O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti



Yüklə 266,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/49
tarix16.04.2023
ölçüsü266,83 Kb.
#105907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

 
Idrok bu
– sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etish orqali predmet va xodisalarni bir butun bo‘lib 
ongimizda aks ettirilishidir. 
Unga – predmetni fondan ajratib olish aktivlik, appersepsiya, konstantlik, tanlash, maqsadli xarakat, idrok 
etish umumiyligi xosdir. Bu analiz va sintezni aktiv jarayoni bo‘lib, oldingi kechinmalarga asoslangan 
holatda yo‘lga qo‘yilishi. Idrok etish jarayonida predmetning aniq obrozi yaratiladi. Buning uchun oldingi 
malakaga asoslanib aloqani tiklash, solishtirish, taqqoslash va natijani baxolash kerak. 
Inson idrok qilishda nimanidir tashqaridan qabul qiladi, kerakligini tanlab oladi. Masalan: poliklinikaga 
borayotganda koridor, eshik, plakat va odamlarni ko‘radi lyokin uning etibori shifokor xonasi eshigida 
osilgan yoziqga qaratilgan bo‘ladi (tanlovli idrok). 
Opersepsiya
– bu insonni oldingi malakasiga asoslangan xolatda predmet va voqeylikni idrok etishdir.
Bunda idrok etish aktida insonga quyidagi imkoniyatlarni beradi: shakli va kengligi, rangi va xidi, borliqdagi 
va vaqtdagi xolatni tasavvur qilish. Materiya bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib sezishni xosil qiladi. 
Xis qilish 
– bu sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etib, predmet va xodisalarni aloxida xossalarini inson 
ongida aks etish jarayonidir. Sezish sifati – bu ichki xis qilish moxiyati. Masalan: ko‘rish sezgisining sifati 
bu rang, eshitishniki bu tovushlar. 
Tasavvur qilish
- bu o‘tmishda qachondir idrok etilgan va qabul qilingan obrozlarni jonlanishi. Tasavvur 
qilish umumiy xarakterga ega bo‘lib predmetning aloxida xususiyatlarini aniq tasavvur qilmaydi. Tasavvur 



qilish mezoni inson irodasini aktiv ishga solganda chaqiriladigan bo‘lib, doimiy bo‘lmagan, o‘tib ketuvchi 
xarakterda bo‘lishi mumkin. 
Eydetizm
oldin idrok etilgan voqea, xodisa va predmetlarni teskari aksini tasavvur etish. Buning quyidagi 
turlari mavjud: ko‘ruv, eshtuv, taktil. Bularda obroz yetarli darajada aniq idrok etiladi. Ta’surotni qabul 
qilishdan farqli xolatda idrok etish xodisa yoki predmetni aloxida xossalarini ko‘rish emas balki predmet va 
xodisalarni bir butun qilib ularning sifatlarini xam qabul qilish jarayonidir. Tasavvur va idrok etishning 
umumiy tomoni bo‘lib ta’sir etuvchining bevosita sezgi a’zolariga ta’sir qilishi xisoblanadi. 
Idrok qilish jarayoni shartli ravishda ikki etapga bo‘linadi. 
1) Persepsiya – sezgi a’zoyimizga ta’sir etish orqali bevosita ob’ekt xaqida ta’surot xosil bo‘lishi. Bu 
etapning asosi bu ta’surotni qabul qilish va shu orqali xayratlanishdir. Bu xildagi idrok etish ixtiyorsizdir. 
2) Appersepsiya – buning mexanizmi asosida antitsipatsiya (xayratlanishdan oldingi xolat) yotadi. Bunda 
shaxsning individual malakasiga asoslangan xolda obrozni aniqlab uni taqqoslaydi tasvirlaydi va aniqlaydi. 
Bu turdagi idrok etish extiyoriy xisoblanadi. Bu jarayon quyidagilar bilan bog‘liq: xayolda yaratilgan 
tasavvurga shuningdek bunda fikrlash, gapirish, xotira mexanizmi ishga tushadi. 
Idrok etishning asosiy xarakteriga quyidagilar kiradi: konstantlik, predmetlik, butunlik va umumiylik. 
Kostantlik (doimiylik
) – obroz va predmetning idrok qilish shartini nisbiy mustaqilliligi va uning 
o‘zgarmasligi bilan namoyon bo‘ladi. Bular predmet rangi, shakli, o‘lchami doimgidek qabul qilinishidir. 
Ulardan kelayotgan signallar doimo o‘zgarib turishiga qaramasdan. Konstantlikning axamiyati juda katta. 
Agar bu xossa bo‘lmaganida bizning maqsadga yo‘nalgan xarakatlarimiz predmetgacham bo‘lgan xar 
qanday masofa boshimizni arzimagan burilganda yoki yoritilish o‘zgarganda inson o‘rganayotgan xamma 
asosiy belgilar o‘zgargan xolatda qabul qilinar edi. 
Predmetlik
– ob’ekt aloxida bir biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan jamlanma sifatida emas, balki kenglikda 
va vaqtda bitta aloxida yagona fizik tana deb qabul qilish bilan namoyon bo‘ladi. 
Butunlik 
– bunda idrokning ikkita o‘zaro bog‘liq aspekti bor: xar xil elementlarni bir butun qilib birlashtiradi 
va element sifatlaridan ozod xolda (ma’lum chegarada) xosil bo‘lgan bir butun birlik. Bunda predmet to‘liq 
bo‘lmagan elementlar jamlanmasidan tashkil topgan xolatda idrok qilinadi va xayolda tasavvur qilish orqali 
oxirgi shaklgacha yetkaziladi. 
Umumiylik idroki
– xar bir obrozni bitta ob’ekt sinfiga kirishi. Umumiylik idroki xodisa va predmetni 
o‘rganishni emas balki ularni klassifikatsiyalashga yordam beradi. Lekin ularning ayrim xossalarini oldindan 
ko‘radi. 
Idrok qilish
– guruxlardan yana birini quyidagilar tashkil etadi. Bular xajm, aniqlik, to‘lalik, tezlik. 
Idrok xajmi –
bu bitta idrok aktida inson qabul qila olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. 
Idrok aniqligi
– bu qabul qilinayotgan ob’ektga nisbatan mos keladigan obrozni xosil bulishi. 
Idrok tezligi
– bu xodisa yoki predmetni adekvat idrok etish uchun kerak bo‘lgan vaqt.

Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə