Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 443,37 Kb.
səhifə5/88
tarix01.06.2023
ölçüsü443,37 Kb.
#114923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti-fayllar.org

Tayanch so‘z va iboralar. 

1.Yog‘ - moy sanoati


2.Moy juvoz
3.Gidravlik presslar
4.Oziq-ovqat sanoat
5.Ekstraksiya

Takrorlash uchun savollar.
1.Respublikamizda yog‘-moy ishlab chiqaruvchi korxonalar turlari.
2.Yog‘-moy korxonalaridagi rivojlanishning boshlanishi.
3.Mustaqillik davrida yog‘-moy sanoatining rivojlanishi.
4.Yog‘-moy korxonalaridagi qilinayotgan o‘zgarishlar.



8
2-MA’RUZA

MOYLI XOM ASHYOLARNING ASOSIY TURLARI, ULARNI SAQLASH
VA SAQLASHDAGI BIOKIMYOVIY JARAYONLAR

Reja: Moyli xom ashyoning asosiy turlari. Moyli xom ashyolarni saqlash.
Saqlash davomida xom ashyoda ro‘y beradigan biokimyoviy o‘zgarishlar. Kritik
namlik tushunchasi. Anaerob va aerob holatlar. Urug‘larning nafas olishi. O‘z -
o‘zidan qizish holati. Moyli urug‘larni saqlash tartiblari.


Moyli xom ashyolar deb, sanoat miqyosida moy ishlab chiqarilganda
iqtisodiy samara beradigan moyli urug‘larga aytiladi.

Moyli xom ashyolar quyidagi turlarga bo‘linadi:


1. Faqat moy olish maqsadida o‘stiriladigan o‘simliklar urug‘i (kungaboqar, raps,
kunjut)
2. Faqat moy olish maqsadida emas, balki boshqa maqsadlar uchun ham
o‘stiriladigan o‘simliklar urug‘i:
a) to‘qimachilik sanoati uchun (paxta, kanop)
b) atir-upa sanoati uchun (koriandr-kashnich)
v) eng qimmatbaho qismi oqsil va uglerod bo‘lgan o‘simliklar (soya, gorchitsa,
yeryong‘oq).
3. Meva, sabzavot va poliz ekinlarini urug‘i ham ikkinchi darajali moy olinadigan
xom ashyolar hisoblanadi:
a) boshqa ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisi (makkajo‘xori, guruch va
bug‘doy kurtaklari)
b) tarkibida moyi bo‘lgan oziq-ovqat sanoati chiqindisi (o‘rik, shaftoli, olcha,
olxo‘ri, uzum danaklari, qovun, tarvuz, pomidor urug‘lari).
O‘simlik urug‘i, ya’ni moy olish mumkin bo‘lgan xom ashyolar 2 guruhga
bo‘linadi:
1) po‘stloqli; 2) po‘stloqsiz.
Kungaboqar, paxta chigiti, soya, yeryong‘oq po‘stloqli urug‘lar jumlasiga
kiradi, ular qayta ishlanganda albatta chaqiladi va mag‘iz po‘stloqdan ajratiladi. Raps,
zig‘ir, kunjut po‘stloqsiz urug‘larga kiradi. Bu urug‘lar chaqilmasligiga sabab,
ularning pustlog‘i yupqa va mag‘izga yopishgan holda bo‘ladi. Agar biz ishlab
chiqarishda, ya’ni urug‘larni qayta ishlaganda chaqsak, moyni chiqishi kamayib
ketgan bo‘lar edi, chunki chaqilganda po‘stlog‘i bilan birgalikda mag‘iz ham o‘tib
ketib, isrofgarchilikka olib keladi.
Urug‘lar moyliligiga qarab uch turga bo‘linadi:
1) sermoy urug‘lar;
2) o‘rtacha moyli urug‘lar;
3) kam moyli urug‘larga bo‘linadi.
Sermoy urug‘larga: kunjut, kanakunjut, kungaboqar, zig‘ir kiradi. Ularning
mag‘izi tarkibida 56-75% moy bo‘ladi.


9
O‘rtacha moyli urug‘larga: chigit, yeryong‘oq, raps kiradi. Ularning mag‘izi


tarkibida 36-55% moy bo‘ladi.
Kam moyli urug‘larga: loviya va shunga o‘xshash o‘simliklarning urug‘lari
kiradi. Ular mag‘izi tarkibida 15-35% gacha moy bo‘ladi.

Moyli urug‘larni kimyoviy tarkibi: (xarakateristikasi)


1-jadval

Moyli xom
ashyolar

Yog‘ miqdori,


%

Oqsil miqdori,


%
Sellyuloza,
%

Kul miqdori,


%

1
Kungaboqar


45-55
16-20
13-14
2,9-3,8
2
Paxta chigiti
a)o‘rtatolali
b)ingichkatolali

22,29-23,28


24,49-25,23

25,52-28,50


29,4

17,95-18,71


12,4

4,17-4,30


4,50
3
Maxsar
31,55
15.62
41,03
2,54
4
Zig‘ir
59,15
19,10
1,29
4,36
5
Gorchitsa

32-46,9
20,5-29,7


8,2-11,1
4,8-5,5
6
Raps (indov)
40,3-46,2
25-26,3
4,6-6,2
3,7-5,4
7
Er yong‘oq
40,2-60,7
20-27,2
1,2-4,9
1,8-4,6
8
Kanakunjut
43,84
20,20
18,40
3,84
9
Ko‘knori (nasha)
30,2-38,3
17,6-25,1
13,8-26,9
2,5-6,8
10 Loviya
19,2-21,1
35,8-43,6
4,3-5,3
2,8-5,6


Yüklə 443,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə