AMALIY MASHG’ULOTLAR
1-MAVZU:“MEN – KONSEPSIYASI” VA SHAXSNING O‘Z O‘ZINI
AKTUALIZATSIYA QILISHI.
Reja
1. “Men – konsepsiyasi” va shaxsning o‘z o‘zini aktualizatsiya qilishi
muammosining rus olimlari tomonidan yoritilishi
2. “Men – konsepsiyasi” va shaxsning o‘z o‘zini aktualizatsiya qilishi
muammosining g’arb olimlari tomonidan yoritilishi
3.«Men» siymosi va o‘z-o‘ziga baho
Tayanch tushunchalar:
Shaxs, “Men – konsepsiyasi”, o’z-o’ziga baho, o‘z
o‘zini aktualizatsiya qilish, “Men – konsepsiyasi”ning tarkibiy qismlari
1.“Men – konsepsiyasi” va shaxsning o‘z o‘zini aktualizatsiya qilishi
muammosining rus olimlari tomonidan yoritilishi
Hozirgi kunda “Shaxs” muammosi tabiiy va ijtimoiy gumanitar fanlarning
umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Shular jumlasiga psixologiya ham
inson sifatlarini, shaxsning individual xususiyatlarini va bu xususiyatlarning
shakllanishi masalalarini о‘rganadi. Shaxsdagi bunday individual xususiyatlardan
biri: inson о‘zini anglashi va о‘ziga bergan bahosidir. Psixologiyada bu kabi
muammolarni tahlil qilish orqali shaxsni har tomonlama о‘rganib chiqish
imkoniyati paydo bо‘ladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, shaxsdagi “Men” siymosi о‘zni anglash va
о‘zga baho berish jarayonida tevarak-atrof bilan bо‘lgan munosabatlarda
shakllanadi. Ushbu muammoni о‘rganishda kо‘plab pedagog va psixolog olimlar-
inson ongining rivojlanish tarixi, hamda shaxsning ijtimoiylashuvi haqidagi
ta’limotlarga asoslanib ish olib boradilar. Olimlar “Men” siymosi shakllanganlik
xolatini shaxsning о‘zini anglashning mahsuli hamda muhim jihati deb
qaraydilar. О‘zini baholash-о‘zni anglash kabi fenomenlar ijtimoiy xususiyatga va
mezonlarga asoslangan bо‘ladi.
Muammo yuzasidan rus psixologlari ham qator fikrlarni bildirib о‘tganlar.
B.G.Ananyevning ta’kidlashicha – “Shaxs о‘zi haqda bir fikrga kelishida, jamoa
hayotini hamda о‘ziga baho berishni shakllantiruvchi baholash munosabatlarining
tо‘g‘ri rivojlanishi muhimdir”. Shaxsda о‘zini anglash va baholashning paydo
bо‘lish omili-odamning individual xususiyati, faoliyat subyektliligi, shaxs
xususiyatlarining tarkib topishi notekis va geteroxrondir. Olimning mulohazasiga
kо‘ra, о‘zini anglash va baholash ushbu xususiyatlarni о‘zaro muvofiqlashtiradi va
shu tariqa ongning individualligini ta’minlaydi.
Rus psixologi L.S.Vigotskiy fikricha, shaxsning о‘ziga baho berishida
muloqotnig о‘rni juda ahamiyatlidir. Muloqot psixikaning fundamental asosi
bо‘lganligi uchun ham shaxs shakllanishiga va uning xususiyatlariga ta’sir
kо‘rsatadi. Kishi atrofdagilar bilan muloqot о‘rnatish bilan birga о‘zi bilan ham
muloqot о‘rnatadi. Bunday vaziyatlarda shaxsda о‘ziga nisbatan tanqidiy qarashlar
kuchayadi, qolaversa, tahlil kuchayib о‘ziga nisbatan shaxsda past baho berish
vujudga keladi.
R.P.Chatitaning fikricha, bolalarda о‘ziga baho berish jarayonining
rivojlanishi ikki bosqichda amalga oshadi:
-birinchi bosqichda bola, asosan, harakatlari va xulqini baholash bilan
cheklanadi;
-ikkinchi bosqichda, ichki holati, shaxsiy sifatlaridan kelib chiqib baho bera
boshlaydi. Ushbu bosqich, asosan, oliy bosqichning shakllanishi bо‘lib, о‘smirlik
davridan boshlanib, ijtimoiy tajribaning ortib borishi va aqliy rivojlanish asosida
insonning butun hayotida davomida о‘zgarib boradi.
Shaxsdagi intililish darajasi va atrofdagi g‘oyalarni о‘zlashtirish yuqori
bо‘lsa, kishining muvaffaqiyati ham shuncha yuqori bо‘ladi.
N.A.Menchinskayaning fikricha, о‘zini past darajada hurmat qiladigan
shaxslar о‘zlarini keraksiz insondek his qiladilar.
Kishining ruhiy holatining tushib ketishi, uning xatti- harakatlarining
о‘zgarishida, о‘ziga baho berish darajasining pasayib ketishida namoyon bо‘ladi.
О‘ziga past baho beradigan kishilar uchun qiyinchiliklar hal bо‘lmaydigandek
tuyuladi, shuning uchun ular xayollarda yashay boshlaydilar.
N.A.Menchinskaya, bolalar, odatda, maktabga ijobiy tasavvurlar bilan
keladilar, deydi. Ayrim, qobiliyati past yoki tayyorgarligi past bо‘lgan о‘quvchilar,
о‘quv faoliyatini о‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishadi, pirovardida, past
baho olishadi, buning natijasida, ularda ta’lim muassasasiga nisbatan yomon
munosabat paydo bо‘ladi, qolaversa, bu motivatsiyaning о‘zgarishiga sabab bо‘lib,
maktab va о‘qishga bо‘lgan munosabatni salbiylashtiradi. Bu kabi salbiy
munosabatlarga, qiyinchilikka bardosh bera olmay, bola о‘ziga past baho bera
boshlaydi. Olimning fikricha, bunday bolalarga о‘qituvchi rolini topshirish
maqsadga muvofiqdir. Shunda о‘quvchida о‘z bilimidagi kamchiliklarni tо‘ldirish
extiyoji tug‘iladi va bunday muvaffaqiyat о‘quvchidagi о‘ziga baho berish
mexanizmini barqarorlashishiga yordam beradi.
Adevkat baho berish о‘qishga yaxshi tayyorgarlik kо‘rgan о‘quvchilarda
ham buzilishi mumkin. Yaxshi tayyorgarlik ularni ta’limda muvaffaqiyatli
о‘qishga yordam beradi. Oddiy muvaffaqiyatlar orqali doimiy rag‘batlantirishga
bо‘lgan intilishni mustahkamlaydi.
Keyinchalik, о‘quv materiali murakkablashgani sari о‘quv kо‘nikmalariga
ega bо‘lmagan о‘quvchilarda о‘z-о‘ziga baho berish keskin pasayib ketadi.
О‘qituvchi tomonidan qо‘yiladigan bahoda faqatgina sо‘nggi natija emas, balki
о‘quvchining mehnati va uning muvaffaqiyati ham hisobga olinsa, bu
о‘quvchining urinishlarini kerakli darajada tutib turadi hamda о‘z-о‘ziga adekvat
bahoning shakllanishiga turtki bо‘ladi. Olimning fikriga kо‘ra, о‘quvchida о‘ziga
nisbatan adekvat bahoni shakllanishi о‘qituvchining ustanovkasiga ham bog‘liq
bо‘lishi mumkin.
S.L.Rubinshteyn-shaxsning
о‘z-о‘ziga
baho
berishning
ijtimoiy
munosabatlar determininantalarini talqin etib: insonning ijtimoiy baholashi-u
qanday odamligiga, u nimaga qodir ekanligiga va foydali mehnatiga asoslanadi
degan fikrni bildiradi. Shu bois uning о‘ziga baho berishi ijtimoiy individ sifatida
jamiyat uchun nima qilganligi bilan belgilanadi. О‘zini о‘zi anglash va baholashni
shakllantirishning manbai ong hamda insonning tarkib topishi va rivojlanishi
sanaladi.
S.L.Rubinshteyn-faoliyatni psixikani aks ettirish sharti sifatida gap yuritar
ekan, u odamda turlicha namoyon bо‘lishini, umumiy shartlar ichidan xuddi mana
shu in’ikos, faoliyatning maxsus shartini ajratib olishimiz zarur bо‘ladi, deb
ta’kidlaydi. О‘zni anglab baho berishni ta’minlovchi maxsus shartni aniqlash
subyekt tо‘g‘risidagi muammoni hal qilishning muayyan yо‘l-yо‘riqlariga va
oqilona usullariga asoslanuvchi yechimini topishni taqozo qiladi.
L.I.Bojovichning fikricha, boshqa insonni bilish, о‘zini-о‘zi bilishdan ilgari
sodir bо‘ladi va uning uchun manbaa, asos bо‘lib xizmat qiladi. О‘z-о‘zini
baholashda umumiy qabul qilingan mezon, о‘zini boshqalar bilan solishtirish
hamda taqqoslashdir. Inson faoliyat davomida о‘zini boshqa odamlar bilan
taqqoslab, dastlab boshqalarda kо‘rganini о‘zida seza boshlaydi va natijada
о‘zining shaxs sifatlarini anglab yetadi. Boshqa odamlarda kо‘rgan shaxsning turli
xususiyatlarini о‘zlashtirishi va о‘zida shakllantirishi о‘ziga xos hodisa sifatida
boshqa bir qator olimlar tomonidan о‘rganilgan. Olimlarning fikricha, о‘zini о‘zi
baholash insonda idealning mavjudligi bilan uzviy bog‘liqdir. Psixologik
tadqiqotlarda idealni о‘zlashtirilishi, uning funksiyalari yosh xususiyatlari va shaxs
rivojlanishida ochib berilgan. Idealning xarakteri va mustahkamlik darajasi bolani
rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatadi. Anglab yetilgan ideal namunaviy mezon sifatida
о‘quvchilarning о‘zini hamda boshqalarni harakatlarini baholash paytida ishtirok
etadi.
L.Bojovich, atrofdagilarning insonni xulqi, faoliyat natijalari hamda bevosita
uning shaxsiy sifatlarini baholashlari ham undagi о‘ziga baho berishni
rivojlantiruvchi muhim manbaadir, deydi. Uning fikricha, о‘quvchini о‘z-о‘zini
anglashidagi ijtimoiy baho ikki hil bо‘ladi:
-uning xulqi atrofdagilar talablariga mos keladigan mezon hisoblanib, u
bolaga gо‘yoki atrof-muhit bilan uning о‘zaro munosabatlari xususiyatlarini
kо‘rsatib beradi va shu bilan birga, uning emotsional uyg‘unligi va xulqini subyekt
sifatidaga baholanishini belgilab beradi.
-ijtimoiy baho berish bolaning xulqi hamda faoliyatida u yoki bu sifatlarni
ajratib olishga va о‘zining bahosi qilib olishga yordam beradi. L.I.Bojovich о‘z
tadqiqotlarida о‘quvchining о‘zini о‘zi anglashining shakllanishida ijtimoiy baho
berish funksiyasi va uning pedagogik ahamiyatini asoslab berdi va
L.I.Bojovichning shaxs rivojlanishini davrlashtirish tizimi aynan “Men” siymosi
rivojlanganligi va anglanganligiga asoslangan edi.
A.N.Leontev tadqiqotiga kо‘ra, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi
mohiyat bilan mazmun о‘rtasidagi ziddiyatda о‘z-о‘zini anglash va “Men”likni
baholash yotadi.
Bu borada kо‘plab psixolog olimlar qatori taniqli fiziolog-olim I.P.Pavlov
ham ish olib borgan. Uning fikricha, о‘zini о‘zi muvofiqlashtirish о‘zini о‘zi
takomillashtirish tizimidir. Ta’rifda keltirilganiday, har ikkala sо‘z ham о‘xshash
va “О‘zini о‘zi” degan sо‘zlar takrorlanib kelmoqda. Bizning har birimiz ana shu
“о‘zini о‘zi” degan sо‘zlarni qanchalik kо‘p ishlatdigan bо‘lsak, ya’ni biz
о‘zimizni qanchalik kо‘proq anglab yetgan bо‘lsak, о‘zimizni qanchalik
takomillashtirib, foydali ishlarga safarbar qilsak, shu qadar kuchli shaxsga
aylanamiz.
I.P.Pavlovning izdoshlari shaxs haqidagi bilimlarni guruhlashtirib borib,
kishi о‘zini va о‘zgalarni qanday qilib baholashi mumkinligini kо‘rsatib berdilar.
Bunda eng avvalo har bir kishi: “Men nimani istayman, nimalarga intilaman?”
degan savolga javob berishi kerak. Ana shu javoblarda bizning yaqin kelajakdagi
va uzoq istiqboldagi orzu-umidlarimiz, qiziqishlarimizning yо‘nalishi, bizning
hayotiy qoidalarimiz, ehtiyojlarimiz, ideallarimiz ayon bо‘ladi.
V.V.Davidovning tadqiqotiga kо‘ra, insonning о‘ziga bergan bahosining qay
darajada shakllanganligini о‘rganishda asosiy e’tiborni shaxsdagi “qо‘zg‘alishni
boshqara olish mexanizmlariga” qaratish kerak. Psixologning ta’kidlashicha,
ta’limning yaxshi tadqiq etilishi о‘quvchi yoshlarning о‘z shaxsini baholashiga
ijobiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Albatta, buning uchun pedagogga ham katta
mas’uliyat yuklanadi. V.V.Davidovning fikricha, shaxsning о‘ziga baho berishi
shaxsdagi asosiy va xarakterli xususiyatdir. Buni qanday tushunish mumkin?
О‘ziga baho berish-о‘z faoliyati va о‘zining odamlarga bо‘lgan munosabatiga baho
berishidir. Bu xususiyat tufayli kishining faolligi о‘zgaradi. U sekin-astalik bilan
rivojlanadi va atrofdagilarning ehtiyoji, talabi va shaxsning о‘ziga bо‘lgan
munosabati orqali namoyon bо‘ladi. Kim о‘zini yuqori baholasa, ular о‘zlariga
yuqori baho berilishini talab qilishadi.
Dostları ilə paylaş: |