O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti



Yüklə 266,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/49
tarix16.04.2023
ölçüsü266,83 Kb.
#105907
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Mashg‘ulot 
 2 
Mavzu: Asosiy psixik jarayonlar normada va tekshirish usullari: xotira, tafakkur, ong, 
shaxs, diqqat. 
 
 
Tafakkur –
bu insonning bilish faoliyatidagi muxim jarayon bo‘lib, atrofdagi borliqni inson ongida 
aks yetishining oliy shaklidir. Tafakkur bir qator bilish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Bu oliy faoliyat 
bosh miya (postloq osti qismi) da bir necha bir biri bilan kelishib ishlaydigan nerv tuzulmalari orqali 
amalga oshiriladi. Po‘stloq osti markazi ichki va tashqi olamni bog‘lovchi asosiy tuzulmadir. Ikklamchi 
signal sistemasiga bosh miya yarim sharlari (faqat peshona bo‘lagi va so‘z tasirlarini qabul qiladigan 
markazdan tashqari ) kiradi. Bunda miya faoliyati asosida- shartli va shartsiz jarayonlarni uzviy bog‘lanishi 
yotadi. Birlamchi signal sistemasiga yani bevosita tasurotni yuzaga keltiruvchi: xissiyot, sezish, tasavvur 
kiradi. Keyingi jarayonda esa signal sistemasi faoliyati amalga oshiriladi. 
Barcha signal sistemalari tasirida katta yarim sharlar po‘stlog‘ininig integral analiz sintez jarayoni yani
tafakkurni fiziologik asosi yaratiladi. 
 
Analiz 
- narsa va xodisalarning tarkibiy qismlarini birlashtirishdir. Bunda inson narsa va xodisani chuqurroq 
bilish uchun uning xar bir qismini o‘rganadi. 
Sintez-
aloxida qismlardan yagona butunlikni yuzaga keltirish. Sintezni boshlashdan oldin bog‘liqlik 
borligini bilish kerak. 
Umumlashtirish-
bir necha qismlarni jamlashtirish. Inson obektni analizlayotganda uni aloxida detallari va 
xususiyatlarini takkoslashi, umumiy yoki asosiyga kirishini ajrata olish, predmet va jarayonga aniqlik kirita 
bilish 
Abstraksiya-
obektlarni yukoridagilardan keladigan sanoqsiz signallar qabul qilinadi. Shu orqali ikkilamchi 
aloxida qismlaridan chetlanish. Bu jarayon qachonki inson barcha narsa xodisalarni topishi va istisno qila 
bilganda yuzaga keladi. Masalan kasal ichki qon ketishiga shubxa kilyapti biz siydikni analiz kilganimizda 
ko‘rmaymiz lyokin siydik solishtirma og‘irligi oshib ketgan bu sababi menstrual sikl, eozinofiliyasi sababi 
yesa gelmintoz bo‘lishi mumkin.Tafakkur bunda arterial gipotoniyaga, kuchsiz puls, anemiya manzarasiga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Tushuncha-
narsa va xodisalarni umumiy va mavjud xususiyat va sifatini anglashini aks yetishi. Bunga 
predmetni ichki dunyosini anglash xam kiradi. Tushuncha idrok va tasavur asosida yuzaga 
keladi.Tushunchada predmetlar guruxining umumiy va asosiy xususiyatlari aks yetadi, tasavurda yesa 
predmetni o‘zi aks etadi.Tushuncha umimiy va yagona, konkret va abstrakt, bevosita va bilvosita, manfiy va 
musbat bo‘lishi mumkin.Tarkibi va xajmini xarakterlaydi. Til orqali shakllanadi. 
Muxokama-
biror narsani tasdiqlash yoki inkor qilishdir. U bo‘linadi 
Biror narsani tasdiqlash yoki inkor qilish 
So‘zli tasirlovchilarni tasdiqlash yoki inkor qilishdir 
Muxokama o‘ylash jarayoni yotadi. muxokamada taqqoslanib xulosa yuzaga keladi. 
Xulosa-
muxokama ko‘rinishlaridan bo‘lib. olingan taxminiy o‘ylash jarayoni olingan mantiqiy xulosa 
yotadi. Tafakkur jarayoni muxokama va xulosa orasidagi zanjirdir. 

Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə