Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish


Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning pedagogik tamoyillari



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
Ukuv qullanma

Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning pedagogik tamoyillari 
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning pedagogik tamoyillari o‘zbek 
va rus tilidagi ilmiy manbalarda dadidaktik tamoyil sifatida mufassal bayon 
etilgan. Lekin xorijiy adabiyotlarda pedagogik tamoyil alohida tadqiq etiladi. Biz 
pedagogik tamoyillarni umumlashtirishda uch tildagi ilmiy manbalardan 
foydalandik.
 
1. O‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama kamolotga yetkazish. Ingliz tili 
vositasida o‘zlashtiriladigan axborot va ingliz tili o‘rganish mobaynida olinadigan 
aqliy va nutqiy ko‘nikma hamda malakalar o‘quvchilarni tarbiyalaydi. 
2. O‘quvchilarni o‘rganilayotgan tildan foydalanishga rag‘batlantirish. 
3. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish. 
4. O‘quvchilarni atrofdagilarga nisbatan bag‘rikenglik va turli qadriyatlarga 
hurmat ruhida tarbiyalash. 
5. Darslarda bilimlarning mustaqil fahmlab o‘rganilishi uchun optimal 
vaziyat yaratish. 
6. O‘quvchilarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini mustaqil va o‘zaro aniqlab 
borish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish. 
7. O‘quvchilarga o‘z bilimlarini o‘rganilayotgan tilda namoyon qilish 
imkoniyatini yaratish.
8. Darslarni kompetensiyalar egallanishiga mo‘ljallangan integrativ 
yondashuv asosida tashkil etish.
O‘quv-metodik topshiriqlar 
1.
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishda qo‘llaniladigan 
tamoyillarni nomma-nom ayting. 


16 
2.
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasi tamoyillari 
nechta va qanday guruhlarni tashkil etishini bilib oling. 
3.
Ayrim tamoyillar haqida o‘z fikringizni bayon etishga tayyorlaning. 
4.
Vizual yondashuv va multisensor (barcha nutq analizatorlarini to‘liq 
qo‘zg‘atuvchi) o‘rganishni tatbiq etish bo‘yicha o‘z fikringizni asoslashga 
tayyorlaning.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə