Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 443,37 Kb.
səhifə9/88
tarix01.06.2023
ölçüsü443,37 Kb.
#114923
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti-fayllar.org

1.Kanakunjut (keleshivina) saqlanishi. Bu urug‘ning namligi 6% gacha


bo‘lganda omborxonaga to‘kilib, urug‘ning qalinligi 5m gacha bo‘lgan qalinlikda
saqlanishi mumkin. Agar namligi 6% dan yuqori bo‘lsa, unda saqlanayotgan
urug‘ning qalinligi 3m gacha kamaytirilishi kerak.
2.Konop, indov - bu urug‘lar o‘lchamlari mayda bo‘lishiga qaramasdan
namligi 8% gacha bo‘lganda, to‘kish yo‘li bilan saqlash mumkin. Namligi yuqori
bo‘lganda o‘zoq saqlamasdan qayta ishlash lozim.
3.Gorchitsa urug‘i – bu urug‘ saqlanishidan oldin imkon boricha to‘la
tozalanishi lozim, aks xolda tez buziladi. Saqlanayotgan gorchitsa urug‘ining namligi
8% dan oshmasligi kerak.
4.Soya urug‘i – tarkibida 50% gacha oksil modda bo‘lganligi sababli u
nihoyatda gigroskopik hususiyatga ega. Shuning uchun soya urug‘i saqlash
jarayonida tez buziladi. Uzoq muddatga saqlanayotgan urug‘ namligi 11% dan
oshmasligi kerak.
5.Kungaboqar urug‘i – moyliligi yuqori bo‘lganligi sababli kritik namligi
ancha past, shuning uchun uzoq muddatga mo‘ljallab saqlanayotgan kungaboqar
urug‘i namligi 6–7 %dan oshmasligi kerak. Kungaboqar va soya urug‘lari silos
tipidagi yer omborxonalarida saqlanishi lozim.
6.Paxta chigiti (o‘rta tolali) – ustida 4,5% dan oshiq bo‘lmagan lint qoplami
bo‘lganligi tufayli bu urug‘ning oquvchanligi juda past, shuning uchun paxta chigiti
poli tekis yoki qiya bo‘lgan usti yopiq omborlarda saqlanadi. Uzoq muddatga (2
oydan oshiq) mo‘ljallab saqlanayotgan chigit namligi 1-3 navlar uchun 9% dan oshiq
bo‘lmasligi kerak. Namligi 9% dan oshiq bo‘lgan va 4-nav chigitlari birinchi
navbatda saqlanmasdan ishlatilishi lozim. Omborxonalarning hajmi yetishmagan
hollarda o‘rta tolali paxta chigiti ochiq maydonchalarda ham piramida shaklida
saqlanishi mumkin.
Ingichka tolali paxta chigiti ustidagi lint qavati 4,5% dan kam bo‘lib, asosan
yopiq poli qiya bo‘lgan omborxonalarda saqlanadi
.


Yüklə 443,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə