O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti



Yüklə 266,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix16.04.2023
ölçüsü266,83 Kb.
#105907
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Distimik shaxs
. Bu toifaga kiruvchi odamlar o‘zining jiddiyligi bilan ajralib turishadi, ular o‘ta bosiq 
bo‘lib, kayfiyati pastodamni eslatadi. Ularning harakatlari sust bo‘lib, kelajakka pessimistik ruhda qarashadi, 
o‘z imkoniyatlarini ham past baholashadi. Ular birovlar bilan kam muloqotga kirishadi, davralarda suhbatga 
aralashmay jim o‘tirishni xush ko‘rishadi. Bunday odamlar ko‘cha-ko‘ylarga chiqmay uyda o‘tirishni afzal 
ko‘rishadi, g‘alag‘ovur va shovqinli joylardan chetroq yurishadi, yolg‘izlikni yoqtirishadi. Bundaylarni 
o‘troq hayot kechiruvchilar deb atash mumkin, biroq ular bilan yaqinlashishga intilganlarni hurmat qilishadi, 
ularga bo‘ysunishga ham tayyor turishadi, haqqoniy do‘stlikning qadriga etishadi. To‘g‘rilik va 
haqiqatgo‘ylikka intilishadi, biroq o‘z fikrini bayon qilishda ancha sust bo‘lishadi. 
7. 
Xavotirli shaxs.
Bu toifaga kiruvchi odamlar birovlar bilan darrov muloqotga kirishib keta olishmaydi, 
doimo xavotirda bo‘lishadi, qo‘rqoq va uquvsiz bo‘lishadi, o‘ziga ishonmaydi. Ular qorong‘ulikdan, uyda 
yolg‘iz qolishdan va hayvonlardan qo‘rqishadi. O’z tengdoshlariga qo‘shilib keta olmaydi, ulardan o‘zini 
chetga oladi, shovqinli, o‘yin-kulguli joylarni yoqtirishmaydi, mabodo bunday joylarda paydo bo‘lib 
qolishsa ham uyalib chetda tomoshabin bo‘lib turishadi. Agar ularning mehnat yoki o‘quv faoliyatini kimdir 
tekshirmoqchi bo‘lsa yoki biror bir fandan imtihon topshirishga to‘g‘ri kelsa, bunday holatlarni u juda og‘ir 
qabul qiladi, o‘ziga ishonchsizligi yana kuchayadi, juda bezovtalana boshlaydi. Agar biror bir masala 
bo‘yicha nutq so‘zlash kerak bo‘lsa yoki auditoriyada ma’lumot berish zarurati tug‘ilsa, u qattiq terga 
botadi, uyalib ketadi. Shuning uchun ham ular o‘z xohishi bilan minbarga chiqishmaydi. Kattalar 
himoyasiga o‘zini jon deb otadi, biroq ularning o‘zundan-o‘zoq pand-nasihatlari unda vijdon azobini 
qo‘zg‘aydi, o‘zining uquvsizligidan va uyatchanligidan aziyat chekadi, shunday bo‘lsada o‘zini yupatib 
yuradi, shundayligidan siqilib ba’zan yig‘lab ham oladi. Ularda burchga sadoqat, mas’uliyat hissi, yuqori 
darajadagi axloq va odob tamoyillari ancha erta shakllanadi. O’zida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf 
etish uchun qudrati etadigan ishlar bilan shug‘ullanishga intiladi, o‘sha erda o‘z imkoniyatlarini to‘la 
ochishga harakat qiladi. Bolalik paytidan mavjud bo‘lgan uyatchanligi va tortinchoqligi sababli katta 
bo‘lganda ham o‘zi xohlagan odamlar bilan tezda muloqotga kirishib keta olmaydi. Ko‘p gap ko‘tara 
olmaydi, agar uni nohaq ayblashsa, o‘zini himoya qila olmaydi, o‘sha erda kuchliroq odamlarning 
himoyasini xohlab qoladi. Atrofdagilar bilan janjalli voqealarga kam aralashadi, agar kelishmovchiliklar 
orasiga tushib qolsa, passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos. Ular bilan do‘stona munosabatlarni boshlash oson, 
ular o‘z imkoniyatlarini tanqidiy baholay olishadi, xulq-atvoridagi kamchiliklarni his etishadi, har qanday 
topshiriqni bajarishga tayyor turishadi. Ularni «Mehribonlik izlovchilar» deb atash mumkin. Ular o‘zlarini-
o‘zlari himoya qila olmaganliklari sababli hamkasblari tomonidan kulguli voqealarning qahramonlariga 
aylanib qolishadi, shuning uchun biron bir nojo‘ya voqea yuz bersa osonlikcha uning bo‘yniga ag‘darishadi. 
8. 
Xushchaqchaq shaxs
. Bu toifaga kiruvchi odamlarning xulqatvorida yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan 
xislatlar – bular o‘ta baxtiyorlik, zavqlanish, xushchaqchaqlik, shodlanish, ho‘zurlanish hissidir. 
Boshqalarga shodlanish, zavqlanish hissini yuzaga keltira olmaydigan vaziyatlar ularda shunday his-
tuyg‘ularni yuzaga keltira oladi. Ozgina bo‘lsada, quvonchli voqealar darrov ularning e’tiborini tortadi va 
kayfiyatini ko‘taradi, xuddi shunday g‘amgin voqealar esa ularning kayfiyatini tushiradi. Ular muloqotga 
tez kirishib ketishi, so‘zamonligi va yoqimliligi bilan boshqalardan ajralib turishadi, ular kulishsa yayrab 
kulishadi. Shuning uchun ham ular ko‘pchilikka yoqadi. Ular bahslashishni xush ko‘rishadi, biroq bahsni 
janjalgacha etkazishmaydi. Turli xil kelishmovchiliklar orasiga tushib qolishsa, vaziyatga qarab yo faol yo 
passiv ishtirokchiga aylanishadi. Ular do‘stlariga va yaqinlariga juda bog‘lanib yashashadi, achinish va 
rahmdillik hissi yaxshi rivojlangan bo‘ladi, o‘z his-tuyg‘ularini hech yashirmay yaqqol namoyon qila 
olishadi. Agar suhbat chog‘ida ularni yaqinroq bilishga biroz harakat qilinsa, bemalol buning uddasidan 
chiqish mumkin, ya’ni ular o‘z dardini yoyib tashlashlari mumkin. Aksariyat hollarda vahimachi bo‘lishadi, 
arzimagan vaqt ichida kayfiyati tez o‘zgarib qolishi va birdan «portlab ketishi» mumkin. Ular beqaror 
ruhiyat egasi hisoblanishadi. 
9. 

Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə