Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Ukuv qullanma

konsepsiya
» atamasi turli tushunchalarni 
ifodalaydi. Konsepsiya – ilmiy g‘oya(lar) ma’nosida ishlatiladi va ta’lim 
jarayonining har bir nuqtasida xorijiy tillarni o‘qitish strategiya va taktikalarni 
belgilab beradi.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitish metodikasi 
«(
Inter)Cultural Awareness
», «
Language Awareness
» va «
Humanity
» ta’lim 
konsepsiyalari asosida rivojlantirilmoqda.
(Inter)Cultural Awareness 
– Madaniyatlararo muloqot konsepsiyasi dastlab 
Germaniyada shakllantirildi va qisqa vaqtda g‘arb mamlakatlarida ommalashdi. 
Ushbu konsepsiya asosida ingliz tilini muloqot vositasi sifatida o‘rgatish emas, 
balki o‘quvchini umumiy va nutqiy rivojlantirish, ya’ni uni ingliz tili va o‘zga 
madaniyatga qiziqtirish, unda kundalik hayotda duch kelish mumkin bo‘lgan tilga 
e’tiborli munosabatda bo‘lish va integratsiyalashayotgan Yevropadagi turmush 
sharoitlariga moslashish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish 
maqsadi yotadi. Shu sababdan ham ushbu konsepsiyada ingliz tili ta’limining 
mamlakatshunoslik jihatiga ustuvor ahamiyat qaratilgan.



O‘yin tarzida tashkil etiladigan ta’lim jarayoni va mazmuni bolalarni tili 
o‘rganilayotgan mamlakat urf-odatlari hamda an’analari bilan tanishtiradigan she’r 
va qo‘shiqlardan iborat bo‘ladi. Ushbu konsepsiya Yevropada «Qo‘shni (qardosh) 
tilni o‘rganish» nomini olgan bo‘lib, mashg‘ulotlar asosan ingliz tili sohiblari 
tomonidan olib boriladi.
Bundan tashqari, Yevropa mamlakatlarida o‘quvchilarning migratsiyasi tez-
tez sodir bo‘ladi va ular ingliz tili muhitida ma’lum vaqt yashash imkoniyatiga ega. 
Shularni nazarda tutadigan bo‘lsak, ushbu konsepsiyani Yevropadan uzoqda 
joylashgan va madaniy jihatdan farq qiladigan mamlakatlarda targ‘ib qilish 
maqsadga muvofiq emas. Ingliz tilini muloqot vositasi sifatida o‘rganish 
dunyoning hamma joyida barcha kishilar uchun ham bir xil ma’no kasb eta 
olmasligi, shu bilan birga, ta’lim usullarini shunchaki oson yo‘l bilan «
eksport
» 
qilish mushkul ekanligi isbotlangan.
Chunki, 
birinchidan
, ingliz tili sohibi bilan kommunikatsiya va 
interaksiyaga kirishishga ehtiyoj va imkoniyat mavjud bo‘lmasa-da, tildan amaliy 
foydalanishni o‘rgatish, ya’ni faqat «kundalik nutq vaziyati» va «kundalik turmush 
mavzusi» ustida ish olib borish maqsadga muvofiq emas. 
Ikkinchidan
, ingliz tili faqat bir mamlakatning, ya’ni Buyuk Britaniyaning 
emas, balki Amerika Qo‘shma Shtatlari, Avstraliya, Kanada va boshqa qator 
mamlakatlarning ham davlat tili hisoblanadi. Davlat tili ingliz tili bo‘lgan ushbu 
mamlakatlarda esa madaniyatlar farqlidir.
«Language Awareness» 
– konsepsiyasi «
Holistic approach
» nomi bilan ham 
ataladi va u ingliz tilini yangi bilimlarni egallash vositasi sifatida o‘zlashtirilishi 
lozimligini targ‘ib etadi. Ya’ni boshlang‘ich ingliz tili ta’limining maqsadi ingliz 
tili vositasida hayot haqidagi yangi bilimlarni o‘zlashtirishdir. Lekin M.Villiams va 
R.Bednlar Vigotskiyning nutq rivojlanish ontogenezi haqidagi nazariyasini 
«Holistic approach» deb nomlashni ma’qul ko‘rishgan
1
. Ularning taxminicha, 
Vigotskiy o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimni kichik qismlarga ajratib, malaka va 
1
Williams M., Burden R. L. Psychology for language Teachers. A social constructivist approach. – L.: Cambridge 
University Press, 2010. – 40 b. 


10 
ko‘nikmalar sifatida taqdim etish fikrini ma’qullamagan bo‘lardi. Sababi Vigotskiy 
har qanday o‘rganiladigan qismning asosini mazmun tashkil etishi lozimligini 
uqtiradi. Ushbu xulosa ta’sirida Yevropa mamlakatlari, Qo‘shma Shtatlar va ingliz 
tili ikkinchi davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda CLIL (Content and Language 
Integrated Learning) yondashuvi ommalashmoqda.
O‘zbekistonda 
«Humanity» 
(
Shaxsga yo‘naltirilgan
) konsepsiyasi qabul 
qilingan va unga muvofiq boshlang‘ich ingliz tili ta’limida o‘quvchiga ta’lim 
jarayoni va madaniyatlararo kommunikatsiya (muloqot)ning markaziy sub’yekti 
maqomi beriladi, uning qiziqish va ehtiyojlariga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Ingliz 
tilida nutqiy faoliyat yuritish o‘quvchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltiriladi, ya’ni 
o‘rganilayotgan til sohibi yaratgan madaniy merosni o‘zlashtirishga erishiladi. 
Tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv jarayonida o‘quvchi oldin egallagan 
ijtimoiy, madaniy, lisoniy, emotsional tajribasini boyitadi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə