini berishdir.
Mavzuni yoritish chog‘ida payvandlash va eritib
qoplash jarayonlarini
amalga oshiruvchi mavjud texnik vositalar va ko‘rgazmali qurollardan
foydalanilgan holda keng yoritiladi. Ularni yoritishda qo‘lda
payvandlash, yarim
avtomatlardan foydalanish qurilmalarining o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari,
payvandlash usullari, turlari turkumi keng tahlil qilinadi.
Yarim avtomatlarning asosiy kamchiliklardan biri
yeyilgan detallar sirtida
bir xil qalinlikdagi metall qoplamalarini ola olmaslik hisoblanadi.
Ixtisoslashgan ta’mirlash–texnik servis korxonalarida yeyilgan detallarni
tiklashda quyida bayon etilgan zamonaviy metall eritib
qoplash usullaridan keng
foydalaniladi (2-rasm).