Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Buyum modelini va gazlamani tanlash va asoslash



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə22/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Buyum modelini va gazlamani tanlash va asoslash
Bu ishning eng ma`sul bosqichi bo‘lib, keng assortimengda maxsulot tayyorlab berish, oqimni bir ma`romda ishlashi va maxsulotning samaradorligi bilan bog‘liqdir. Tanlangan buyum modellari ikki guruxga bo‘linuvchi talablarga javob berishi kerak:
1) kiyimning sifati va axoli talabi xususiyatlarini shakllanishini ta`minlovchi iste`molchi talablar;
2) kam mexnat va kam material sarflab yukori sifatli kiyim tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlab chikarish talablari.
Kiyimning talab xususiyatlari kuyidagilar bilananiklanadi.
a) gigienik
b) ekspluatatsion
v) estetik.
Bitta ishlab chiqarish oqimida tikishga mo‘ljallangan modellar belgilangan assortiment talabiga javob berishi kerak. Model konstruktsiyasi moddiy jixatdan va mexnatni sarflanishi tomonidan tejamli va qulay konstruktsiyali bo‘lishi talab qilinadi. Modellar maxsulot sifatini darajasini ta`minlab beruvchi, o‘rtachadan yuqori murakkab ishlov beradigan ko‘rsatkichlarga javob berishi kerak
Ishlab chiqarish oqimida yuqori unumdorli mashinalarni qo‘llash tavsiya etiladi, bu esa ishlab chiqarish oqimini quvvatini oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida ishlab chiqariladigan modellar sonini ko‘paytirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish oqimiga yangi modellarni tushirish vaqtida ish unumdorligi bir necha pasayadi. Buni oldini olish maqsadida bitta ishlab chiqarish oqimida tikiladigan modellarni tanlashda ularni konstruktiv va texnologik jixatdan o‘xshashligi etiborga olinadi. Ko‘p fasonli oqimlarda tikuv buyumlar ikkita-uchta modeldan iborat guruxlarga bo‘linib tikishga tushiriladi. Modellarni tanlashda xar bir guruxning murakkabligi va mexnat sarflashi xar xil bo‘lgan modellardan oborat qilib komplektlanadi, lekin bu guruxlarning xar qaysisiga sarflanadigan vaqt bir biridan +10% dan ortik farq qilmasligi kerak. Bir vaqtning o‘zida bitta ishlab chiqarish oqimida tikishga mo‘ljallangan modellarning tikish usullari o‘xshash, ishlatiladigan mashina va moslamalar bir turli ekanligiga asoslanib tanlanadi. Bitta oqimda tikiladigan modellar konstruktiv va texnologik jixatdan o‘xshash bo‘lishi kerak deyiladi, ammo konstruktiv jixatdan o‘xshash bo‘lgan modellar texnologik jixatdat o‘xshash bo‘lmasligi mumkin, ya`ni modellarni konstruktiv va texnologik jixatlari bir biri bilan bog‘liq emas. Tikuv ishlab chiqarish oqimlar uchun modellarni tanlashda asosiy mezon qilib texnologik o‘xshashlik olinadi. Buning uchun modellarni o‘xshashlik koeffitsienti xisoblanadi.
bu erda
Nt.ux.- buyum tikish texnologik tartibi bir xil bo‘linmas operatsiyalarini soni.
Nt.ux.- bo‘linmas operatsiyalarni umumiy soni.
O‘xshashlik koeffitsientini natijalari bo‘yicha modellarni o‘xshashlik koeffitsientining matritsasi tuziladi. Matritsa asosida modellar ishlab chiqarish oqimiga eng kam o‘zgarish kiritish bilan tushiriladi. Modellarni ishlab chiqarish oqimiga maqbul varianti ketma ketligida tushirish natijasida yangi modellarni o‘zlashtirish muddati qisqaradi, assortimentni kengaytirish imkoniyati oshadi.
Tanlangan modellar aniq bo‘lgandan keyin ularga moslab gazlamalar xam moda yo‘nalishiga moslab tanlanadi. Avra, astar va qo‘shimcha materiallarni xususiyati va tashqi qo‘rinishi ulardan tikilidigan modellarga va bir biriga mos kelishi kerak. Bunda gazlamalarni nafaqat fizika-mexanikaviy xususiyatlari, balki ularning rangi va ishlov berish tartibi bir xil bo‘lishi kerak. Chunki shundagina tikish mashinalaridagi ipni kamroq o‘zgartiriladi va namlab-isitib ishlov berish tartibi xam bir xil bo‘ladi. Gazlamalarni tanlashda ularni bichish jarayoni xam xisobga olinadi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə