Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 443,37 Kb.
səhifə2/88
tarix01.06.2023
ölçüsü443,37 Kb.
#114923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti-fayllar.org

Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan
biri. O‘zbekistonda qadimdan kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta chigiti, poliz
ekinlari urug‘laridan juvozlarda o‘simlik moyi olingan. O‘zbekistonda paxta
chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yili Qo‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta
kichik yog‘ zavodlarida 57 ming tonna paxta moyi ishlab chiqarilgan. Hozirda
Respublikamizda io‘lash quvvati 3 million tonna moyli o‘simlik urug‘larini qayta
ishlaydigan 19 ta korxona ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, soya, raps,
meva danaklari, hamda sabzavot urug‘laridan moylar olinadi. Atir-upa, farmatsevtika
va oziq-ovqat tarmoqlarida ishlatiladigan moylar, margarin mahsulotlari, mayonez,
kirsovun, atirsovun, texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab
chiqariladi. O‘simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga o‘rtacha 2,1 mln.tonnadan
ko‘proq paxta chigiti ishlatiladi. Raps, zig‘ir, maxsar urug‘i, shuningdek import
bo‘yicha olinadigan soya dukkagi qayta ishlanadi. Respublika yog‘-moy sanoati oziq-
ovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40 % ga yaqinini beradi. Koson,
Guliston yog‘ ekstraksiya zavodlari (bir kunda 1200 t. chigitni qayta ishlaydi),
Farg‘ona yog‘-moy kombinati (quvvati kuniga 840 t. chigit), Qo‘qon yog‘-moy
kombinati (quvvati kuniga 810 t.chigit), Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy kombinati (quvvati
kuniga 950t. chigit), Denov yog‘-moy ekstraksiya zavodi (bir kunda 800t. xom
ashyo), Urganch yog‘-moy kombinati (bir kunda 800t. xom ashyo) tarmoqdagi eng
yirik korxonalardir.
Qo‘qon yog‘-moy kombinati tarkibida meva danaklari va sabzavot urug‘laridan
moy ishlab chiqaradigan maxsus zavod (quvvati kuniga 50t. danak) ishlaydi. Bu
zavoda 15 nomdagi meva danagi moylari (o‘rik, shaftoli, pomidor, uzum va b.) ishlab
chiqarish o‘zlashtirildi. Toshkent yog‘-moy kombinatida margarin mahsulotlari
(yillik quvvati 52,4 ming t.) va mayonez (yillik quvvati 2 ming t.), tarmoqdagi 10
korxona - Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon, Urganch va Kattaqo‘rg‘on va boshqa yog‘-
moy kombinatlarida kirsovun (yalpi yillik umumiy quvvati 103,7 ming t.) ishab
chiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy kombinati yiliga 16,7 ming t. turli kichik o‘lchamdagi
(25,40,100 grammli) atirsovunlar ishlab chiqarmoqda, glitserin (yillik quvvati 2
ming t.) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom
ettirilmoqda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Krup, Sket
(Germaniya), «Alfa-Laval» (Shvetsiya), «Jon Braun», «Karven», «Kraun» (AKSh),
«Matssioni», «Bollistra» (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari
bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda.


Yüklə 443,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə