Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Ukuv qullanma

Tillararo 
nazariyaga muvofiq ingliz tili o‘rganish jarayoniga ta’sir etuvchi 
barcha omillar hisobga olinishi lozim. Bu omillar ingliz tili o‘rganuvchining 
yoshga oid (psixologik va bilish faolligi) xususiyatlari, ta’lim mazmuni va maqsadi 
hamda ularga muvofiq ishlab chiqilgan ta’lim vositalaridan iboratdir. Mazkur 
nazariyaga muvofiq ingliz tili o‘rganish jarayonida o‘quvchi til tajribasiga tayanib 
ingliz tilidagi kommunikatsiyaning yangi lisoniy tizimi «aralash/tillararo kod»ni 
shakllantiradi. Ya’ni ona tili tajribasi ikkinchi tilni o‘rganishda, so‘ngra ularning 
ikkovi ingliz tilini egallashda (tillararo transpozitsiya va interferensiya) ijobiy va 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan, darslik va dasturlar tuzishda tillararo 
interferensiya va o‘quvchining til tajribasi hisobga olinadi, ta’lim berishga 
mo‘ljallangan qoidalar (oddiy nazariy bilimlar) amaliy ko‘nikma va malakalarning 
egallanishini tezlatish va soddalashtirish maqsadlariga bo‘ysundiriladi. Ya’ni 
ayrim zaruriy qoidalar yoki nazariyalarning elementlari ingliz tili o‘rganish 
jarayonini tezlashtirish va osonlashtirish maqsadida bayon etiladi.
Lekin N.Galskova va Z.Nikitenkolar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 
darsliklar yaratilishida tillararo interferensiyaga ko‘p e’tibor qaratilishi natijasida 
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari (ularning motivatsiyasi va ijtimoy-madaniy 
tajribalari) inobatga olinmayotganligini ta’kidlashmoqda.
Chunki ushbu nazariya asosidagi ta’limshunoslikda chet tilni bilish deganda, 
xatolardan xoli bo‘lmasa-da, shu tilda gapirish/gaplashish, o‘qish, tinglab 


25 
tushunish va yoza olish layoqatiga ega bo‘lish tushuniladi. Xatolarning yo‘qligi til 
va nutq materiali yod olinganligini anglatadi. Bu esa ingliz tili kommunikatsiya va 
interaksiya vositasi darajasida o‘zlashtirildi, degan xulosaga olib kelmaydi. 
Aksincha, xatolar o‘quvchining nutqiy faoliyat yuritish maqsadida ijod 
qilayotganligidan dalolat beradi.
Shuning uchun xatolardan qo‘rqish kerak emas, aksincha, xatolar 
o‘quvchining tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishga harakat 
qilayotganligidan guvohlik beradi. Shuningdek, xatolar til materiali o‘quvchi 
uchun qiyin ekanligini ham anglatadi, ya’ni xato qiyinchilik hosilasidir. O‘qituvchi 
esa xatolarni tahlil qilishi va istiqbolda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishi 
lozim. Ushbu nazariya asosida Rossiyada shaxsga yo‘naltirilgan (lichnostno 
orientirovanniy podxod) va faoliyatga yo‘naltirilgan (deyatelnostniy podxod) 
yondashuvlari asosidagi shaxs faoliyatiga yo‘naltirilgan metod (lichnostno-
deyatelnosniy metod) hamda faoliyatga yo‘naltirilgan kommunikativ ongli 
yondashuv (deyatelnostniy kommunikativno-kognitivniy podxod) targ‘ib va tatbiq 
etilmoqda. Faoliyat deganda, nutq faoliyati turlari nazarda tutiladi.
O‘zbekistonda ingliz tili ta’limi ikkinchi tildagi axborot sohibini (kognizant) 
shakllantirishga yo‘naltiriladi, ya’ni o‘rganilayotgan til sohibi yaratgan madaniy 
merosning o‘rganilishi ingliz tili ta’limining bosh maqsadidir. Ikkinchi tildagi 
axborot sohibi deganda, autentik muloqot vaziyatlarida o‘zga madaniyat vakili 
bilan chet tilda adekvat muloqot qilish kompetentligiga ega shaxsni tushunish 
mumkin. Tilni o‘rganish chog‘ida o‘quvchi lingvistik bilimlar to‘plash bilan emas, 
balki nutqiy va madaniy malakalari (kompetensiyalari)ni oshirish bilan mashg‘ul 
bo‘ladi. Ingliz tili kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan, 
kompetensiyani egallashga mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida o‘rgatiladi.
Bu integrativ yondashuv Yevropa ta’limidagi «Content and Language 
Integrated 
Learning» 
yondashuvidan 
farq 
qiladi. 
Ingliz 
tili 
ta’limida 
kommunikativ-kumulyativ metod tatbiq etiladi. Muloqotdoshlarning bir-birini 
tushunishlari ingliz tilini bilishning asosiy mezoni hisoblanadi va shu sababdan 


26 
o‘zaro tushunishga to‘sqinlik qilmaydigan xatolarga vaqtincha ko‘z yumish 
mumkin.
Tillararo nazariya asosidagi ingliz tili o‘qitishning shaxsga va faoliyatga 
yo‘naltirilgan kommunikativ yondashuvi o‘quvchilarga imkon qadar tezroq va 
qo‘rquvsiz jonli muloqotga kirishish imkoniyatini yaratadi. Xatolardan 
qo‘rqmaslik, ta’lim mazmuniga jiddiy urg‘u berilishi o‘quvchilarning 
o‘rganilayotgan chet tildan foydalanish ishtiyoqini kuchaytiradi.
Ushbu yondashuvga muvofiq ingliz tili o‘rganish jarayoniga ta’sir etadigan 
a) o‘quvchining psixologik va yoshga oid xususiyatlari; b) ona tili, rus tili va ingliz 
tili o‘rtasida farq – tillararo interferensiya; d) ta’lim vositalari; e) ta’lim 
muassasasi; f) o‘qituvchining mutaxassislik mahorati kabi barcha omillarning 
hisobga olinishi tavsiya etiladi.
Ma’lumki, ingliz tili tabbiy sharoitda muvaffaqiyatli o‘zlashtiriladi. 
Geografik jihatdan olisda joylashgan va til sohibi bilan muloqatda bo‘lish 
imkoniyati mavjud bo‘lmagan ta’lim sharoitidagi ingliz tili o‘rganish jarayonida 
amaliy maqsadga erishish murakkablashadi. Aynan shu vaziyat ingliz tili o‘quv 
predmetini o‘qitishda qator qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Shu sababdan o‘quv 
jarayonini tabiiy muhitga yaqitlashtirish, darslarda tabiiy nutq vaziyatlarini yaratish 
yuzasidan izlanishlar olib boorish muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni: 
– o‘quv soatlarining miqdoriy chegarasini kengaytirish va maktabdan 
tashqarida ham ingliz tilidan muloqot vositasi sifatida foydalanish (zamonaviy 
aloqa vositalardan foydalanib horijlik tengdoshlar bilan muloqot qilish, multfilm 
va badiiy filmlar namoyish etish orqali) imkoniyatlarini kengaytirish; 
– o‘quvchilarni ingliz tili o‘rganishga ichki turtki (motivatsiya)sini 
oshirishga hizmat qiladigan syujetli, rolli va didaktik o‘yinlar tashkil etish; 
– sinfxona interyerini devoriy ko‘rgazmalar, kitoblar burchagi, o‘quvchilar 
tomonidan yaratilgan turli albomlar va portfoliolar bilan jozibadorlashtirish orqali 
u yerda ingliz tilida muloqot qilish muhitini yaratish;


27 
– ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mini proyektlar, ertaklar sahnalashtirish orqali 
o‘quvchilarda o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlashdan zavqlanish tuyg‘ularini 
barqarorlashtirish.
Maqsad odatda mazmunni belgilaydi, ya’ni mazmun ta’lim chog‘ida 
o‘zlashtiriladigan o‘quv-metodik hodisa bo‘lsa, uning mahsuli erishiladigan 
maqsad sari olib boradi. Ingliz tili o‘qitishning amaliy maqsadi (nutq faoliyati 
turlarini egallash)da muayyan til materialini qo‘llash hamda til birliklari nutq 
ko‘nikma va malakalarining shakllanishida ishtirok etishda aniq chegaralar qo‘yish 
kabi metodik muammolar yechiladi.
Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning o‘rganish va o‘qituvchining o‘rgatish 
maqsadidagi intilishlari har doim ham o‘zlashtirishiga olib kelmasligi mumkin. 
Bunday hodisa ayniqsa ingliz tili o‘qitish jarayonida tez-tez kuzatiladi.
O‘qituvchining ingliz tili o‘rgatish borasidagi harakatlari va o‘quvchining 
ko‘plab mashqlar bajarishi natijasida ingliz tili belgilangan darajada egallanmasligi 
mumkin. Bunga sabablardan biri sifatida darslik yaratishda Yevropa tajribalariga 
taqlid qilinishi va ta’lim sharoitini inobatga olinmaganligini ko‘rsatish mumkin. 
Chunki ayrim darsliklarda nutqiy malakalarning egallanishiga hizmat qiluvchi 
mashqlarga ustuvor ahamiyat qaratilgan bo‘lsa, ayrimlarida tilga oid malakalar 
egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlar miqdori sezilarli darajada ko‘p. Bizningcha 
ingliz tili o‘qitishda nutqiy va lisoniy kompetensiyalarning teng egallanishiga 
zamin yaratadigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi mashqlarning 
miqdoriy ratsioniga muhim ahamiyat qaratish zarur.
Buning uchun quyidagi metodik atamalarning mazmunini aniqlab olishimiz 
zarur bo‘ladi: 
Bilim – shaxsning bilish faoliyati mahsuli (tasavvur va tushunchalardan 
iborat ong mazmuni); ingliz tili nutqida leksika, grammatika, talaffuz, o‘qish 
qoidasi, imloni o‘zlashtirish va ularga oid sodda mavhumotni bilish; fonetika, 
leksika va grammatikaga oid til materiali va undan og‘zaki va yozma nutqda 
foydalanish qoidalari; til hodisalarining shakli, vazifasi va ma’nosi; til hodisalarini 


28 
(masalan, mamlakatshunoslik va lingvomamlakatshunoslik va b.) to‘g‘ri qo‘llash 
uchun zarur bo‘ladigan boshqa ma’lumotlar.
Bilim ingliz tilini egallashning dastlabki elementi hisoblanadi. Aytish 
mumkinki bilim ingliz tili o‘rganish jarayonining poydevori va zahirasi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Mashqlar bajarish jarayonida malaka va ko‘nikmaga aylanadigan 
bilim tilning o‘rganilishini ta’minlaydi.
Ko‘nikma – (A.N.Leontyev: – mustahkamlangan operatsiya) ongli 
bajariladigan chet tilda nutq malakasining avtomatlashgan tarkibiy qismidir.
Lisoniy ko‘nikma – u yoki bu harakatda tilga oid bilimlarni ongli va to‘g‘ri 
qo‘llash, muloqotning lisoniy vositalari (leksika, grammatika, talaffuz)dan ongli 
ravishda foydalanishni anglatadi va u til haqidagi qoidalardan kommunikatsiya va 
interaksiya jarayonida uddaburonlik bilan foydalanib, fikrning adekvat 
ifodalanishini va talqin etilishini kafolatlaydi.
Malaka – ong ishtirokisiz avtomatlashgan faoliyat bo‘lib nutqiy (tinglab 
tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv) malakalari hamda lisoniy (leksika, 
grammatika, talaffuz) malakalar farqlanadi. Ingliz tili o‘qitish metodikasida malaka 
termini turlicha sharhlanadi. Mas. ta’limshunoslikda bu tushunchalar “birlamchi 
malaka”, “ko‘nikma”, va “malaka” tarzida talqin etiladi. N.I.Jinkin ta’rificha 
malaka o‘zga sharoitda qo‘llanadigan ko‘nikmaning harakat usulidir.
Ko‘nikma 
ruhshunoslikda 
(ongli 
avtomatlashgan 
harakat) 
va 
ta’limshunoslikda (u yoki bu harakatda bilimlarni ongli va to‘g‘ri qo‘llash) turlicha 
ta’riflanadi. Mualliflar ko‘nikmani “u yoki bu aqliy harakatni bir xil sharoitda ko‘p 
marta takrorlash natijasida hosil qilinadigan ongli faoliyatdagi avtomatlashgan 
qism” shaklida ta’riflaydilar.
J.Jalolov ko‘mikma va malaka haqidagi ta’limotni ingliz tili o‘qitishga 
tadbiq etishda, ko‘nikmani nutq faoliyatining avtomatlashgan qismi, deyishni va 
nutq faoliyati turlarining leksik, grammatik va talaffuz ko‘nikmalari tushunchasini 
tavsiya etadi
4
.
4
Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi: Chet tillar oliy o‘quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. – T.: 
O‘qituvchi, 2012. – 432 b. 


29 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə