Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish


O‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish, o‘zlashtirishga motivatsiyasi (ichki  turtkisi)ni oshirish



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Ukuv qullanma

 
1. O‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish, o‘zlashtirishga motivatsiyasi (ichki 
turtkisi)ni oshirish.
 


14 
2. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning yoshiga mos jismoniy harakatlarini 
rag‘batlantirish.
 
3. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning o‘xshash jihatlaridan 
xabardor etish.
 
4. O‘quvchilarning vositachi til (metatil) tajribalarini rivojlantirish.
 
5. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning aloqadorligidan 
foydalanishga o‘rgatish.
 
6. O‘quvchilarni o‘rganilayotgan ingliz tili tuzilmasi bilan umumiy 
tanishtirish. 
7. Individual yondashish, ya’ni o‘quvchilarning xos xususiyatlari (har qaysi 
o‘quvchining tabiati, nimalarga qodirligi, qiziqishi, kim bilan do‘stlashishi, 
nimalarga salbiy munosabatda bo‘lishi)ni inobatga olib psixo-pedagogik tadbirlar 
olib borish. 
 
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning metodik tamoyillari
Ingliz tili o‘qitish metodikasining, (a) umumiy (nutqiy yo‘nalganlik, 
chegaralab va yaxlit o‘rgatish, mashqlar bajarish, til tajribasini hisobga olish), (b) 
xususiy (nutq namunasi asosida ingliz tili o‘qitish, til mashqi va nutq amaliyoti 
bog‘liqligi, nutq faoliyati turlarining o‘zaro bog‘liqligi, og‘zaki nutqning 
ilgarilashi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish, ibtidoiy bosqichni jadallashtirish), 
(d) maxsus (grammatikani o‘rgatish, leksikani o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va 
ingliz tili o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash) tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz 
pedagogik tamoyillarni umumlashtirishda xorijiy tillarni boshlang‘ich ta’limda 
o‘qitishga kommunikativ yondashuvni nazarda tutdik. 
1. Vizual yondashuv va multisensor (barcha nutq analizatorlarini to‘liq 
qo‘zg‘atuvchi) o‘rganishni tatbiq etish. Ya’ni o‘quv materialini puxta 
o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida ko‘rish, eshitish, harakat (nutq harakat va 
qo‘l harakat) analizatorlari ishtirokida ko‘plab mashq qilish. 
2. Yaxlit (leksika, grammatika va talaffuzga oid til materialini yaxlitligicha) 
o‘rgatish. 


15 
3. Nutqiy yo‘nalganlik (leksik, grammatik va talaffuz mashqlari nutq 
faoliyatini egallash maqsadida bajarish). 
4. Nutq namunalari asosida ingliz tili o‘rgatish. 
5. Ona tili va bilingv o‘quvchilarning ikkinchi tilini o‘zlashtirishdagi til 
tajribalarini hisobga olish.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə