Tohir Malikning "Alvido bolalik"



Yüklə 283,38 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü283,38 Kb.
#150377
Borataliyeva Noila 158-159 (1)



 
158 
Tohir Malikning "Alvido bolalik"asarida obrazlar tasviri
Borataliyeva Noila Shuxratjon qizi 
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yoʻnalishi 2-
bosqich talabasi 
Ilmiy rahbar: Sevara Usmonova 
Annotatsiya: 
Ushbu tezisda Tohir Malikning "Alvido bolalik"qissasidagi 
qahramonlar, ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, bu qissa yozilishining jamiyatga 
qanday bogʻliqligi xususida fikr yuritilgan. 
Kalit soʻzlar: 
"Alvido bolalik", oilaviy muhit, yetishmovchilik, tarbiya, jinoyat 
va jazo 
Oʻzbek yozuvchilarining namoyondalaridan biri boʻlgan Tohir Malik soʻzlardan 
shunday mohirlik bilan foydalanadiki, u yaratgan asar har bir oʻquvchi ongida, qalbida 
koʻp yillar muhrlanib qoladi. Uning asarlarini oʻqir ekansiz, bevosita asar 
qahramonining his-tuygʻulariga sherik boʻlib ketasiz. Shu jumladan, "Alvido bolalik" 
qissasi ham o'tkan davr kitobxonlarining ham, yangi davr kitobxonlarining ham 
qalbidan allaqachon oʻrin egallashga ulgurgan. Ushbu asar haqida soʻz borar ekan, asar 
zamonaviy hayotni yoritishga xizmat qilgan, asarda ilgari surilgan gʻoya esa jamiyatda 
dolzarbligi va ahamiyat kasb etishi bilan boshqa asarlardan farq qiladi. Asar xususida 
gap ketadigan boʻlsa, qissaning bosh qahramonlari Asror, Qamariddin, Dilfuza va 
Salim boʻlib, ularning orzu-o'ylari, qarashlari, umid-istaklari turlicha, lekin ularning 
diqqat-e'tiborlarini bir nuqtaga qaratadigan narsa esa kimdandir yoki nimadandir bezor 
boʻlishlik, alamzada boʻlib, o'qiguvchini mulohazaga undaydi. Bu alamzadalik, bezor 
boʻlishliklar asarning boshlanishidayoq keltirilgan: "Hozir qoʻlimga miltiq berib 
qoʻyishsa-yu darvozadan otam bilan onam kirib kelishsa, shartta otardim. Ana undan 
keyin oʻzimni ham otib yuborishsa mayli. Yoʻq, avval sud boʻlishi kerak. Sudda 
gapirishim shart: "Bolasini tashlab ketgan ota-onaning jazosi shu", deyman. "Tirik 
yetimlar, hammangiz ablah ota-onalaringizni topib, otib yuboring. Yolgʻon gaplar 
toʻqib, ularni yaxshi odam qilib koʻrsatmang bir- birlaringizga. Ayamay, otib tashlang!" 
deyman. "Tirik yetimlarga miltiq beringlar!" deyman. Ana shundan keyin meni otishsa 
ham mayli..." Shu kabi alamzadaliklar asar qahramonlarining egri yoʻllarga kirib 
ketishiga katta turtki boʻlgan. Asror obrazi haqida soʻz ketsa, u dastlab bilimga 
chanqoq, bilimdon maktab oʻquvchisi boʻlgan. Lekin otasining oʻzi bilan birga 
toʻylarga olib chiqishi, yetmaganiga majburlashi ham bolaning ruhiyatiga taʼsir qilgan 
va Qamariddin ismli kichik jinoiy toʻdaning boshligʻiga yaqinlashib jinoyatlar sodir 
etishigacha borgan. Aslida esa, Asrorning Dilfuza bilan boʻlgan munosabatlarida uning 
qanchalar mehribon va samimiy yigit boʻlganligi qissada yaqqol berilgan. Qamariddin 


 
159 
esa koʻplab orzular qilgan, lekin atrofidagilarning munosabatlar, jamiyat zulmlari uni 
holdan toydirgan. Shuningdek, u tugʻilganidanoq shunday munosabatlar orasida 
voyaga yetishi uning jinoyatchi boʻlishiga sabab boʻlgan. Salimning ehtiyojmand
otasining ichishi, onasining oilaviy qiyinchilik natijasida bolalarga eʼtibor boʻlishi, 
uning jinoyat koʻchasiga kirishga undagan. Qissadagi eng namunali va jonkuyar obraz 
mayor Soliyev hisoblanadi. Yozuvchi bu obraz bilan hech qanday jinoyat jazosiz 
qolmasligini, haqiqat albatta qaror topishligini isbotlagan. Asarning syujeti haqida 
gapiradigan boʻlsak, avvalo, syujet soʻzining lugʻaviy maʼnosi fransuzcha "predmet", 
"asosga qoʻyilgan narsa" degan maʼnoga toʻgʻri keladi. Badiiy asardagi bir-biri bilan 
uzviy bogʻliq holda kechadigan, qahramonlarining xatti-harakatlaridan kelib chiqqan 
holda tashkil topuvchi voqealar tizimidir. "Alvido bolalik" asarining syujetiga 
toʻxtaladigan boʻlsak, bu qissa konsentrik, ya'ni tadqiqot syujet turi hisoblanadi. Bunda 
asardagi voqea-hodisa sabablari, ularning kelib chiqishlari atroflicha oʻrganilib, 
ommaga taqdim etiladi. Asosan detektiv asarlarni shular jumlasiga kiritishimiz
mumkin.
Yuqorida keltirilib oʻtilgan fikrlardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, asar 
qahramonlarining bu darajadagi ayanchli qismatlariga yangona katta aybdor jamiyat 
hisoblanadi. Jamiyatda jinoyatlarning avj olishi, ularga befarqlik, poraxoʻrlik, shu bilan 
birga bolaning tarbiyasida ota-onaning e'tiborsizligi jamiyat hayotida katta xavf 
tugʻdiradi. Qissa xotimasi ayanchli tarzda yakunlandi. Asrorning bunday jinoyatga 
birinchi marta duch kelishi, qissada jinoiy toʻda tomonidan jabrlangan insonni hech 
unutolmasligi, unga tunlari uyqu bermasligi Asrorning hali goʻdakligi va soddaligidan 
nishona edi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Tohir Malik. "Alvido bolalik" 2018 
2. D. Qurbonov. "Adabiyot nazariyasi asoslari" - Toshkent, Navoiy universiteti 
2018 
3. htpps: //www.erus.uz 
4. https://fayllar.org 

Yüklə 283,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə