Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 443,37 Kb.
səhifə14/88
tarix01.06.2023
ölçüsü443,37 Kb.
#114923
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti-fayllar.org

Tayanch so‘z va iboralar. 

1. Mineral aralashmalar.
2. Organik aralashmalar.
3. Metal aralashmalar.
4. Elak.
5. Aerodinamik xususiyat.
6. Qoldiq ifloslik.
7. Kritik tezlik.


Takrorlash uchun savollar. 

1. Moyli urug‘lardagi har xil aralashmalar turlari.


2. Urug‘larni tozalash usullari.
3. Urug‘larni aerodinamik xususiyatlariga qarab tozalash.
4. Urug‘larni o‘lchamlariga qarab tozalash.


24
4-MA’RUZA

URUG‘LARNI NAMLIGIGA KO‘RA KONDENSATSIYALASH
JARAYONI

Reja: Moyli urug‘larni quritish va namlash nazariyasining asoslar. Quritish
jarayonida urug‘larni biokimyoviy-fiziologik xususiyatlarining o‘zgarishi. Quritish
jarayoning olinayotgan moy sifatiga ta’siri.

Zamonaviy quritish nazariyasi asosini, material bilan namlik orasidagi


bog‘lanish turlarini, material ichiga issiqlik va namlikni o‘tkazish qoidalarini,
quritilayotgan material yuzasiga atrof muhitdan issiqlik va massa almashinishi
qonuniyatlarini o‘rganish tashkil etadi.
Moyli urug‘lar turli shakldagi energiya bog‘lariga ega bo‘lgan namlik saqlovchi
kapillyar-g‘ovaksimon kalloid materialdir. Material bilan namlikni bog‘lanish
xarakteri, asosiy xal qiluvchi ahamiyatga ega. Material bilan namlik orasidagi
bog‘lanish shaklini bir necha klassifikatsiya sxemasi mavjud.
Professor P.A.Rebinder klassifikatsiyasi bo‘yicha moddalar tarkibidagi suv 3
xil turda bog‘langan holda bo‘ladi: ximiyaviy, fizik-ximiyaviy va mexanik.
Kimyoviy yoki stexiometrik bog‘langan suv. Bu turdagi bog‘langan suv
mahsulot bilan kimyoviy bog‘ orqali bog‘langan bo‘lib, suvni mahsulot tarkibidan
siqib yoki bug‘latib chiqarish nihoyatda katta issiqlik energiyasi talab qiladi. Sanoat
doirasida quritilayotgan xom ashyodan bunday turdagi suvni oddiy quritish yo‘li
bilan uchirish mumkin emas. Moyli urug‘lar tarkibida kimyoviy bog‘langan suv
nihoyatda kam bo‘lib, faqat mahsulotning tarkibidagi mineral moddalar bilan
birikkan bo‘ladi.
Masalan: Ca SO
4

.
5H


2
O; CuSO
4
.
H
2
O
Fizik-kimyoviy bog‘langan suv. Bu turdagi suv qattiq mahsulot tarkibida
adsorbsiyalangan holda, osmotik ravishda yutilgan holatda, hamda strukturali suv
holatida bo‘ladi. Quritish davrida birinchi navbatda strukturali, keyinchalik osmotik
yutilgan va oxirida adsorbsiyalangan suv uchib chiqadi.
Mexanik bog‘langan suv. Bu turdagi suv asosan xom ashyo tarkibidagi makro va
mikro kapilyarlar ichidagi suvdan iborat. Bu kapillyar ichidagi suv kapillyar yuzasi
tortilish kuchi va bosim ta’sirida ushlanib turiladi. Quritish paytida birchi galda
mahsulotni pishirish uchun sarf bo‘lgan suv uchib ketadi, keyinchalik esa kapillyar
bog‘langan suv uchadi. Mexanik bog‘langan suvni uchirish uchun esa issiqlik
energiya sarflanadi. Yuqoridagi suvning bog‘lanish turlariga qarab, sanoatda bir
necha turdagi quritish usullari qo‘llaniladi.


Yüklə 443,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə