Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Ukuv qullanma

BIRINCHI QISM 
 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O‘QITISH 
METODIKASINING TA’LIMSHUNOSLIK ASOSLARI
 
1.1. Boshlang‘ich ta’limda ingliz tili o‘qitish konsepsiyalari 
 
Kalit so‘zlar: 
konsepsiya, Kritik Davr Gipotezasi,
 
kommunikativ 
kompetensiya,
 
madaniyatlararo muloqot,
 
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim 
 
Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 60 foizi ikki yoki undan ortiq 
tillarda so‘zlasha olishi barchaga ma’lum. Jahonda globallashuv jarayonlarini 
tezlashtirish, erkin bozor munosabatlariga o‘tish va ishlab chiqarishga yuqori 
texnologiyalarni joriy etishning rag‘batlantirilishi «lingvistik kapital»ga, ya’ni chet 
tillarni (ayniqsa, ingliz tilini) mukammal egallagan mutaxassislarga ehtiyojni 
kuchaytirmoqda.
Chet til ta’limida sifat va samaradorlikni ta’minlash maqsadida chet tillarni 
o‘rganish/o‘rgatish yoshini qisqartirish tajribasi ommalashib bormoqda. Bunga 
«the younger the better / early is better» mazmunidagi tushunchaning keng 
tarqalganligi sabab bo‘ldi. Boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturiga ingliz tilini kiritish 
qarori quyidagi xulosalarga asosalanib ma’qullangan:
Critical Period Hypothesis states that there is a limited developmental period 
during which it is possible to acquire a language, be it L1 or L2, to normal, native-
like levels. – Kritik Davr Gipotezasi ona tili bo‘ladimi, chet tilmi, chet tilda tabiiy 
nutqqa yaqin darajada egallanishi mumkin bo‘lgan chegaralangan rivojlanish davri 
mavjudligini ta’kidlaydi.
... kichik yoshdagi bolalar yaxshiroq va osonroq o‘rganishadi. 
...uzoqroq o‘rganish davri maktab ta’limi yakuniga qadar malakalarning 
yuqoriroq darajada egallanishiga olib keladi. 
Chet til, xususan, ingliz tilini kichik yoshdan o‘rganish va o‘rgatish ham o‘z 
tarixiga ega. Kichik yoshdan inliz tili o‘rganish va o‘rgatish dastlab yuqori tabaqa 



oilalarda tajriba qilingan bo‘lsa (Anna-and-the-King-of-Siam), 1950 - yillarda 
AQSH va Yevropa mamlakatlarida ommaviy tus oldi va o‘n yil ichida «Foreign 
Language in Elementary School» dasturi asosida ta’lim oluvchi o‘quvchilar soni 
bir millionga yetdi. Fransiya, Shvetsiya va Gollandiyada esa 1950-yillar o‘rtalarida 
«English without a book» dasturi asosida ingliz tili 3-sinfdan o‘qitila boshlandi.
1997 - yil fevral oyida Grats (Avstriya) shahrida Zamonaviy tillar Yevropa 
markazi (ECML) boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish muammolariga 
bag‘ishlangan «Foreign Language Education in Primary Schools» mavzusida 
xalqaro seminar, 1997 - yil aprel oyida Vorvik (Angliya) shahrida «Warwick 
Euroconference on Teaching of Foreign Languages in European Primary Schools» 
mavzusida, 1998 - yil yanvar oyida Grats shahrida «Foreign language education in 
primary schools - an international concern to be implemented in national contexts» 
mavzusida, 1999 - yil Brussel (Belgiya)da ingliz tili ta’limida sifat va 
samaradorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan loyihalar muhokamasiga 
bag‘ishlangan anjuman (Stimulating language learning: The European Label), 
2007 - yil Gersen nomidagi davlat pedagogika universitetida (Sankt-Peterburg) 
boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘rgatish/o‘rganish metodlari va pedagoglar 
tayyorlash muammolariga bag‘ishlangan (Early Foreign Language Education) 
xalqaro seminar, 2008 - yil Bangalor (Hindiston)da boshlang‘ich ta’limda xorijiy 
tillarni o‘qitish xalqaro tajribalarni ommalashtirishga bag‘ishlangan (The Way 
Forward: Learning from International Experience of TEYL) xalqaro konferensiya 
o‘tkazildi.
2013 - yil Moskva (Rossiya)da «Chet tillarni o‘qitish nazariyasi va 
amaliyoti: an’analar va innovatsiyalar» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-
amaliy konferensiyada ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘qitish 
metodikasining dolzarb muammolari muhokama etildi. Yuqorida qayd etilgan 
seminar va konferensiyalarda boshlang‘ich ingliz tili ta’limida sifat va 
samaradorlikni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning: a) psixologik asoslari 
I.A.Zimnyaya (1991), D.M.Singlton (1995), D.Singlton va L.Ryan (2004), 



Z.Dorney (2005), P.M.Laytboun, N.Spada. (2006), A.P.Sinelnikov (2009), 
M.Villiams, R.L.Bedn (2010); b) pedagogik asoslari V.A.Skot, L.X.Yetrberg 
(1992), S.Xallivel (1993), K.Grant (2002), J.Mun (2005), S.Xorner, V.Rif (2007), 
A.Pinter (2011), D.Veil, A.Faunteyn (2011); d) metodologik asoslari 
N.D.Galskova, Z.N.Nikitenko (2004), L.Kamerun (2005), K.T.Linz, D.Nyunen 
(2005), N.A.Gorlova (2010) kabi olimlar tomonidan nashr ettirilgan adabiyotlarda 
atroflicha yoritilgan. 
Sohaga oid adabiyotlarning qisqacha sharhidan ma’lum bo‘ladiki, tadqiqotlar 
turli ta’lim sharoitlarida olib borilgan. Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda kichik 
yoshdagi ingliz tili o‘rganuvchilar sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi 
tarbiyalanuvchilari nazarda tutilgan bo‘lsa, ayrimlarida 5 yoshdan 12 yoshgacha 
bo‘lgan o‘quvchilarga ingliz tili o‘qitish jarayoni tadqiqot ob’yekti sifatida 
tanlangan. 
 
Yuqoridagi adabiyotlarda «

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə