Mavzu: Antiaritmik dori vositalari. Toksikologik ahamiyati, ajratib olish, sifat va miqdoriy tahlili



Yüklə 9,85 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü9,85 Kb.
#152192
  1   2   3   4
Antiaritmik dori vositalari. Toksikologik ahamiyati, ajratib oli-hozir.org


Antiaritmik dori vositalari. Toksikologik ahamiyati, ajratib olish, sifat va miqdoriy tahlili

Mavzu: Antiaritmik dori vositalari. Toksikologik ahamiyati, ajratib olish, sifat va miqdoriy tahlili.


  • Antiaritmik dori vositalari. Ularning xossalari, tibbiyotda qo’llanilishi.

  • Antiaritmik dori vositalarining sinflanishi.

  • Amiodaron, propafenon va atenolol taxlili.

Kimyo toksikologik tekshiruvda zaxarli moddalar, jumladan dori moddalari biologik ob’ektlardan ajratib olish usuliga asoslanib sinflanadi. Bunda bir guruhga kiritilgan moddalar uchun bioob’ektdan ajratib olish usuli umumiy bo‘lib, keyin shu guruh moddalarining sifat va miqdoriy taxlillari haqida ma’lumotlar beriladi.


SHunday guruxlardan biri yurak aritmiyasining turli kurinishlarini davolashda ishlatiluvchi antiaritmik dori vositalari xisoblanadi.
Ma’lumki, yurak qon-tomir kasalliklari ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, shu katorda O‘zbekistonda xam aholi orasida o‘lim xolatiga va nogironlikka sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. YUrak taxiaritmiyasi aksari yurak xastaliklarining og‘ir kechishiga va asoratlarning yomonlashuviga olib keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, miokard infarktidan kelib chikkan 80% dan kam bo‘lmagan o‘lim xolati yurak aritmiyasining asorati hisoblanadi.
Klinikada qo‘llaniladigan antiaritmik vositalar ko‘pgina kamchiliklarga ega, jumladan, bir qancha nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaradiki, shifokor antiaritmik dorini tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilishda qiynaladi: nima yomonroq - davolashsiz aritmiyami yoki belgilangan antiaritmik dorining nojo‘ya effektimi. Eng xavfli tarafi bu aritmiyaga qarshi preparatlarning paradoksal nojo‘ya ta’sirlari, ya’ni aritmiyaning yuzaga kelishi (proaritmogen ta’siri) hisoblanadi.
Bu gurux moddalarining kimyo-toksikologik tekshiruvi quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • Ob’ektni dastlabki tekshirish (ekspress taxlil);

  • Biologik ob’ekt tarkibidan zaxarli moddani ajratib olish;

  • Ajratmani yot moddalardan tozalash;

  • Tekshiriluvchi moddaning sifat va miqdoriy taxlilini amalga oshirish.
    Noma’lum moddaga nisbatan taxlilni o‘tkazishda ayniqsa ob’ektni dastlabki tekshirish muhim bosqichdir. Bunda xar bir moddaning yoki guruhning o‘ziga xos fizik-kimyoviy hususiyatini bilib, sezgir usullar yordamida tekshirish talab etiladi. Bu bosqichning aniq bajarilishi, keyingi jarayonlarni engillashtiradi va tekshiruv vaqtini qiskartiradi.








Yüklə 9,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə