Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish


Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning didaktik tamoyillari



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Ukuv qullanma

Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning didaktik tamoyillari
Ingliz tili o‘qitish amaliyotida taklif etilgan qoidalar va qarashlar 
lingvodidaktik (tillar ta’limshunosligi) tamoyillar maqomida umumlashtirilgan va 
ilmiy asoslangan. Masalan, J.Jalolov nomlanishi va mohiyatida tafovutlar 
bo‘lishiga qaramay, quyidagi didaktik tamoyillarni umumlashtirgan: tarbiyaviy 
ta’lim, onglilik, faollik, ko‘rgazmalilik, sistemalilik (izchillik), individual 
yondashish, (bilimlarni) puxta o‘zlashtirish, o‘quvchi kuchiga moslik kabilar. 
N.A.Gorlova boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishning didaktik 


13 
tamoyillarini quyidagicha umumlashtirgan: faollik, ko‘rgazmalilik, o‘quvchi 
salohiyatiga moslik, individual yondashish, sistemalilik.
Ilmiy manbalarni o‘rganib chiqib boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni 
o‘qitishning didaktik tamoyillarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 
1. O‘quvchilarning ingliz tilio‘rganish usullari, strategiyalari va qobiliyatini 
inobatga olish. 
2. Tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish. 
3. Darslarda ma’noli kontekstlar va mavzuga oid nutq vaziyatlarini yaratish. 
4. Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan keng foydalanilish.
5. O‘quvchilarning yoshiga mos autentik materiallaridan foydalanish. 
6. Nutq namunalari asosida ingliz tilio‘rgatish. 
7. Mavzularni obrazlashtirish (gapiruvchi qo‘g‘irchoqlar yordamida).
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning psixolingvistik tamoyillari 
Til o‘rganish aqliy faoliyat bo‘lganligi tufayli uning psixologik asoslari 
mavjud. Aqliy faoliyat ruhshunoslikda ilmiy jihatdan tekshiriladi. Shu munosabat 
bilan ingliz tilio‘qitishning psixologik tamoyillarini tadqiq etish ehtiyoji tug‘iladi. 
Ilmiy manbalarda ingliz tili o‘qitishning ikkita psixologik tamoyillari ishlab 
chiqilgan. Psixologik tamoyillar «
verbalizatsiya
» (o‘zga til amalda faqat og‘zaki 
nutq orqali o‘rganiladi) va «
korrelatsiya
» (ingliz tili materialining muayyan 
chegarasi aniqlanadi, birinchi galda nutq malakalarini hosil qilish uchun 
mo‘ljallangan til birliklari majmuyi shakllanadi) nomlarini olgan. Ingliz 
tilio‘qitishning tilshunoslik asoslari birmuncha tadqiq etilganligiga qaramay, 
metodika fanida ingliz tili o‘qitishning lingvistik tamoyillari masalasiga kam 
e’tibor qaratilgan.
Metodika tamoyillari mohiyatini yoritishda psixologik va lingvistik qonun-
qoidalarga suyanib ish ko‘rildi va quyidagi psixolingvistik tamoyillar 
umumlashtirildi:

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə