Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish


O‘quv-metodik topshiriqlar



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Ukuv qullanma

 
O‘quv-metodik topshiriqlar 
1.
Konsepsiya atamasiga kengroq ta’rif bering. 
2.
Kritik Davr Gipotezasi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtiring.
3.
Chet tillarni boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturiga kiritish qarorining 
maqsadlarini tushuntirib bering.
4.
O‘zbekistonda 
boshlang‘ich 
ingliz 
tili 
ta’limining 
asosiy 
konsepsiyasini aniqlashtiring.
5.
Ingliz tili o‘qitish konsepsiyalarining bir-biridan farqini aniqlab oling. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1.
Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi: Chet tillar oliy o‘quv yurtlari 
(fakultetlari) talabalari uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2012. – 432 b. 
2.
Birdsong D., Bialystok E., Hakuta K. Second Language Acquisition 
and the Critical Period Hypothesis. – L.: Lawrence Erlbaum associates publishers, 
1999. – 182 p.
 


11 
1.2. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish tamoyillari 
 
Kalit so‘zlar:
didaktik, umummetodik, tamoyil, autentik material,
 
multisensor, nutq namunasi, korrelasiya, yondashuv,
verbalizatsiya, vizual, 
vositachi til 
 
Ta’lim tarbiya jarayoni didaktik, psixologik, lingvistik, metodik va boshqa 
qonuniyatlarga amal qiladi. Ularning ayrimlari barcha fanlar uchun umumiy 
bo‘lishi mumkin. Bu qonuniyatlar ta’limning umumdidaktik tamoyili deyiladi. 
Boshqa qonuniyatlar esa ayrim fanlarni o‘qitishga xos bo‘lishi mumkin, masalan; 
ingliz tili o‘qitish
 
tamoyillari. 
Tamoyil tushunchasi didaktikada hali to‘la hal etilmagan. Agar bir guruh 
tamoyillar ta’lim jarayonining qonuniyatlarini ifodalasa, ikkinchi guruh tamoyillar 
qaysidir nutq faoliyatining turiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni ifodalaydi, uchinchisi 
esa til materialining qaysidir bo‘limiga xos bo‘lgan tamoyillardir. Oxirgisi maxsus 
tamoyillar deyiladi
2
.
Tamoyil (prinsip) termini «asos bo‘ladigan yo‘l-yo‘riq, qonun-qoida» 
ma’nosini ifodalaydi. Ye.I.Passov fikricha, «tamoyil – o‘qitish jarayoni atalmish 
binoning poydevoridir»
3
.
Konsepsiya va tamoyillarning to‘g‘ri tanlanishi darsda tashkil etiladigan 
faoliyatning samaradorligini ta’minlaydi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning 
ushbu faoliyatga qiziqishlarini orttiradi.
Ilmiy 
manbalarda 
boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish 
konsepsiyalari va bir necha o‘nlab tamoyil (pritsip)larni olg‘a surilgan. Masalan, 
Yevropa Ittifoqining Ta’lim va madaniyat tadqiqotlar dasturi doirasida 2005-2006 
yillarda bajarilgan EAS 89/04, Lot 1 «Good Practice and Main Principles» 
mavzusidagi loyiha doirasida bajarilgan ilmiy tadqiqotda boshlang‘ich ta’limda 
2
Saydaliyev S.S. Chet tili o‘qitish metodikasidan ocherklar. – N.: Namangan, 2004. – 78-b.
3
Пассов Е.И., Кузовлева Н.Е. Урок иностранного языка. – М.: Голоса-Пресс, 2010. – 640 с. 


12 
xorijiy tillarni o‘qitishning asosiy tamoyillari muhimlik mezoni asosida quyidagi 
tartibda umumlashtirilgan: 
1) mazmunli kontekst va o‘quvchi yoshiga mos mavzu tanlash (didaktik); 
2) ingliz tili o‘rganishga ijobiy yondashish(pedagogik); 
3) xolistik o‘rganish (metodologik); 
4) ingliz tili amaliy mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning yoshga oid psixologik 
va jismoniy yetuklik darajalarini to‘liq inobatga olish (psixolingvistik); 
5) o‘quvchilarni o‘zgalarga nisbatan bag‘rikenglik va turli qadriyatlarni 
hurmat qilish ruhida tarbiyalash (pedagogik); 
6) vizual yondashuvga ustuvor ahamiyat bergan holda boshqa nutq 
analizatorlarining 
to‘liq 
ishtirokida 
o‘rganish 
(psixologik 
masalalarni 
metodologiyaga tatbiq etish); 
7) ingliz tili o‘rganishga motivatsiya uyg‘otish (ichki turtkini qo‘zg‘atish) 
(psixolingvistik); 
8) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olish (pedagogik); 
9) nutq hosil qilinishi uchun tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat 
qaratish (didaktik); 
10) mashg‘ulotlarni imkon qadar o‘rganilayotgan chet tilda tashkil etish 
(pedagogik); 
11) o‘quvchilarning ingliz tilio‘rganish strategiyalari va usullarini hisobga 
olish (didaktik). 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə