Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Smenadachiqariladigan buyumlar



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə12/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Smenadachiqariladigan buyumlar va ishlab chiqarish oqimidagi ish o‘rinlarining soniga qarab, ular uch guruxga bo‘linadi: kichik, o‘rta va katta quvvatli.
Kichik quvvatli ishlab chiqarish oqimlarida buyumni tayyorlash bo‘yicha mexnat taksimoti kam ishchilar orasida bo‘linadi, bitta ishchiga ko‘p bo‘linmas operatsiyalar biriktiriladi, ishchining ixtisoslashtirish darajasi past bo‘ladi, chunki bitta ishchiga turli ixtisosli operatsiyalar yuklatiladi, maxsus mashinalar, presslardan konikarli foydalanilmaydi. Tashkiliy operatsiyalarni tuzish qoidalari buziladi, natijada ish unumdorligini pasayadi, ishlab chiqarish oqimini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish sharoiti bo‘lmaydi, bu esa ishlab chiqarish oqimini texnik-iktisodiy kursatkichlarini yomonlashishiga olib keladi.
O‘rta quvvatli ishlab chiqarish oqimlarida ish o‘rinlarini nisbatan yuqori darajada ixtisoslanishiga sharoit yaratiladi va nisbatan yuqori mexnat unumdorligiga ega bo‘ladi, maxsus mashinalardan foydalanishga imkon beradi va vaqt jixatdan tashkiliy operatsiyalarni bajarilishi moslashtiradi.
Yuqori quvvatliishlab chiqarish oqimlarida zamonaviy tashkiliy tuzulmalarni qo‘llash, yangi texnologiya asosida apparatlarni qo‘llab detal va uzellarni tayyorlash, kichik mexanizatsiya vositalari, maxsus mashina, avtomat va yarimavtomat mashinalaridan keng foydalanish imkoni bo‘ladi va ish vaqtidan unumli foydalaniladi. Bunday ishlab chiqarish oqimlarini qo‘llashda boshqarish bo‘yicha xarajatlar kamayadi. Maxculot sifati yaxshilanadi, ish bajaruvchidarning ish joylarini yanada ixtisoslashtiriladi. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lib, kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun keng imkoniyat yaratiladi.

Smenaning izchilligiga qura:
a) ish olib qo‘yiladigan ;
b) ish olib qo‘yilmaydigan ishlab chiqarish oqimlari bo‘linadi.
Ish olib qo‘yiladigan ishlab chiqarish oqimlarda xar bir smena ishchilari ma`lum maxsulotturlari yoki buyum fasonini tikishga ixtisomlashadilar. Ishchilar smena tugagach o‘zlari tikayotgan yoki tikib ulgurmagan buyumlarni yig‘ishtirib saqlash joylariga olib qo‘yyadilar va ertasiga tikishni davom ettiradilar. Ish olib qo‘iladigan ishlab chiqarish oqimlarida bir biridan keskin farqlanuvchi fasonlarni va buyumlarni tikish mumkin. Bunda ishlab chiqarilgan maxsulotlar sonini xisoblan bir muncha osonlashadi va sifatsiz maxsulot chiqargan aybdor ishchini topish engillashadi. Ish olib qo‘yiladigan modellar yoki maxsulot turlari uzluksizlik davomida sonini ikki barobar kupaytirishga imkon beradi. Birok ular, bunday xolatda tugallanmagan ishlab chiqishni ikki barobariga ko‘paytiradi. Bundan tashkari, ishchilar smena boshida va oxirida maxsulotni ajratishga, yig‘ishga, taxlashga va maxsulotlarni yashiklar, shkaflar, qutilarga karobkalarga joylashtirishda ortiqcha ish bermaydigan vaqtni (15%) yo‘qatadilar, bunda ishlab chiqarish joylari to‘siladi, detallar gijimlanadi va ularni tashqi ko‘rinishini yomonlashtiradi. Ishni olib qo‘ymaydigan ishlab chiqarish oqimlarda bir smenada tikib tugallanmagan
buyumlarni ikkinchi smena ishchilari davom ettiradilar. Bunda tayyorlov-yakunlovchi ishlarga ketadigan vaqt tejaladi, tuganllanmagan ishlab chiqarish xajmi va ishlab chiqarish tsikli qisqaradi, tsex maydonidan ratsional foydalaniladi, mexnat unumdorligi ortadi, buyum sifati yaxshilanadi. Shuning uchun ilg‘or korxonalar faqat ish olib ko‘yilmaydigan ishlab chiqarish oqimlarini qo‘llashga xarakat qiladilar.

11- rаsm. Kiyim tayyorlashda ishlab chiqarishni tashkil qilish.




Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə