Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 443,37 Kb.
səhifə8/88
tarix01.06.2023
ölçüsü443,37 Kb.
#114923
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti-fayllar.org

Urug‘larni quruq holda saqlash. Moyli urug‘larni bu holda saqlash juda
keng tarqalgan bo‘lib, eng arzon va oson usuldir. Ma’lumki, quruq holda
saqlanayotgan xom ashyo namligi kritik namlikdan iloji boricha past bo‘lishi lozim.
Past namlik bilan saqlanayotgan xom ashyo tarkibida oksidlanish jarayoni sust, nafas
olish nihoyatda sekin, mikroorganizmlarning ta’siri juda kam bo‘ladi, chunki past
namlikda saqlanayotgan xom ashyo yarim anabioz holda bo‘ladi.
Urug‘larni sovitilgan holda saqlash. Hamma tirik komponetlar ma’lum
haroratda rivojlanadi. Optimal haroratdan past haroratda urug‘larning ham,
mikroorganizmlarning ham hayotiy rivojlanishi susayadi. Bu 10
o
С dan past haroratda
kuzatiladi. Moyli urug‘larning kam issiqlik va harorat o‘tkazuvchanligini hisobga
olib, ularni saqlashdan oldin bir marotaba sovitib olinsa, bu holat o‘zoq muddat
saqlanib turishi mumkin. Lekin bu usulda saqlash uchun omborxonalar deyarlik
germetik bo‘lishi va mahsus sovutish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Bu esa albatta juda qimmat turadi.
Havosiz joyda saqlash tartibi. Yuqorida o‘rganilgan ma’lumotlardan
ma’lumki xom ashyo havosiz joyda saqlansa unda faqatgina anaerob nafas olish
jarayoni bo‘ladi. Bu esa o‘z yo‘lida xom ashyoni nisbatan uzoqroq vaqt saqlash
imkonini beradi. Lekin havosiz joyda saqlash uchun omborxona nihoyat germetik
bo‘lishi shart. Bunday omborxonalar qurish nihoyatda katta mablag‘ talab qiladi.
Turli moyli urug‘larning saqlanish xususiyatlari. Barcha turdagi moyli
urug‘lar uchun ishlatilayotgan omborxonalar quruq bo‘lishi kerak, pol yer osti
suvlaridan izolyasiyalangan bo‘lishi, devorlar oqlangan yoki bo‘yalgan bo‘lishi
lozim. Tom yomg‘ir va qor suvlarini o‘tkazmasligi, eshiklar zich yopilishi kerak.
Omborxona urug‘ tashlanishidan oldin barcha chiqindilardan, har xil
kemiruvchilardan tozalanishi va mumkin bo‘lgan pereparatlar bilan dizenfeksiya
qilinishi kerak. Asosiy talab shundan iboratki, omborxona toza, quruq va yaxshi
ventillyasiyalanadigan bo‘lishi lozim. Saqlashning asosiy usullari yirik o‘lchamli
urug‘lar uchun to‘kib saqlanish, mayda o‘lchamli urug‘lar uchun esa qoplarda,
mahsus konteynerlarda yoki siloslarda bajariladi.


14


Yüklə 443,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə