Lophophoratalar filogeniyasi. Reja; Lophophoratalar filogeniyasi. Lophophoratalarning hayot tarsi



Yüklə 24,04 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü24,04 Kb.
#152121
Lophophoratalar filogeniyasi.


Lophophoratalar filogeniyasi.
Reja;
1. Lophophoratalar filogeniyasi.
2. Lophophoratalarning hayot tarsi
3.Tuzilishi

Hujayra - bir butun organizm sifatida. Eukariot hujayra tuzilishi: hujayralar xarakatchanligi; moddalar yutishi; oziqni hazm qilish; sitoplazmani sirkulyatsiyasi; hujayra sekretsiya qiladigan moddalar; ayirish, ko’payish va jinsiy jarayonlar. Hujayralar kommunikatsiyasi va simbiozi. Eukariot hujayralarni kelib chiqishi. 3.Bir hujayralilar Bir hujayralilar (Sodda hayvonlar) tuzilishi va funksiyalari. Sodda hayvonlar hujayrasining ko’p vazifaliligi va organellalari. Ko’payishi va hayot sikllari. Ularning rivojlanishida jinsiy va jinssiz nasllar gallanishi. Tinch holati va tarqalish davrlari (sistalar va sporalar). Sodda hayvonlar xilma-xilligi. Euglenozoa tipi, Euglenoidea sinfi. Vakillari tuzilishida hayvon va o’simliklarga xos umumiylik. Kinetoplastida sinfi. Umumiy tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi va patogen vakillari. Chlorophyta tipi, volvokslar. Koloniya bo’lib yashovchi xivchinlilar. Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellate), Retortamonad va Axostylata tiplari. Alveolata tipi. Dinoflagellate kenja tipi: umumiy belgilari; vakillari ahamiyati. Kipriklilar (Ciliophora) kenja tipi: hujayra tuzilishi va funksiyalari; lokomotsiya; oziqlanishi; yadroviy dimorfizm; ekskretsiya; jinssiz va jinsiy ko’payishi; vakillarini xilma-xilligi. Erkin yashovchi infuzoriyalar. Parazit infuzoriyalar. Sporalilar (Apicomplexa-Sporozoa) kenja tipi: tuzilishidagi umumiy belgilari; vakillarini xilma-xilligi. Koksidioz, toksoplazmoz kasalliklari. Qon sporalilari. Bezgak ko’zg’atuvchilari, tuzilishi, rivojlanish sikllari. Amyobasimon bir hujayralilar. Amyobasimon hujayra tuzilishi va uning xillari. Yolg’onoyoqlar - tuzilishi, vazifasi, oziqlanish va ko’payishi. Amyobalarni xilma-xilligi. Kasallik qo’o’zg’atuvchi amyobalar. Foraminiferalar va aktinopodalar. Radiolaria, Heliozoa, Acantharea sinflari. O’ziga xos belgilari, vakillari. Bir hujayrali hayvonlarning filogeniyasi. 4.Ko’p hujayralilar Tuzilishi: hujayralari; to’qimalari va skeleti; ko’payishi va rivojlanishi. Tana o’lchamlari va organizm faoliyatini xususiyatlari: tana qismlarini ixtisoslashuvi; satxi va hajmi o’lchamlari; organizmda moddalar transporti; metabolizm; katta o’lchamlarni avzalligi. Ontogenez va filogenez. Ko’p hujayralilar kelib chiqishi va evolyutsiyasi: kolonial nazariya-E. Gekkel (1874), I.I.Mechnikov (1886); sintsitial nazariya-I.Xodji (1943) va boshqa olimlar nazariyalari; qutiblanishni kelib chiqishi va hujayralar ixtisoslashuvi; evolyutsiya jarayonida tuzilishni murakkablashuvi. G’ovaktanlilar (porifera) va Plastinkasimonlar (placozoa) tiplari G’ovaktanlilar (porifera): tuzilishi; tana devori; filtratsiya; skeleti; lokomotsiya va hujayralarni organizmda harakatlanishi; fiziologik kompartmentalizatsiyalanish; oziqlanish; ichki transport, gaz almashinuvi va ayiruv jarayonlari; integratsiya; biologik faol metabolitlar va boshqa organizmlar bilan assotsiatsiya; bioeroziya; ko’payish; g’ovaktanlilar xilma-xilligi; paleontologiyasi va filogeniyasi. Plastinkasimonlar(placozoa): umumiy tuzilishi, hujayralari. Eumetazoalar (Eumetazoa) Epitelial to’kima. Epidermis, gastrodermis, ichak. Biriktiruvchi to’qima. Skeletlar: gidroskelet; qattiq skelet. Harakat va tana o’lchamlari. Muskul hujayralar va muskul to’qima. Nerv hujayralari va nerv to’qima (nerv tizimi). Sensor hujayralar va sezgi organlari: tuzilishi va funksiyasi; muvozanat retseptorlari; fotoretseptorlar va ko’zlar. Rivojlanish va o’sish. 5.Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipi Umumiy tavsifi: tana shakli va yakka yashovchi vakillarini simmetriyasi; koloniyalar shakli; skelet; muskulatura va harakatlanish; nerv tizimi; knidotsitlar va knidalar; interstitsial hujayralar; ovqat hazm qilish tizimi, oziqlanish va ichki transport; gaz almashinuvi va ayirish; ko’payish va rivojlanish. Korall poliplar(Anthozoa) sinfi: polip tuzilishi; muskulatura va nerv tizimi; qisqarish va rostlanish; oziqlanish va ichki transport; gaz almashinish va ayirish; ko’payish va o’sish; turlar xilma-xilligi. Anthozoa filogeniyasi. Medusozoa taksoni. Stsifoid meduzalar(Scyphozoa) sinfi: tana tuzilishi va funksiyalari; ko’payishi va rivojlanish sikli. Scyphozoalar xilma-xilligi, asosiy turkumlari. Filogeniyasi. Gidrasimonlar(Hydrozoa) sinfi: umumiy tavsifi; poliplar; meduzalar; koloniyalar; gidrasimonlar xilma-xilligi, turkumlar va vakillar; filogeniyasi. Bo’shliqichlilar filogeniyasi. 6. Taroqsimonlar (Ctenophora) tipi Umumiy tavsifi: tana devori va kollositlar; muskullar; nerv tizimi; harakatlanishi; ovqat hazm qilish tizimi va oziqlanishi; ichki transport; ekskretsiya va suzuvchanlikni saqlash; ko’payishi va rivojlanishi. Taroqsimonlar xilma-xilligi: turkumlari va vakillari. Taroqsimonlar filogeniyasi. 7. Billaterial simmetriyalilar Billaterial simmetriya - yangi imkoniyatlar. Sefallashuv - yo’naltirilgan izlashga imkoniyat: harakatchan va o’troq bilateriyalar. Muskullar - taqib qilishga imkoniyat. Tuproqda harakatlanish mexanizmlari. Kompartmentlashuv-fiziologik boshqaruv va ixtisoslashuv. Ichki transport. Gaz almashinuv va nafas olish pigmentlari. Ekskretsiya. Ko’payish va rivojlanish: jinsiy ko’payish; determinatsiya; gastrulyatsiya; mezodermani shakllanishi; blastopor. Bilateriyalar filogeniyasi. 8.Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes), Orthonectida va Dicyemida tiplari Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) - umumiy tavsifi. Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi: tavsifi; tana devori; muskulatura va lokomotsiya; nerv tizimi va sezgi a’zolari; parenxima; ovqat hazm qilish tizimi va oziqlanish; ichki transport; ekskretsiya. Ko’payish: jinssiz ko’payish va regeneratsiya; jinsiy ko’payish va rivojlanish. Kiprikli chuvalchanglar xilma-xilligi: turkumlar va vakillari. Turbellarialar filogeniyasi. Neodermata taksoni. So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi: tuzilishi va funksiyalari; parazitlik qilib yashashga moslanish, yopishuvchi organlari, jinsiy tizimi va ko’payishi; biologiyasi va hayot sikllari. Odam va uy hayvonlarining parazit vakillari. Cercomeramorpha. Monogenetik so’rg’ichlilar (Monogenea) sinfi: tana tuzilishi; ko’payishi; hayot sikllari; vakillari. Tasmasimon chuvalchanglar(Cestoda) sinfi: tana tuzilishi va funksiyalari; ko’payishi va vakillarini hayot sikllari. Neodermatalar filogeniyasi va kelib chiqishi. Mesozoa: Orthonectida va Dicyemida tiplari: umumiy tavsiflari; filogeniyasi. 9. Nemertea tipi Umumiy tavsifi: tana shakli; tana devori, lokomotsiya va cho’ziluvchanlikka moyillik; hartumcha va rinxotsel; oziqlanishi va ovqat hazm qilish tizimi; gaz almashinuv, ichki transport va ekskretsiya; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi; funksional tuzilishi xusususiyatlari. Nemertinlar xilma-xilligi va filogeniyasi. 10. Mollyuskalar (Mollusca) tipi Mollyuskalar tuzilishini umumiy rejasi: mantiya; chig’anoq; mantiya bo’shlig’i; jabralar; osfradiyalar; oyoq; oziqlanish; selom; ichki transport; ekskretsiya; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi. Aplacophora sinfi: tana shakli; vakillarini xilma-xilligi. Xitonlar (polyplacophora) sinfi: mantiya; chig’anoq; oyoq va lokomotsiya; mantiya bo’shlig’i va ventilyatsiya; oziqlanishi; ichki transport; ayiruv tizimi; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi; xilma-xilligi. Monoplacophora sinfi: umumiy tavsifi, vakillari. Qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi: tavsifi; sistematikasi bo’yicha dastlabki muloxazalar; tuzilishi rejasini evolyutsiyasi va kelib chiqishi; oyog’i, xarakatlanishi va yashash joylari; oziqlanish va ovqatni hazm qilish; oziqlanish va sistematika; oziqlanish ekologiyasi; ekskretsiya; ichki transport; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi; xilma-xilligi va evolyutsiyasi. Boshoyoqlilar (Cephalopod) sinfi: tana shakli; chig’anog’i; harakatlanishi; adaptiv xilmaxilligi; oziqlanishi; gaz almashinuvi; ichki transport va ayirish tizimi; nerv tizimi va sezgi a’zolari; teri qoplamasi va xromatik organlar; ko’payishi va rivojlanishi; vakillarini xilmaxilligi. Boshoyoqli mollyuskalar filogeniyasi. Ikki pallalilar (Bivalvia) sinfi: tana shakli; chig’anog’i; mantiyasi; oyog’i; jabralari va oziqlanish usullari evolyutsiyasi; plastinkajabralilarni adaptiv radiatsiyasi; ichki transport, gaz almashinuv va ayirish tizimlari; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi; ikki pallali mollyuskalar filogeniyasi. Kurakoyoqli mollyuskalar (Scaphopoda) sinfi: tana shakli; mantiya va mantiya bo’shlig’i; chig’anog’i; oziqlanishi, ichki transport va ayirish tizimlari; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi; vakillarini xilma-xilligi va sinfni filogeniyasi. Mollyuskalar filogeniyasi: mollyuskalar tuzilishi rejasi; kelib chiqishi; evolyutsiyasi. 11. Halqali chuvalchanglar (Annelida) tipi Tana tuzilishi va funksiyalari: segmentatsiya; tana devori; nerv tizimi; selom va qon aylanish tizimi; ayiruv va ovqat hazm qilish tizimlari; ko’payishi va rivojlanishi. Halqali chuvalchanglar xilma-xilligi va filogeniyasi. Evolyutsiyasi va segmentlanishni o’rni. Ko’p tuklilar (Polychaeta) sinfi: umumiy tuzilishi va funksiyalari; tana devori va yashash naychalari; muskulatura va lokomotsiya; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ovqat hazm qilish tizimi va oziqlanish; gaz almashinish, ichki transport va ayirish tizimlari. Ko’payishi: regeneratsiya; jinssiz va jinsiy ko’payish; epitokiya; rivojlanish va metamorfoz. Vakillarini xilma-xilligi va filogeniyasi. Belbog’chalilar (Clitellata) taksoni. Kam tuklilar (Oligochaeta) sinfi: umumiy belgilari; tana devori va selom; lokomotsiya, nerv tizimi va sezgi a’zolari; oziqlanish va ovqat hazm qilish tizimi; qon aylanish tizimi va gaz almashinuvi; ayiruv tizimi va diapauza; ko’payishi va rivojlanishi. Oligochaetalar xilma-xilligi, dengizda va quruqlikda yashovchi vakillari. Zuluksimonlar (Hirudinomorpha) sinfi: umumiy tavsifi; haqiqiy zuluklar (Euhirudinea) taksoni, organlari tuzilishi va funksiyalari; ko’payishi va rivojlanishi; kichik taksonlar vakillarini xilma-xilligi. Belbog’chalilar filogeniyasi. 12. Echiura va Sipuncula tiplari Echiuralar: tana tuzilishi va funksiyalari; ko’payishi va rivojlanishi; vakillari xilma-xilligi va filogeniyasi. Sipunculalar: tana tuzilishi va funksiyalari; ko’payishi va rivojlanishi; vakillari xilmaxilligi va filogeniyasi. 13. Onychophora va Tardigrada tiplari Onixoforalar (Onychophora) tipi: tashqi tuzilishi; tana devori va lokomotsiya; oziqlanish; ichki transport, nafas olish va ayirish; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi; vakillari xilma-xilligi va filogeniyasi. Imillab yuruvchilar (Tardigrada) tipi: tashqi tuzilishi; tana devori; muskulaturasi va lokomotsiya; nafas olish va ayirish; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi; vakillari xilma-xilligi va filogeniyasi. 14. Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipi Umumiy belgilari. Tashqi tuzilishi: segmentlashish; tagmozis; sefallashish; bo’g’imlar o’simtalari. Tana devori: kiprikchalar va xivchinlar; ekzoskelet. Muskulatura va xarakatlanish: funksional morfologiyasi va fiziologiyasi. Selom va mezoderma. Ichki transport. Ekskretsiya. Nafas olish va oziqlanish jarayonlari. Nerv tizimi. Sezgi a’zolari: tashqi va ichki retseptorlar. Ko’payishi, rivojlanishi va filogeniyasi. Trilobitsimonlar (Trilobitomorpha) kenja tipi: tashqi tuzilishi; rivojlanishi; ekologiyasi; xilma-xilligi; filogeniyasi. 15. Xelitseralilar (Chelicerata) kenja tipi Tashqi tuzilishi. Qilichdumlilar (Xiphosura) sinfi: tashqi tuzilishi; oziqlanishi; ichki transport; nafas olishi; ekskretsiya; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi. O’rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi: tashqi tuzilishi; oziqlanishi; nafas olishi; ichki transport; ekskretsiya; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi. Asosiy turkumlari va muhim vakillari: Qisqichbaqachayonlar (Eurypterida), Chayonlar (Scorpiones), Telifonlar (Uropygi), Chilviroyoqlar (Amblypygi), O’rgimchaklar (Araneae), Soxta chayonlar (Pseudoscorpiones), Solpugalar (Solifugae), Pichano’rarlar (Opiliones), Kanalar (Acari); o’rgimchaksimonlar filogeniyasi. Dengiz o’rgimchaklari (Picnogonida) sinfi: tashqi va ichki tuzilishi, funksiyalar. Xelitseralilar filogeniyasi. 16. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) kenja tipi Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) kenja tipi. Umumiy tavsifi: tashqi tuzilishi; oziqlanishi; ichki transport; nafas olishi; ekskretsiya; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi. Qisqichbaqasimonlar sinflari: Remipedia; Cehpalocarida; Jabraoyoqlilar (Anostraca). Bargoyoqlilar (phyllopoda): harakatlanishi, oziqlanishi nafas olishi, ichki transport va ekskretsiya, nerv tizimi va sezgi a’zolari, ko’payishi va rivojlanishi, kichik taksonlar va vakillari, filogeniyasi. Yuksak qisqichbaqasimonlar (Malacostraca) sinfi: umumiy tavsifi; asosiy turkumlari va vakillari, filogeniyasi. Jag’oyoqlilar (Maxillopoda) sinfi: umumiy tavsifi; asosiy taksonlari, vakillari; filogeniyasi. Qisqichbaqasimonlar filogeniyasi. 17. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi Umumiy belgilari. Ko’poyoqlilar (Myriapoda) sinfi. Asosiy taksonlari: Laboyoqlilar (Chilopoda); Symphyla; Ikki juftoyoqlilar (Diplopoda); Pauropoda. Filogeniyasi. Hasharotlar sinfi yoki oltioyoqdilar (Hexapoda): umumiy tavsifi; tashqi tuzilishi; qanotlari va uchishi; oziqlanishi; ichki transport; nafas olishi; ayirish tizimi; nerv tizimi va sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi. Ekologiyasi: koevolyutsiyasi, parazit va parazitoid turlari, kommunikatsiyalari. Hasharotlar xilma-xilligi: asosiy turkumlari va muhim vakillari. Hasharotlarni ahamiyati. 18. Cycloneuralia katta tipi Umumiy tavsifi. Qorinkipriklilar (Gastrotricha) tipi: umumiy tavsifi, xilma-xilligi. To’garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: tana shakli; tana devori; nerv tizimi va sezgi organlari; harakatlanishi; oziqlanishi; ayiruv tizimi; ko’payishi va rivojlanishi. Parazit nematodalar va ularning odam, qishloq xo’jalik hayvonlari va o’simliklar uchun ahamiyati. Qil chuvalchanglar (Nematomorpha) tipi: umumiy belgilari, xilma-xilligi. Priapulida, Loricifera, Kinorhyncha tiplari, vakillarini xilma-xilligi. Cycloneuralialar filogeniyasi. 19. Gnathifera katta tipi Umumiy tavsifi. Gnathostomulida tipi: tavsifi, xilma-xilligi. Micrognathozoa va Syndermata taksonlari. Gnathifera filogeniyasi. 20. Kamptozoa va Cycliophora tiplari Kamptozoa: tana shakli; ichki tuzilishi, organlari funksiyasi; filogeniyasi, xilma-xilligi. Cycliophora: tana shakli; ko’payishi va hayot sikli; ekologiyasi; filogeniyasi. 21. Lophophorata katta tipi Phoronida tipi. Yelkaoyoqlilar (Brachiopoda) tipi: tana shakli, lofofor va oziqlanish; ichki a’zolarni tuzilishi va faoliyati; ko’payishi va rivojlanishi; turlari xilma-xilligi. Mshankalar (Bryozoa) tipi: tana shakli; koloniyalari; zooidlar polimorfizmi, ularni aloqalari; funikulyar tizimi; muskulaturasi; oziqlanishi; gaz almashinishi, ichki transport, nerv tizimi va ekskretsiya; ko’payishi va rivojlanishi; turlari xilma-xilligi. Lophophoratalar filogeniyasi. Qiljag’lilar (Chaetognatha) tipi: tana shakli va funksiyasi; ko’payishi va rivojlanishi; filogeniyasi. Ikkilamchi og’izlilar (Deuterostomata). Ignaterililar (Echinodermata) tipi. Umumiy biologiyasi. Ontogenezda besh nurli simmetriyani rivojlanishi. Eleutherozoa kenja tipi. Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfi: tana shakli, devori va skeleti; ambulakral tizimi; lokomotsiya; gaz almashinuvi; nerv tizimi; ovqat hazm qilish tizimi va oziqlanishi; ichki transport; ekskretsiya; ko’payishi va rivojlanishi; metamorfoz; turlar xilma-xilligi. Ilondumlilar (O’hiuroidea) sinfi: tashqi va ichki tuzilishi, hayot faoliyati. Dengiz tipratikanlari (Echinozoa) sinfi: tashqi va ichki tuzilishi, o’ziga xos xususiyatlari. Dengiz ko’zachalari (Holothuroidea) sinfi: tashqi tuzilishi, tana devori, shakli, hayot tarzi, ichki tuzilishi va organlar faoliyati, ko’payishi va rivojlanishi, turlari xilma-xilligi. pelmatozoa kenja tipi. Dengiz nilufarlari (Crinoidea) sinfi: tana shakli, devori; muskulaturasi va lokomotsiya; ovqat hazm qilish tizimi va oziqlanish; ichki transport; gaz almashinuvi va ekskretsiya; nerv tizimi; ko’payishi va rivojlanishi; turlari xilma-xilligi. Ignaterililar paleontologiyasi va filogeniyasi. 22. Umurtqalilar zoologiyasi. Xordalilar tipi Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari va predmeti. Fanning rivojlanish tarixi va uslublari. Fanning maqsad va vazifalari. Tipning umumiy ta’rifi. Xordalilarni hayvonot olami sistemasida tutgan o’rni. Xordalilarni o’ziga xos muhim belgilari va ularning biologik ahamiyati. Xordalilarning kelib chiqishi. 23. Chala xordalilar tipi Balanogloss misolida tip vakillari tuzilishining asosiy belgilari. Tarqalishi, turlar soni, biologiyasi, chala xordasi. 24. Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipi Kenja tip vakillarini tuzilishining asosiy belgilari. Assidiyalar sinfi. Biologik xususiyatlari: yakka va koloniya bo’lib yashovchi, o’troq va erkin suzuvchi turlari. Assidiyaning tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi: jinsiy va jinssiz ko’payish, lichinkaning tuzilishi va rivojlanish davrlari. Salplar sinfi. Biologiyasi: yakka va kolonial turlari. Salp va bochkalilarning tuzilishi va rivojlanishi. Metogenez va uning biologik ahamiyati. Appendikulyariyalar sinfi. Biologiyasi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Pardalilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqidagi g’oyalar. Neogeniya g’oyasi (Garstrang), A.N.Seversov va N.A.Livanov qarashlari. Xordalilar evolyutsiyasini tushunishda A.O.Kovalevskiy izlanishlarining ahamiyati. Bosh suyaksizlar kenja tipi. Boshxordalilar sinfi. Tuzilishining asosiy belgilari va sistematikasi. Kelib chiqishi. Lansetnikning tuzilishi va biologiyasi. Boshxordalilar hayot tarzi va amaliy ahamiyati. 25. Umurtqalilar kenja tipi Umurtqalilarning kelib chiqishi. Tuzilishining asosiy belgilari: o’q skeleti, bosh skeleti, qo’l-oyoq skeletlari, ovqat hazm qilish sistemasi, nafas olish sistemasi va sezgi a’zolari. Tuzilishining murakkablashishi, a’zolarining taraqqiyoti - umurtqalilar progressiv evolyutsiyasining asosiy sharti ekanligi. 26. Jag’sizlar bo’limi To’garak og’izlilar sinfi. Sinf vakillarining tuzilishi va umumiy belgilari. To’garak og’izlililarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Minoganing tuzilishi va hayot kechirishi: skeleti, nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi, ovqatlanishi, qon aylanish sistemasi. Minoga va miksinalar tuzilishidagi farqlar. To’garak og’izlilarning amaliy ahamiyati. 27. Jag’lilar bo’limi Baliqlar katta sinfi. Baliqlar umurtqalilarning birlamchi suvda hayot kechiruvchi vakili sifatida, baliqlar katta sinfining biologik va morfologik ta’rifi. Harakat-tayanch sistemasi, tuzilishining asosiy belgilari. Baliqlar-suv hayvoni sifatida: nafas olish, qon aylanish va ayirish sistemalari tuzilishi. Tog’ayli baliqlar sinfi. Tuzilishining asosiy belgilari, tog’ayli baliqlarning kelib chiqishi, evolyutsiyasi va sistematikasi. A’zolar sistemasi bo’yicha tuzilishiga ta’rif. Ko’payishi va rivojlanish xususiyatlari. Tuz va suv almashinuvi. Tog’ayli baliqlarning amaliy ahamiyati. Suyakli baliqlar sinfi. Sinfning morfologik va anatomik belgilari, xususiyatlari. Hozirgi zamon suyakli baliqlarning kelib chiqishi va sistematikasi. Karp balig’i misolida suyakli baliqlarning tashqi tuzilishi va a’zolar sistematikasi. Shu’laqanotlilar kichik sinfining ta’rifi; katta turkumlari, tog’ayli kanoidlar, suyakli kanoidlar, ko’p qanotlilar, suyakli baliqlar to’dasi. Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi. Kaftqanotlilar kichik sinfining ta’rifi; katta turkumlari, cho’tkaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilar, ularning tuzilishi, xususiyatlari, fiziologiyasi, hayot kechirishi va umurtqali hayvonlar sistemasi va evolyutsiyasida tutgan o’rni. Baliqlar ekologiyasi. Biologik to’dalar va ularga xos bo’lgan moslanish xususiyatlari: ko’payishi, migratsiyasi, ovlanishdagi ahamiyati, baliqchilik yo’nalishi. O’zbekiston ixtiofaunasining o’ziga xos vakillari: aborigenlari, introduktsiya (boshqa joydan olib kelingan) qilinganlari. O’rta Osiyoda ovlanadigan, noyob va yo’qolish havfi ostida turgan baliqlarning vakillari. 28. To’rtoyoqlilar katta sinfi Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Umurtqalilar quruqlikka chiqishidagi ekologik va morfologik moslanishlari. Suv va quruqlikda yashovchilarning ilk vakillari sifatida paleozoy davrida yashagan amfibiya - stegotsefallar. 29. Amfibiyalar - Suv va quruqlikda yashovchilar sinfi Sinfning umumiy biologik va morfologik tavsifi. Sinfning sistematikasi: oyoqsizlar turkumi, dumli va dumsiz amfibiyalar. Ko’l baqasi misolida amfibiya tuzilishi va biologik xususiyatlari. Amfibiyalar biologiyasi: asosiy ekologik guruhlari, ovqatlanishi, ko’payishi, rivojlanishi, nasl uchun qayg’urish usullari. O’rta Osiyoda yashovchi amfibiyalarning amaliy ahamiyati va ulardan foydalanish muammolari, sun’iy ko’paytirish, muhofaza qilish. 30. Reptiliyalar - Sudralib yuruvchilar sinfi Anamniya va amniotlarning morfologik va fiziologik belgilari: rivojlanishi, tuxumining tuzilishi, murtak qobig’ining paydo bo’lishi. Teri va uning tarkibiy qismlari. Ayiruv sistemasining xususiyatlari va bu xususiyatlarning quruqlikda hayot kechirishga o’tish bilan bog’liqligi. Reptiliyalarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Qazilma shakllari va ularning morfologik hamda ekologik turli-tumanligi. Hozirgi zamon reptiliyalarining sistematikasi; turkumlari: tumshuqboshlilar, timsohlar, toshbaqalar, tangachalilar va ularning qisqacha ta’rifi. Tangachalilar vakillari - tez kaltakesak misolida reptiliyalar tuzilishi va fiziologiyasi. Hayot kechirishi, ko’payishi, ovqatlanishi, mavsumiy xossalari xulq atvorining issiq iqlim sharoitiga moslanish xususiyatlari. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati. O’rta Osiyo gerpetofaunasining o’ziga xos vakillari. Zaharli ilon turlari, ularning yashash sharoiti va muhofaza qilinishi. Sahro biotsenozida sudralib yuruvchilarning ahamiyati. Qizil Kitob sahifasidan joy olgan sudralib yuruvchilar vakillari. 31. Qushlar sinfi Sinf vakillari tuzilishining asosiy xususiyatlari. Qushlarning kelib chiqishi va ularning evolyutsion taraqqiyoti. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi va turkumlariga qisqacha ta’rif. Uy kaptari misolida qushlarning ichki va tashqi tuzilishi. Qushlarning moslanish xususiyatlari, fiziologiyasi, terisi, pat tuzilishi, nafas olish, ayiruv, asab tizimi va sezgi a’zolari. Qushlar ekologiyasi: geografik tarqalishi, ekologik guruhlari, uchishga moslanish belgilari, ko’payishi, rivojlanishi, nasl uchun qayg’urishi, mavsumiy xossalari. Migratsiya va uning sabablari. Qushlarning tabiat va xo’jalikdagi ahamiyati. O’rta Osiyo ornitofaunasining turlitumanligi va asosiy vakillari. Qushlarning ovlanadigan, noyob va qo’riqlanadigan turlari. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan qushlar va ularning yashash sharoitlari. O’zbekistonda ornitologik kuzatishlar olib borishdagi asosiy muammolar. 32. Sut emizuvchilar yoki darrandalar sinfi Sinfning umumiy ta’rifi. Sut emizuvchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasiga sabab bo’lgan omillar. Qirilib ketgan turlari va ularning qadimgi reptiliyalar bilan aloqadorligi va evolyutsiyasi. Hozirgi zamon sut emizuvchilarining sistematikasi: bir teshiklilar, xaltalilar, yo’ldoshlilar va ularning asosiy biologik xususiyatlari. Yo’ldoshli sut emizuvchilar sistematikasi va ularning turkumlariga qisqacha ta’rif. Asosiy a’zolar tizimining morfologik va funksional ta’rifnomasi; teri qoplag’ichlari, skeleti. Nafas olish, ovqat hazm qilish, qon aylanish va limfatik tizimi. Siydik-ta’nosil tizimi. Nerv tizimi va sezgi a’zolari. Markaziy nerv tizimi va bosh miyasining tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlari. Xulq atvorining (etologiyasi) murakkab shakllari. Sut emizuvchilar biologiyasi, geografik tarqalishi. Ekologik guruhlari. Suv muhitini ikkilamchi o’zlashtirish, mavsumiy ritm. Ularning ovqatlanishi va ekosistemadagi o’rni, ovlanadigan turlari, ulardan mahsulot tayyorlash, muhofaza qilish, qishloq xo’jaligi zararkunandalari, kasal tarqatuvchi va xonakilashtirilgan turlari. O’rta Osiyo sutemizuvchilarining turli-tumanligi. Ovlanadigan, yo’qolib borayotgan va qo’riqlanadigan turlari. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan sut emizuvchilar turlari va ularning tarqalishi. O’zbekistonda teriologiya muammolari va sut emizuvchilarni o’rganishga bag’ishlangan asosiy yo’nalishlar.
Adabiyоtlar:
1. G.G.Abrikosov va boshqalar. «Zoologiya» 1 - 2 jilt. T: 1966.
2. V.F.Natali «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1966.
3. S.P. Naimov. «Umrtqali hayvonlar zoologiyasi» 1995 y.
4. O Mavlonov .Sh.Xurramov «Umirqasizlar zoologiyasi» T. 1988 y.
Yüklə 24,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə