1. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati Oila byudjetini to'g'ri taqsimlash



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə1/6
tarix21.02.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#101162
  1   2   3   4   5   6
INSON SOG\'LOM TURMUSH TARZIDA EKOLOGIK TABIIY OZIQ OVQAT MAHSULOTLARINING ROLI


INSON SOG'LOM TURMUSH TARZIDA EKOLOGIK TABIIY OZIQ OVQAT MAHSULOTLARINING ROLI
Reja:
1. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati
2. Oila byudjetini to'g'ri taqsimlash
3. Aholini sanitariya-gigiyena jihatdan tarbiyalash
Tayanch iboralar: sog’lom turmush tarsi, turmush, oila byujeti, uy sharoiti, ovqatlanish, sanitariya-gigiyena.

Sog'lom turmush tarzining ahamiyati. Turmush tarzi- bu insonning ma’lum maqsad asosida o’zining yashashi, hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan turmush sharoitlarini o’zlashtirish usuli.Sog’lom turmush tarzi deganda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
-faol jismoniy harakatqilish, chiniqish jismoniy tarbya va sport bilan shug’ullanish
-kun tartibini oqilona rejalashtirish va unga doimo amal qilish; jismonan va ruhan toliqishga yo’l qo’ymaslik; aqliy va jismoniy mehnatni gigiyenik talablar asosida to’g’ri rejalashtirish;
-to’g’ri va sifatli ovqatlanish;
-shaxsiy va umumiy gigiyena talablariga rioya qilish;
-atrof-muhitni muhofaza qilish,ekologik madaniyatga erishish;
-yuqumli kasalliklar, jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning ro’y berishini oldini olish;
-to’g’ri jinsiy tarbiya olish;
-psixogigiyena talablariga amal qilsh;
-zararli odatlarga berilmaslik.
Yuqoridagi mezonlarga asoslanib quyidagi to’xtamga kelish mumkin: sog’lom turmush tarzi – bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko’nikmalarga ega bo’lish asosida hayotiy faoliyatni yo’lga qo’yish hamda salomatligini yuqori darajada bo’lishiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy hodisadir.
Respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini yaratishdir.
1. Oila byudjetini to'g'ri taqsimlash. Daromadlar bilan xarajat muvozanatini saqlash katta ahamiyatga molik. Xarajatlar aniqlanganda eng avvalo, ularning eng zaruriga pul ajratish maqsadga muvofiq. Eng zarur xarajatlarga — ovqatlanish, davolanish, kommunal xizmat va bilim olish sarflari kiradi. Kiyinish, dam olish, uy jihozlash, tomosha va nihoyat to'y-marakalar esa ikkinchi darajali sarflarga kiradi.
Oila mablag'ini oila a'zolarining ehtiyojlariga qarab, zarurlarini ajratib olib, to'g'ri taqsimlash davr talabidir.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə