O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti



Yüklə 266,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/49
tarix16.04.2023
ölçüsü266,83 Kb.
#105907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Illyuziya
– (lot. Illusere - aldash) real mavjud bo‘lgan ob’ektni noto‘g‘ri, o‘zgargan xolatda idrok qilish. 
Tashqi yo‘k ob’ektni idrok qilish bilan gallyutsinatsiya shunisi illyuziyadan farq qiladi. Illyuziya chaqirilgan 
bo‘lishi mumkin: fizik (sinish qonuni), fiziologik (e’tiborsizlik natijasida yoki o‘ta charchash fonida) psixik 
buzilish sababli. 
- Affektiv illyuziya
– kuchli affektli xissiyot natijasida masalan qo‘rquvda yuzaga keladi. Bunga misol 
devordagi veshilkadagi palto qandaydir daydi odamday, stul yelkasidagi galstuk o‘rmalayotgan ilondek 
tuyiladi. Illyuziya psixik sog‘lom va psixik bemor odamlarda yuzaga keladi. Illyuziya yuzaga kelishiga 
tashqi muxit xam aloqador, aniq idrok qilishga xalaqit qiladigan xolatlar: yoritilishning yomonligi, shovqinli 
joylar, notanish joylar. 
- Verbal illyuziya
– (lot.verbalis-cezish) bu quyidagilar bilan namoyon bo‘ladi so‘zlar ma’nosini noto‘g‘ri 
idrok qilish, atrofdagilarni gaplarini noto‘g‘ri qabul qilish, bunda atrofdagi insonlar bemorga ta’luqli 
bo‘lmagan gaplarni gaplashayotganda ularning suxbatini eshitib xuddi uni urshayotgandek
kamsitayotgandek, ayblayotgandek qabul qilishidir. 
- Pareydolik illyuziya
– (gr.pare-atrofida+eidolos-obraz) persepsiya buzilishi xaqiqiy bor obrazni boshqacha 
qabul qilish odatda g‘ayratomus, fantastik xolatda qabul qilish. Masalan: devor gul qog‘ozida (oboy) 
bezakni katta qurbaqadek, osmondagi bulutlarni inson yozig‘idek. 
Shuningdek illyuziyalarni sezgi organlariga qarab bo‘linadi: ko‘ruv, eshituv, xidlov, taktil va boshqalar. 
 



 
Sezgi 
- bu oddiy psixik jarayon bo‘lib tashqi dunyodagi predmetlarni sezgi organlarimizni retseptor qismiga 
bevosita ta’sir qilishi natijasida materialli dunyodagi predmetlarni aloxida xossalarini va organizmning ichki 
xolatini aks etishidir (rang, yorug‘lik, issiklik, og‘rik va boshqalar). 
Tashqi va ichki dunyoning ob’ektlari MNSga bevosita ta’sir etmasdan balkim eksteroretseptorlar va 
intraretseptorlarga orqali ta’sir etadi. 
Ekstrotseptiv sezgi
– bu tananing yuzasida joylashgan retseptorlarga ta’sir qilish natijasida yuzaga keladi: 
ko‘ruv, eshituv, ta’m va teri. Ekstrotseptiv sezgi 2 turi farqlanadi: 
- distatsion (masofali) – bu predmetlarni ta’sirini bevosita kontakt bo‘lmagan xolatda tashqi dunyodan qabul 
qilish (ko‘ruv, eshituv, xidlov). 
- kontaktretseptorlar – bunda ta’sirlovchi bilan bevosita ta’sirlanishi kerak, (bunga ta’m bilish, xar xil taktil 
sezgilar, vibratsion sezgi va boshqalar). 
Introretseptov sezgi 
– (yoki organiq) bu ichki organlarni innervatsiya qiluvchi nerv tolalari oxiriga 
ta’sirlovchini ta’siridan yuzaga keladi. Retseptorning qismlari ichki organlarning tuqimalarida joylashgan 
bo‘lib organizmning ichki sharoit xaqidagi ma’lumotlarni olib boradi. Ular 2 guruxga bo‘linadi. 
Introretseptorning asosiy faoliyati bu ichki organlarning xolati xaqida ma’lumot yetkazishdir. 
- Proprioretseptorlar
– mushaklarda, bog‘lamlarda va vestibulyar apparatda joylashgan bo‘lib insonning 
tanasini xolati va tana oxirlarining bir-biriga nisbatan joylashishi xaqidagi ma’lumotlarni olib boradi (o‘zini 
kilayotgan xarakatlarini sezgi va tanasin fazodagi xolatini sezish). 
Sezgining asosiy va muxim xarakteristikasi sezish bo‘sag‘asi xisoblanadi-ta’sirlovchilarning kanchaligi va 
ularning sezgini chaqirilishidir. Absolyut, differensial va operativ sezish bo‘sag‘asi farqlanadi. 
Absolyut sezgining past bo‘sag‘asi (yoki sezish bo‘sag‘asi) deb
- zurg‘a sezgi xissini chaqiruvchi 
ta’sirlovchining minimal darajasiga aytiladi, absolyut sezgining yuqori bo‘sag‘asi deb - maksimal darajada 
kattalikdagi ta’sirlovchining ta’sir etishidir. 
Differensial sezish bo‘sag‘asi deb
– ikkita ta’sirlovchi orasidagi minimal farq yoki ikkala ta’sirlovchini eng 
past yoki zurg‘a ikki xil sezish xissini chaqirish qobilyatidir. 
Operativ sezgi bo‘sag‘asi deb
– signallar orasidagi eng minimal, kichik farq bo‘lib bunda aniqlik va tezlik 
fark maksimal darajaga yetadi. 
Sezgi xarakterlanishi mumkin: balandligi, yorqinligi, tovushini jarangdorligi bilan. 

Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə