Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə17/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA № 6.1 (2 soat)
MAVZU:
Ochiq egri chizig`li trayektoriyali oqimlar

Reja:
1. Yarimfabrikatlarni joylashtirishdagi to‘g‘ri chiziq traektoriyali oqimlar


2. Aylanma traektoriyali oqimlar
3.Ochik egri chiziqli traektoriyali okimlar.

Ushbu turdagi oqimlar yarimfabrikat harakat trayektoriyassining murakkabligi bilan o’ziga xos hususiyatga ega bo’lib, ularni yuritma bilan harakatlanadigan transport vositasi faqat zanjirli osma moslamalar, har xil turdagi koordinatli manipulyatorlar, yuritmasiz ishlaydigan - oralig`i stollari, aravacha, nishab stollar va boshqa shunga o’xshash qurilmalar bilan ta'minlangan bo’lishi mumkin.


Iqtisodiy va texnologik jihatdan maqsadga muvofiqligiga ko’ra oqim bo’limlari texnologik va detallar bo’yicha ixtisoslashtirilish tamoyilida ko’riladi. Texnologik jihatdan ular va ularning kombinatsiyalashgani tayyorlov, yig’ish va pardozlash seksiyalarida (quvvatiga bog’liq ravishda) qo`llaniladi. Har bir seksiya detallarni tayyorlashning ixtisoslashtirish belgilari bo’yicha guruhlarga bo’linishi mumkin.
Yuqorida keltirib o’tilgan talablar tashkiliy jihatdan asoslanib berilgan seksiya va guruhdagi ishlarni moslashtirish, uning barcha elementlarida ishlab chiqarish jarayonini to’xtovsiz bajarishni tuzishni taqozo etadi. Shu sababli sanoatda ular moslangan oqimlar yoki agregat guruhli oqimlar, guruhli yoki oddiy qilib agregatli oqimlar deb nomlanadilar.
Guruhli agregat ishlab chiqarish oqimlari bir qancha afzalliklarga ega:
- tashkiliy operatsiyalar juda tor ixtisoslanishi mumkin bo’ladi;
- buyumlar bog’lam holda tushirilishi va «zanjirsimon», ya'ni ipni uzmay tikish mumkinligi natijasida mehnat unumi 4% dan 15% gacha ortadi;
- ilg’or unumli uskunalardan maksimal darajada foydalaniladi;
- ishchilar shahsiy ish qobiliyatlaridan to’laroq foydalaniladi;
- ixtisoslashgan guruhlarda bitta buyum detallari va buyum qismlarini parallel tikish mumkin bo’lishi natijasida tikish sikli qisharadi;
- biror guruhda ishchilar tarkibi to’la bo’lmasa ham ishdagi marom buzilmaydi, chunki guruh ichida ishni qayta taqsimlash mumkin bo’ladi.
Guruhli agregat ishlab chiqarish oqimining o’ziga xos kamchiliklari ham mavjud:
- bitmagan ish hajmi ko’payadi;
- bitta ishchiga to’g’ri keladigan sathi ko’payadi;
- sexda uskunalarni joylashtirish va buyumlarni tashish, suv-bug’ yo’llarining, elektr simlarining ish o’rinlariga yetkazib keltirilishi murakkablashadi.





Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə