Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Ma`romga qattiq rioya qiladigan



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə11/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Ma`romga qattiq rioya qiladigan ishlab chiqarish oqimlarida detal va yarimfabrikatlar belgilangan miqdorda ( donalab) ma`lum vaqt oralig‘ida bir bajaruvchidan ikkinchi bajaruvchiga uzatib turiladi. Utkazilishida cheklangan oraliq vaqtga rioya qilish shart. Mexnat predmetlarni uzatishda mexanik trasportyorlardan foydalaniladi.
Erkin ma`romda ishlaydigan ishlab chiqarish oqimlarida mexnat predmetlari ishchi o‘rniga bog‘lam xolda uzatiladi. Detal va yarimfabrikatlar bir bajaruvchidan ikkinchi bajaruvchiga bir necha to‘xtalish bilan, ammo ma`lum bir vaqt oralig‘ida o‘tadi, bunda bajaruvchining ish joyida yarim fabrikatni zaxira kilib olish xisobiga ishlab chiqarish oqimida to‘xtalish bo‘lmasligi va uni bir ma`romda ketishi saqlanadi. Bunday ishlab chiqarish oqimida ish vaqti tejaladi, ya`ni yordamchi ishlarga vaqt isrof bo‘lmaydi, xar bir ishchini mexnat unumdorligini oshirish imkoniyati yaratiladi, jixozlardan to‘liq foydalaniladi. Erkin ma`romda ishlaydigan ishlab chiqarish oqimlarida mexnat predmetlarini uzatish uchun xarakarlanmaydigan uzatish vositalari va mexanik transportyorlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga yangi modelni tushirishda xamma ish o‘rinlarida ishni qayta tashkil qilish talab etilmaydi.
Kombinatsiyalashgan ma`romdagiishlab chiqarish oqimlar, ma`romga qattiq rioya qiladigan va erkin ma`romda ishlaydigan oqimlarni o‘z ichiga oladi. Bunda buyumlarni tayyorlashning ayrim bosqichlarida tashkillashtirishning xar xil shaklda bo‘lishi, ya`ni buyum tikishning texnologik jarayoni sektsiyalarga bo‘linadi va qa`tiy xamda erkin ma`romda ishlaydigan ishlab chiqarish oqimlari birgalikda qo‘llaniladi. Mexanik transporterlar buyum tikishda ishning aniq bir ma`romda ishlashini ta`minlaydi.
Mexnat predmetlari ishlab chiqarish oqimida ish joydan keyingi ish joyga qo‘lda uzatilayotganida, ish bir ma`romda ketishi uchun ishchilar maxsulot yoki detallar aro operatsiyalar me`yorini oshirib yubormasliklari zarur. Shu me`yorlarga muvofiq operatsiyalar aro maxsulot zaxirasi kuyidagicha bo‘lishi kerak: ustki kiyimlar uchun – 3-5, ayollarning engil kuylaklari uchun – 5-10 dona. Bularni konveyrsiz ishlaydigan ishlab chiqarish oqimlari deyiladi.
Ishlab chiqarish oqimida ish o‘rinlarining joylanishiga qarab, turli transport vositalarini qo‘llash natijasida yarimfabrikatlarning xarakat traektoriyasi o‘zgaradi. Bu boshqaruvchining ish vaqti bilan yarimfabrikatlarni joylashtirish vaktini aniqlab beradi. Shuning uchun yarimfabrikatlarning to‘g‘ri chiziqli xarakat traektoriyasiga, egri chiziqli ochiq xarakat (boshi berk bo‘lmagan) traektoriyaga va aylanma traektoriyaga bo‘linadi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə