Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Ukuv qullanma

 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1.
Jalolov J.J. Ingliz til o‘qitish metodikasi: Chet tillar oliy o‘quv yurtlari 
(fakultetlari) talabalari uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2012. – 432 b. 
2.
Edelenbos P., Johnstone R., Kubenak A. The main pedagogical 
principles underlying the teaching of languages to very young learners. Final 
Report of the EAC 89/04, Lot 1 study. 2006. – 196 p. 
3.
Ellis R. Principles of Instructed Language Learning. – Asian EFL 
Journal, 2005. – P. 10-26. Electron resource: http://www.asian-efl-journal–Asian 
EFLJournal.TheEFL Professionals’ Written Forum. Access date: 4.06.2017. 
1.3. Boshlang‘ich ta’limda ingliz tili o‘quv fanining xususiyatlari 
 
Kalit so‘zlar: 
ta’lim sharoiti,
 
til tajribasi, til o‘rganish, til o‘zlashtirish, 
tashabbusli nutq, mutanosiblik
Ta’lim tizimidagi boshqa fanlardan ingliz tilining farqi bir paytning o‘zida, 
uning ham ta’lim maqsadi, ham ta’lim vositasi ekanligida namoyon bo‘ladi. Ingliz 
tilida nutqiy malakalar (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv)ni egallash 
ta’limdan ko‘zlanadigan maqsad bo‘lishi bilan birga, o‘rganilayotgan til yangi va 
foydali axborot olish, yetkazish vositasi maqomini ham oladi. 
Ingliz tili o‘quv predmetining xususiyatlarini yoritishda unga turlicha 
yondashishlar mavjud. Tadqiqotchilar chet tilning didaktik, psixologik, amaliy 


17 
(funksiyaviy), ta’limiy-tarbiyaviy asoslaridan kelib chiqib fikrlar bayon etishgan (I. 
V. Raxmanov, V. S. Setlin, J. J. Jalolov, T. Q. Sattorov, S.S. Saydaliyev va b.).
Bir guruh metodist-olimlar o‘quv predmetlarini tasniflashda ularning didaktik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashganlar (A. A. Mirolyubov, I. V. 
Raxmanov, V.S. Setlin). Birinchi guruhni fan asoslarini o‘rgatadigan tabiiy va 
ijtimoiy (fizika, ximiya, tarix va b.) fanlar tashkil etadi. Uning birinchi xususiyati – 
o‘quvchilar ongida fan haqida to‘g‘ri tasavvur va tushunchalar hosil qilish uchun 
xizmat qiladi.
Yana bir xususiyati shundan iboratki, fan asoslarini o‘qitish jarayonida 
shakllantirilayotgan ko‘nikma va malaka fan sistemasiga bo‘ysundirilgan bo‘ladi.
O‘quv predmetlarining ikkinchi guruhiga ko‘nikma va malakani oshirishga 
qaratilgan (ashula, musiqa, jismoniy tarbiya va b. fanlarni kiritish mumkin. 
Ularning asosini muayyan umuminsoniy faoliyat amaliyoti tashkil etadi. 
Tadqiqotchilar ingliz tilini har ikki toifa o‘rtasidagi o‘quv predmeti deb 
hisoblaydilar, bilim va malakani shakllanishiga xizmat qiladi degan fikrni ilgari 
suradilar. 
Taniqli metodistlardan T.Q.Sattorov ingliz tili predmetini quyidagi 
pedagogik-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflaydi:
1.
Ona tili va ingliz tilida muloqot uchun nutqiy muhit keskin farq qiladi. 
Darsdan tashqari paytlarda o‘quvchida ingliz tilida muloqot qilish uchun muhit 
deyarli mavjud emas. Ona tili uchun doimo tabiiy muhit mavjuddir. 
2.
Ona tili insonning kundalik faoliyatiga singib ketadi. Ingliz tili uchun 
esa bunday imkoniyat mavjud emas. Ingliz tili darslarida o‘quvchilarga muloqotni 
o‘rgatish maqsadida sun’iy nutqiy vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. 
3.
Inson bolasi tevarak-atrofni ona tili yordamida idrok etib tushunadi va 
kishilar bilan muloqotga kiradi. Ingliz tilini o‘rgatishda ahvol umuman o‘zgacha. 
Tilning talaffuz, grammatik va leksik tomonlari o‘rganiladi, ingliz tilida fikr bayon 
etish va idrok etib tushunish amaliy maqsad maqomini oladi.


18 
T.Q. Sattorov bilim va malakaning o‘zaro munosabati nuqtayi nazardan 
o‘quv predmetlarini (a) bilim va nazariya beruvchi fanlar (tarix, adabiyot, 
geografiya); (b) amaliy malakani shakllantirishga yo‘naltirilgan fanlar (rasm, 
mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya) kabi guruhlarga tasniflaydi. Bu borada ingliz tili 
o‘qitish umumiy metodikasi mualliflarining fikriga qo‘shiladi va ingliz tilini 
yuqoridagi ikki guruh o‘rtasidagi predmet deb hisoblaydi.
O‘quv predmetlarining funksiyaviy, ta’limiy-tarbiyaviy xususiyatlaridan 
kelib chiqib tasniflash hollarini ham ilmiy-tadqiqotlarda kuzatishimiz mumkin. 
Taniqli metodistlardan J.J. Jalolov, S.S. Saydaliyevlar barcha o‘quv predmetlarini 
shartli ravishda quyidagicha tasniflashgan: a) fan asoslaridan saboq beradigan 
o‘quv predmetlari (ximiya, biologiya, fizika, matematika, tarix); b) tarbiya 
berishga qaratilgan o‘quv predmetlari (rasm, musiqa, ashula); d) amaliy faoliyatni 
o‘rgatadigan o‘quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi); e) tilga oid 
o‘quv predmetlari (ona tili, ikkinchi til, chet til).
Fan asoslarini o‘rgatuvchi predmetlarda o‘quvchilarga ushbu sohaga oid 
bilimlar bayon etiladi. Tarbiyaviy yo‘nalishdagi predmetlar o‘quvchilarda nafosat 
va go‘zallikni tarkib toptiradi. Faoliyatni o‘rgatish predmetlari jismoniy chiniqish, 
mehnat qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Lingvodidaktikaning ob’yekti bo‘lgan tilga oid o‘quv predmetlarini tahlil 
etganda, ular orasida o‘xshashlik va keskin farqlar borligi namoyon bo‘ladi. Tillar 
orasidagi umumiylik shundan iboratki, har uchalasini o‘rganishda ham o‘quvchi 
nutq faoliyati bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ushbu tillarda shakllangan ko‘nikma va 
malakalar tufayli boshqa fan va sohalarga oid bilim (axborot)lar o‘zlashtiriladi, 
boshqacha aytganda, tilga oid o‘quv predmetlari muloqot (kommunikativ) 
vazifasini bajaradi.
Maktab sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy (kommunikativ), 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ushbu 
funksiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat ko‘rsatkichlari) har bir tilda 
turlichadir. Masalan, “Ona tili”ni o‘rganish chog‘ida amaliy, umumta’limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar bir xilda ro‘yobga chiqadi. Ingliz tilida esa 


19 
muloqot, amaliy qo‘llash yetakchi funksiyani bajaradi, umumta’limiy, tarbiyaviy 
va rivojlantiruvchi maqsadlar unga bog‘liq holda ro‘yobga chiqariladi.
Ona tilini o‘quvchi amaliy tarzda egallaydi. Ikkinchi tilda amaliy malakalar, 
avval, qisman hosil qilingan, nazariy bilimlar ona tilidagidan kamroq hajmda 
bayon etiladi, albatta. Ingliz tili o‘rganishda esa qoida (oddiy nazariy bilim)lar 
amaliy ko‘nikma va malakalarni egallashni tezlashtirish (intensifikatsiya) va 
yengillashtirish (optimizatsiya) maqsadlariga bo‘ysundiriladi, o‘quv jarayonida 
nutqiy amaliyot (kommunikatsiya) birlamchi vazifaga aylanadi.
Maktabda o‘zbek, rus va ingliz tillarini o‘qitishga qo‘yiladigan dasturiy 
talablardan biri mazkur o‘quv fanlari orasidagi aloqadorlikni ta’minlashga 
imkoniyat yaratishdir. Ta’limda o‘quv fanlarining imkoniyatlarini birlashtirish 
ko‘zlangan maqsadga erishishning asosiy yo‘li sanaladi.
Sharoit tushunchasi qamroviga o‘quv muassasasi turi (maktab), 
o‘quvchining psixologik (yosh) xususiyati, til tajribasi, o‘quv predmetiga 
ajratiladigan vaqt (dars soatlari) kiradi. Mazkur tushuncha J.Jalolov, G‘.Rahimov, 
M.Djusupov va boshqalarning tillar ta’limshunosligi sohasidagi tadqiqotlarida 
ilmiy asoslangan. Ta’lim sharoitining birinchi tarkibiy qismi – o‘quvchilarning 
yosh xususiyatlari va umumiy saviyasi tushunchasidir. Ta’lim sharoitining ikkinchi 
tarkibiy qismi – «til tajribasi» tushunchasidir. Ta’lim sharoitining navbatdagi 
tarkibiy qismi – ingliz tiliga ajratilgan «vaqt» (soatlar) tushunchasini o‘z ichiga 
oladi. Boshqacha aytganda, «Qaerda?» savoliga a) ingliz tili nutqiy muhiti bor yoki 
yo‘q yerda o‘rgatish (O‘zbekiston Respublikasida ingliz tili sun’iy muhitda 
o‘rgatiladi); b) umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qitish 
tadqiqot ob’yekti sifatida tanlanadi. Kimlarga?» deganda a) (6)7-10 yoshgacha 
bo‘lgan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ingliz tili o‘rgatish; b) umumta’lim 
maktablarida uch til 

o‘zbek (ona) tili, ikkinchi (rus) til va ingliz tili (yoki boshqa 
til) o‘qitiladi. Bu o‘rinda o‘quvchilarning uch tildan to‘plagan til tajribalari 
e’tiborga olinadi. «Qancha vaqt?» deganda: a) o‘quv rejasidagi haftalik va yillik 
mashg‘ulotlar miqdori (I sinfda haftasiga 2 soatdan, o‘quv yilida 66 soat, II-IV 
sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘quv yilida 68 soat dars o‘tiladi); b) intensiv 


20 
(jadallashtirilgan qisqa muddatli) yoki ekstensiv (vaqt e’tibori bilan cho‘zilgan) 
sharoitda ta’lim berish (umumta’lim maktablarida ekstensiv ta’lim joriy etilgan) 
kabi tushunchalar nazarda tutiladi.
Ta’lim sharoiti tushunchasi ingliz tili ta’limida samaradorlikni ta’minlashda 
tabiiy sharoit, ingliz tili sohibi bilan kamida 1000 soat muloqotda bo‘lish, 
o‘qituvchining pedagogik mahorati, o‘quvchining yoshga oid fiziologik
psixologik va bilish faolligi xususiyatlari, o‘quv predmetiga ajratilgan vaqt hamda 
o‘quvchilarning o‘quv predmetiga nisbatan munosabati va o‘rganish layoqati kabi 
omillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu omillar haqida kengroq tasavvur hosil qilish 
maqsadida ingliz tilining tabiiy sharoitda o‘zlashtirilishi va sun’iy sharoitda 
o‘rganilishini qiyoslab ko‘ramiz:
Yazid
 
– 8 yoshli Malayziyalik bola. U maktabda ingliz tilini ikkinchi til 
sifatida o‘rganadi. Maktabdan tashqarida u ingliz tilidagi reklamalar va yo‘l 
belgilarini ko‘radi, turli nutq vaziyatlarida ingliz tilida sodir bo‘layotgan 
kommunikatsiya va interaksiyaning jonli guvohi bo‘ladi. Uyda esa u bolalar uchun 
ingliz tilidagi subtitrli ko‘rsatuvlarni tomosha qiladi. U o‘qituvchisi va tengdoshlari 
bilan o‘ziga tanish mavzularda ingliz tilida muloqot qila oladi.
Daniel
– 8 yoshda, millati rus, Norvegiyada istiqomat qilayotgan rus oilasida 
tug‘ilgan. Oslo shahridagi ayrim predmetlar ingliz tilida o‘qitiladigan maktabning 
3-sinfida o‘qiydi. Maktabdan tashqarida u norveg va ingliz tilida yozilgan 
peshtaxtalar va reklamalarni ko‘radi, ingliz tilida gaplashayotgan insonlar suhbatini 
tinglaydi. Shifoxonaga, do‘konga, istirohat bog‘iga borganida turli kasb vakillari 
bilan ingliz tilida muloqot qiladi. Uyida ota-onasi bilan rus tilida gaplashadi, badiiy 
hamda multiplikatsion filmlarni norveg tilidagi subtitr yordamida muntazam ko‘rib 
boradi. 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə