O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti


Sezgi uzgaruvchanligining qonuniyatlari



Yüklə 266,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/49
tarix16.04.2023
ölçüsü266,83 Kb.
#105907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Sezgi uzgaruvchanligining qonuniyatlari: 
- adaptatsiya – ta’sirlovchining uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida sezishni o‘zgarishi va sezgi 
analizatorlarining unga ko‘nishi. 
- sensibilizatsiya – ichki psixik omillar ta’siri natijasida analizatorning sezuvchanligining oshishi. 
- desensibilizatsiya – bitta analizator kuchli qo‘zg‘alishi natijasida ikkinchi analizatorning tormizlanishi. 
- kontrast – faoliyat xossasiga qarama–qarshi xolatda, sezgirlikni bitta xossasini oshishi boshqa xossalar 
natijasida. 
-sinesteziya – assotsiativ inomadal sezgi; reallikka mos masalan: limonni ko‘rganda nordon ta’mni sezgi. 
 
 
Xissiyot 
– bu insonga ta’sir qilayotgan omilni baxolash bilan bog‘liq bo‘lgan xolat. quyidagi formalarda 
namoyon bo‘ladi- siqilish, mamnun bo‘lish yoki mamnun bo‘lmaslik. 
Xissiyot
– bu psixik faoliyatning asosiy tomonlaridan biri bo‘lib, insonni o‘rab turgan xodisa, vokealarga va 
o‘ziga nisbatan munosabati va uni ichki kechinmalarda aks etishidir. Bu xolat insonni psixik xolati va 
somatik protseslarida katta axamiyat kasb etadi. 
Biz ko‘pincha xissiyot bilan sezish jarayonini bitta deb o‘ylaymiz. Xissiyot kandaydir bo‘layotgan sezgi 
xodisasiga nisbatan bevosita, vaqtinchalik xis qilish xolatidir. Shuning uchun xissiyot sezgi tushunchasi 
bilan bog‘liq. Xissiyot bir kator xossalariga ega: sifati, tarkibi, yo‘nalishi, davomiyligi, namoyon bo‘lishi, 
namoyon bo‘lish manbasiga va boshqalari. 
Shuningdek ijobiy, salbiy, neytral, aktiv(stenik) va passiv (astenik) xissiyotlar farqlanadi. 
Stenik (gr. stenos- kuch
) – bu xissiyot organizmni aktivligini, energiyasini va xayot faolligini orshiradi. 
Astenik (gr.astenos- kuchsizlik, xolsizlik
) – bu aksincha aktivlikni va organizmdagi xamma xayotiy 
jarayonlarni pasaytiradi. 



Stenik xissiyotga misol bo‘lishi mumkin xursandchilik xissi, kurashuvchanlikning oshishi yoki 
ko‘zgaluvchanlikni, kaxr va gazabni. 
Astenik xissiyotga misol bo‘lishi mumkin xursandchilikka qarama-qarshi g‘am, sog‘inch, ezilish. 
Astenik yoki stenik xolatga o‘tish xar bir insonda induvidual bo‘lib, nerv sistemasini tipiga bog‘liq. Bir xil 
insonlar qo‘rquv xis qilganda muskul kuchi oshadi va u kurgan insoniga tashlanishi va xavf tug‘dirishi 
mumkin. Xuddi shu qo‘rquv xissi inson kuchini butunlay tushib ketishiga olib kelishi mumkin «qo‘rquvdan 
tizzasi bukilib ketishi» shuning uchun qo‘rquvni ikkita turi farqlanadi: «mobilizatsiyalangan» va 
«dezorganizatsiyalangan». Kayg‘u – irodasi bo‘sh insonlarda apatiyani, xarakatsizlikni chaqirishi mumkin, 
shu vaqtning o‘zida irodasi kuchli odamlarda ularning kuchi ikki marta oshadi. Ish qilish va ijod bilan 
shug‘illanib o‘ziga dalda topadi. 
K.Ye.Izard asosiy yoki o‘zi nomlaganidek «fundamental» xissiyotlarni ajratib olgan bu xissiyotlar qolgan 
xissiyotlarni belgilab beradi. 
Bu: qizikish – ijobiy emotsional xolat, bilish xamda ko‘nikmalarni rivojlantirishga, yangi bilimlarni egallash 
yordam beradi, bilim olishni motivatsiyalaydi; xursandchilik, xayratlanish, kayg‘urish, qaxr, yuz ugirish, 
qo‘rquv, uyat. 
Xodisa va predmetlarga inson tomonildan yuzaga keladigan munosabatga qarab ijobiy xissiyot ya’ni, 
(do‘stlik, ota-onalik) va salbiy (yuz o‘girish, antipatiya, kamsitish) bo‘ladi. 
Affekt 
– bu tusatdan yuzaga keladigan qisqa vaqt davom etadigan kuchli kuzg‘alish bqladigan xissiy xolat. 
Bu paytda inson o‘z xissiyotini boshqara olmaydi, qisqa vaqt ichida o‘z ixtiyori o‘zida bo‘lmaydi. 
Sezish –
xissiyotning bir turi bo‘lib bu o‘zida insonning emotsional xolatini birlashtiradi. Bunda insonni 
qandaydir xodisa, narsaga munosabati namoyon bo‘ladi. 
Astenik xissiyot 
– g‘amginlik, qo‘rquv, tushkun kayfiyat. Bunda qiyinchilik bilan kurashdan bosh tortadi. 
Stenik xissiyoT
bu ijobiy xolat, bu xursandchilik, xayajon, tetiklik bilan bog‘liq. 
Intellektual xis
– aqliy faoliyat jarayonida yuzaga keladi: qizikuvchanlik, kashf etish quvonchi. 
Moralniy xis
–etik normalar bilan yuzaga keladi; sevgi, qaxr, simpatiya, qarz va maslaxat. 
Estetik xis
– yangilik yaratganda va chiroyli narsalarni idrok etganda kuzatiladi. 
Praksik xis
– xar qanday mexnat faoliyatida yuzaga keladi. 
Bazal xissiyot
– minimal jamg‘arma bilan yuzaga namoyon bo‘ladi, buning asosida boshqa emotsional 
jarayonga yoki xolatga aylanishi mumkin: quvonch, g‘amginlik, qo‘rquv, g‘azab, inkor etish. 
Eyforiya 
– ko‘tarinki xursand kayfiyat, xarakatlarni tetiklashishi va ko‘p gapirish bilan namoyon bo‘ladi. 
Ajitatsiya 
– bu psixopatologik buzilish. Bu affektiv taranglashuv stress oqibatida chakirilgan bo‘lib, 
boshqarib bo‘lmaydigan xarakatlar, miyani bo‘sh bo‘lib kolgandek xis qilishdir. Logik muxokama qobilyati 
buziladi. Taxipnoye, taxikardiya, ko‘p terlash, ko‘l qaltirashi, rangparlik bilan xarakterlanadi. 
Affektiv dimlanish
– afffektiv taranglashuv o‘zini tutib turganda xam o‘tib ketmaydigan xolat. Oldin manfiy 
emotsiyalar yig‘iladi keyin sababsiz affektiv portlash yuz beradi. 
Stress
– bu psixik taranglashuv xolati. O’ta qiyin sharoitlarda faoliyat olib borish. 
Distress
– stressni bir turi, negativ emotsiyalarga bog‘liq bo‘lgan xolatda yokimsiz sharoitga adaptatsiya 
xosil qilishga xarakat qilish. 
Gedonizm
– xuddi xayot prinsipi bo‘lgandek mamnun va xursand bo‘lish. 
Atarksiya
– qalban xotirjamlik, xayotning xar bir daqiqasini to‘liqligicha qabul qilish. 
Uyalish
– negativ xissiyot, bunda inson o‘zini yordamga muxtoj, kichkina, axmoq, xech nimaga 
yaramaydigandek xis qiladi. 
qo‘rquv
- negativ xissiyot, bunda inson ko‘zgalgan va vaziyatdan chikishga xarakat kiladi, lyokin tashqi 
omillar natijasida inson shu vaziyatida qolaveradi. 
Xavf kelishi (trevoga)
– manfiy xissiy xolat. Xavflirok nimanidir kutish. 
Xavf kelish xolati
– ta’sirga nisbatan yuzaga keladigan reaksiya. Bunday xolatda negativ baxolash va boshqa 
tomondan agressiya yuzaga keladi. 
Bezovtalik
– bu shaxsning bir xususiyati bo‘lib, stressga bo‘lgan sezish bo‘sag‘asini pasayishi bilan bog‘liq.
1.
Kuzatuv 
2.
Savol-javob 
3.
Testlash 
4.
Eksperimental usullar 
5.
Ko‘ruv 



6.
Suxbatlashish 
7.
Yuz mimikasi, ko‘llarini xarakati kuzatgan xolatda xissiyotni tekshirish 
8.
Frustratsion xoaltni tekshirish S.Rozensveyga bo‘yicha.
9.
Lyusher testi, TAT. 

Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə