Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Yog‘-moy sanoatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi



Yüklə 443,37 Kb.
səhifə3/88
tarix01.06.2023
ölçüsü443,37 Kb.
#114923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti-fayllar.org

Yog‘-moy sanoatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi. Qadim
zamonlardan buyon o‘simlik moyi uchun xom ashyo – zig‘ir, nasha o‘simligi va
paxta chigiti moyi ishlab chiqarish bo‘yicha 1- o‘rinni egallib kelgan. Kungaboqar


4
Yevropaga Janubiy Amerika va Meksikadan keltirilgan. XVI-asr boshlarida Ispaniya


o‘zlashtirgan, keyinchalik Sharqda tarqala boshlagan. Moy olish uchun kungaboqarni
Rossiyada yetishtirish 1829 yilga to‘g‘ri keladi.
Turkiston o‘lkasi paxtachilik sohasida qadim zamonlardan buyon dunyoga
mashhur. Iqlim, yer va suv sharoitlarning qulayligi sababli paxtadan mo‘l hosil olib
kelingan. Dehqonlar paxtaning bir qismini shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ip,
bo‘z, gazlama tayyorlashga olib qolib, ko‘p qismini savdogarlarga sotganlar.
O‘lkada paxta tozalash korxonalari bo‘lmaganligi sababli paxta chigiti bilan
birga chet elga chiqarilib yuborilgan. Faqat qismangina chigit qovun, tarvuz urug‘lari,
kunjut, zig‘ir va meva danaklari bilan aralashtirilib, yog‘ olish uchun moy-juvozlarda
ishlatilgan xalos. Bunday moyni zig‘ir yog‘i deb ataganlar.
CHigit to tola ajratish mashinasi – Djin ixtiro qilinmaguncha moy olish uchun
asosiy xom ashyo sifatida ishlatilmagan. Djin mashinasi yordamida paxta tolasini
chigitidan ajratib olish qo‘llanila boshlangandan so‘ng, chigit ko‘payib ketgach, uni
sanoat miqyosida qayta ishlash zaruriyati tug‘ildi. Zavodlarda bir necha yuz ming
tonna paxta chigitdan ajratila boshlangach, chigitlar «chiqindi» tariqasida paxta
zavodi joylashgan shahar xududlari va temir yo‘l yoqalarini ifloslantirib yubordi.
Bunga qarshi mahalliy xukumat tomonidan, sog‘liqni saqlash me’yorlarini buzmaslik
uchun, chigitlarni yo‘qotish to‘g‘risida bir necha farmonlar chiqarildi. «CHigit
balosi» dan qutilish eng zarur ishlardan biri hisoblanganligi uchun, uning mumkin
qadar foydali tomonlarini qidira boshladilar.
XIX asrning ikkinchi yarimida O‘rta Osiyoda yog‘ zavodi qurish zaruriyati
paydo bo‘ldi. 1883 yilda Laxtin, Sagatelev va boshqalar Qo‘qonda yog‘ zavodi
qurdilar. Ammo ularning bu sohada qilgan xarakatlari, mahalliy xalq paxta moyini
iste’mol qilmagani va uni boshqa maqsadlarda ishlata olmaganligi uchun, deyarli
natija bermadi.
Xorvat va Yugovich 1893 yilda Kattaqo‘rg‘onda yog‘ zavodi qurib, 1896 yilda
o‘z mahsulotlaridan bir necha bidon moyni Moskvaga jo‘natdilar. Keyingi yil shu
zavodda ishlab chiqarilgan bir vagon moy Moskvaga yuborildi. Buni ko‘rgan
kapitalistlar yog‘ zavodlari qurish ishini jadallashtirib yubordilar.
Sekin-asta paxta moyini iste’mol qilishga o‘rgana boshlagan yerli xalq ham
sanoatning rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Tez orada paxta tozalash zavodlari yonida
1-2 pressli kichik yog‘ zavodlari qurila boshlandi.
1917-1918 yillarda butun O‘rta Osiyoda 150 ta pressga ega bo‘lgan 40dan ortiq
yog‘ zavodi qurilib, bulardan 19 ta zavod (105 press) Farg‘ona vodiysida joylashgan
edi.
O‘zbekistonda asosan 1924 yildan boshlab yog‘-moy sanoati o‘sa boshladi.
Eski uskunalar yangi uskuna va jihozlar bilan, eski texnologik rejimlar esa ilmiy
ravishda asoslangan rejimlar bilan almashtirila boshlandi. Chigitlarni namlash,
avtomatik tarozilar o‘rnatish, chigit tozalaydigan yangi mashinalar, guller, separator,
valsovka va mexanik ravishda ishlaydigan kunjara qirquvchi mashinalar o‘rnatish
ishlari avj olib ketdi. Shu bilan birga yangi yog‘ zavodlari qurilish ishlari ham
boshlab yuborildi. 1920 yilda Yangiyo‘l yog‘ zavodi qurildi. 1930 yilda Farg‘ona
shahrida 24 gidropressli yog‘ zavodi ishga tushirildi.


5
1934 yilda moy olishning ekstraksiya usuliga asoslangan Kattaqo‘rg‘on moy-


ekstraksiya zavodi ishga tushirildi.
1943-1946 yillarda kichik yog‘ zavodlari – Alimkent, Denov, G‘ijdivon
Xo‘jayli, Xiva zavodlari qurilib, ishga tushirildi.
Keyigi yillarda Qo‘qon, Uchqo‘rg‘on, Buxoro va Qarshi shaharlarida
ekstraksiya va ekspeller zavodlari qurildi. Shundan so‘ng paxta zavodlari beradigan
hamma chigit respublikaning o‘zida qayta ishlanadigan bo‘ldi.
Hozirda mustaqil O‘zbekistonimizda 38 ta ochiq turdagi aksionerlik
jamiyatlari, 4 ta qo‘shma korxona o‘z faoliyatlarini olib bormoqda.
Respublikamizda kuchli yog‘-moy sanoati potensiali yaratilgan bo‘lib, quvvati
jihatdan mustaqil davlatlar xamdo‘stligi mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan
birini egallaydi.
Sanoatimizda chigitni qayta ishlash quvvati yiliga 3,6 mln.tonnani, margarin
mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yiliga 524 ming tonnani, mayonez ishlab
chiqarish 2 ming tonnani, xo‘jalik sovuni ishlab chiqarish 120 ming tonnani, atir
sovuni ishlab chiqarish 8 ming tonnani tashkil qiladi. Asosiy maqsad respublikamiz
xalq xo‘jaligini ekologik toza, raqobatbardosh, chiroyli qadoqlangan yog‘-moy
mahsulotlarini eng kam tannarxda, qulay mehnat sharoitida ishlab chiqarishdan iborat
bo‘lib, bu maqsadni amalga oshirish uchun sanoatimizni zamonaviy, yuqori samara
beruvchi asbob, uskunalar va yangi texnologiya bilan ta’minlashni bosqichma
bosqich amalga oshirilmoqda. Buning uchun 20 ta yog‘-moy korxonalarining
barchasida rekonstruksiya ishlari, qayta texnik ta’mirlash, chet el investitsiyalari
ishtirokida qo‘shma korxonalar yaratish ishlari olib borilmoqda.
Yaqin vaqtlargacha dezodoratsiya va qadoqlash sexlari faqatgina Toshkent,
Farg‘ona yog‘-moy kombinatlaridagina bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda «Urganch
yog‘-moy», «Koson yog‘-ekstraksiya», «Guliston yog‘-ekstraksiya», «Qarshi yog‘-
ekstraksiya» XJ larida bunday sexlar faoliyat ko‘rsatmoqda, yaqin kelajakda esa
barcha o‘simlik moyi ishlab chiqariladigan korxonalarda dezodoratsiya qilingan va
did bilan kichik hajmdagi idishlarga qadoqlangan o‘simlik moylari ishlab
chiqariladi. Shu maqsadda, bugungi kunda Belgiyaning «De-Smet», Germaniyaning
«Lurgi», Fransiyaning «Steka-Bottlez» firmalari bilan xamkorlikda ishlar olib
borilmoqda.
«Toshkent yog‘-moy» XJ ning margarin sexida Shvetsiyaning «Alfa-Laval»
firmasini avtomatlashtirilgan tizimida quyma margarin ishlab chiqarish, Amerikaning
«Djon-Braun» firmasi uskunalarida margarinni 200-250 grammli plastik idishlarga
qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan.
«Farg‘ona yog‘-moy» XJ da sovun ishlab chiqarish sexini qayta jihozlab,
Italiyaning «Matssoni» firmasining asbob-uskunalari o‘rnatilmoqda. Kelajakda
chiroyli yorliqli, qadoqlangan, xushbo‘ylantiruvchi komponentlar qo‘shilgan, jahon
andozalari talablariga javob beradigan, kichik hajmdagi atir sovunlar ishlab chiqarish
ko‘zda tutilgan.

Yüklə 443,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə