Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Ishlab chiqarish oqimida bir vaqtda tikiladigan buyum



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə13/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Ishlab chiqarish oqimida bir vaqtda tikiladigan buyum yoki fasonlar soniga qarab:
a) bir fasonli;
b) ko‘p fasonli;
v) ko‘p assortimentli ishlab chiqarish oqimlariga bo‘linadi.
Bir fasonli ishlab chiqarish oqimida bir turdagi bir fasonli buyum tikiladi. Ko‘p fasonli ishlab chiqarish oqimida bir turdagi va xar xil fasondagi buyumlar tikilidi. Ko‘p assortimentli ishlab chiqarish oqimida xar xil turdagi xav xil fasondagi buyumlar tikiladi.
Buyumni ishlab chiqarish oqimiga tushirish usuliga qarab:
a) ketma-ket;
b) tsiklli;
v) aralash bo‘ladi.
Ketma-ket tushirish deganda buyumlarni ketma-ket qilib tushishi tushiniladi, ya`ni avval bir modeldagi buyumlar pachka xolida ishlab chiqarish oqimiga uzatiladi va tikib tugatilishi bilan ikkinchi modeldagi buyumlar xam pachka xolida uzatiladi. Smena dovomida ishlab chiqarish kerak bo‘lgan xamma buyumlar birin ketin tushiriladi. Shunday qilib ishlab chiqarish oqimi bir fasonli tarzda ishlaydi.
Model yoki buyum turini ishlab chiqarishga ketma-ket usulda uzatishda ish orasidaga vaqt nispatan katta intervalda davom etadi (bir necha soat yoki kun), biroq bunga qaramay o‘rnatilgan vaqt oralig‘ida ishlab chiqarishga qabul qilingan buyum turlari chiqarilishi kerak. Masalan, ishlab chiqarish oqimida uchta model tayyorlanadi – A,B,S, ularni tayyorlash jarayoni kuyidagicha buladi.
Model A - 1,5 soat (kun)
Model B - 3,5 soat (kun)
Model V -3,0 soat (kun)
8,0 soat (kun).
Bunda model chiqarishni o‘zaro nispati MA: MB:MV=1,5:3,5:3,0 tashkil etadi, ya`ni bular butun yoki kasr sonlar bo‘lishi mumkin.
TSiklli tushirish deganda tsikldagi bir necha fasondagi buyumlar bir vaqtning o‘zida tikilidi. TSiklli tushirishda buyum fasonlari ish o‘rinlariga oldindan xisoblab chiqilgan tsikl asosida tushiriladi.
TSikl tugagach smena davomida bir necha bor yukoridagi amal takrorlanadi. Masalan, ishlab chiqarish oqimida uch turdagi model va maxsulot turi tayyorlanadi. Ularni chiqarish varianti kuyidagicha bo‘ladi.
A-B-V – A-B-V……..bu erda MA:MB:MV:=1:1:1
A-A-B-B-B-V-A-A-B-B-B-V bu erda MA:MB:MV=2:3:1 va xakazo.
Agar bir vaqtning o‘zida A va B fasondagi buyumlar tikilsa, tikib tayyorlash nisbati FA : FB=1:2 tsikl uchga teng bo‘ladi, buyumlar kuyidagi izchillikda uzatiladi:
A1 B1 B 2A2 B3 B 4A3 B5 B6
Modellar bo‘yicha chiqarish nispatlari xar qanday xolatda butun son bilan keltiriladi.
Maxsulot turini aralash usulda chiqarishni boshqacha aytilganda ketma-ket tsikllik usul deyish xam mumkin. Smena davomida yoki buyurtmani bajarish muddatida model yoki maxsulot turi guruxlari chiqariladi, tsikl bo‘yicha model gurux ichida almashib turadi. Masalan, uzluksiz ishda chikarishning kuyidagi variantida 9ta model tikilanadi.
Birinchi gurux A,B,V 3 soatlik (kun) tsikl bo‘yicha tayyorlanadi.
Ikkinchi gurux G,D,E 2,5 soatlik (kun) tsikl bo‘yicha tayyorlanadi.
Uchinchi gurux J,Z,I 2,5 soatlak (kun) tsikl bo‘yicha tayyorlanadi.
Keltirilgan tayyorlangan muddat o‘tgach guruxlar chiqarishning ketma-ket shaklda almashtiriladi. Guruxlar ichida modelar chiqarish nispatlari, chiqarishni tsikl shaklliga guruxlar aro xolatda chiqarishning ketma-ket shaklliga mos keladi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə